• 12-rasm.
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/146
    Sana01.03.2023
    Hajmi33.06 Mb.
    #43888
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146
    Bog'liq
    5-texnologiya
    7-sinf ish reja, R2iXRw3B2b3FMyc4WBSrurz07GdKMOMkGnUZauVx (3), МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ, 1665744834, QarshiDU 2021 Konferensiya to\'plami, 1.-Anketa--talabalar-, ko161118a, Provodkalar, ekologik-global-muammolar-va-orol-dengizi-muammosi- (1), Abdujalil.moilya, 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1), Mustaqil ta lim uchun, Bahodirov Amirbek MISH, Igamberdiyeva Sohiba
    1. Landshaft tushunchasi. Landshaft nemischa so‘z bo‘lib, “land” – “yer”, 
    “schaft” – “manzara” yoki umumiy qilib, “manzarali 
    joy” degan ma’noni bildiradi. 
    Landshaft dizayni – inson hayoti uchun sog‘ lom 
    va to‘laqonli estetik tabiiy muhit yaratishdir. 
    2. Gidroponika (yunoncha “gidro” – “suv” + 
    “ponos” – ish) o‘simliklarni tuproqsiz sun’iy muhitda 
    o‘stirish usuli. 
    Gidroponikaning bir necha usuli bor (12-rasm). 
    Oʻsim likni mayda shagʻal yoki qum solib tom-
    chilatib sug‘o rish usuli koʻproq qoʻllaniladi. Bu 
    texnologiyaning ishlash prinsipi juda oddiy. Shagʻal 


    231
    231
    yoki qum solish uchun chuqurligi 25–30 cm, eni 80 cm va uzunligi 240 cm li yassi 
    oxur tayyorlanadi, ichiga oziq moddalar aralashtirilgan suv kelib turishi uchun 
    teshikli quvurchalar ochiladi. Quvurchalarning teshiklari berkilib qolmasligi uchun 
    usti simtoʻr bilan qoplanadi. Oxur shag‘al yoki toza qum bilan toʻldiriladi. Urugʻ 
    qumga ekiladi. Keyin yilning fasliga, oʻsimlikning yoshi va xiliga, eritmaning 
    xususiyatiga qarab kuniga 1–5 marta oziq aralashmasi beriladi. Aralashmani berish 
    30–50 daqiqa davom etadi. Aralashma tarkibi vaqti-vaqti bilan tekshirilib, yangilab 
    turiladi. Shagʻal va qum bir necha yilgacha almashtirilmaydi. Gidroponika usulida, 
    asosan, sabzavot, gul, rezavor meva, chorva mollari va parrandalar uchun servitamin 
    koʻkatlar oʻstiriladi. Bu yoʻl bilan yiliga 4–5 marta hosil olish mumkin.
    Bugungi kunda gidroponikalarning ko‘plab muxlislari o‘zlarining uylarini 
    bezashda, dekorativ landshaft dizayni va ichki dizayn ishlarida, ishxonadagi ish 
    stollari va boshqalarda bu usuldan keng foydalanishmoqda. Buning eng asosiy 
    afzalligi binoda havoni mukammal tozalash imkoniyatiga egaligidir (13-rasm).
    12-rasm. Gidroponika usullari.
    1. Aeroponika usuli 
    2. Suzuvchi platforma usuli
    3. Tomchilatib sug‘orish usuli 
    4. Ozuqaviy qatlam usuli
    13-rasm. Gidroponika usulida mahsulot yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi.


    232
    232

    Download 33.06 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish