39
39
Quyuq shpaklovka teshik-kavaklarni tо‘ldirish da,
suyuq shpaklovka esa butun
sirtga surtib tekislikni ta’minlashda ishlatiladi.
Shpaklovka bir yoki bir necha bor yog‘och yoki metall kurakcha – shpatel bilan
surtiladi (43-rasm).
43-rasm. Shpatel turlari.
Sirtlarni keyinchalik pardozlash uchun tay yor-
lash maqsadida birin chi bor tur li xil qoplovchilar
surtish
bilan tekis lash
gruntovkalash deyiladi.
Duradgorlik pardoz ishlarida moyli, lokli va
nitrolokli grunt lar ish latiladi.
2. Sirtlarni silliqlovchi asboblar. Sirtlarni
silliqlash ishlari sirtlarga shpak
lovka surtish,
gruntovka qilishdan oldin va keyin bajarilishi
mumkin. Shpaklovka surtish
va gruntovka qilishdan
oldin olib boriladigan silliqlash ishlari mushranda bilan randa langan sirtlarni qirgich
yoki jilvir qog‘oz yordamida qirishdan iborat.
Sirtlarni qirish qirgich yordamida bajariladi (44-rasm). Qirish yo g‘och tola-
larining о‘sish yо‘nalishi bо‘yicha olib boriladi. Aks holda qirgich yog‘och
tolalarini kо‘chirib chiqaradi va sirtning silliqligini buzadi.
Oddiy qirgich Elektr qirgich
Ish
jarayoni