40
40
pemza – och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklovkalangan
va bо‘yalgan sirtlarni quruqligicha va namlab silliqlash uchun ishlatiladi (45-rasm).
3. Lok va bо‘yoqlar. Pardozlashning sо‘nggi bosqichi loklash va bо‘yashdan
ibo rat. Bu yо‘l bilan pardozlash
materialining tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning
tabiiy gulini о‘zgartirishiga qarab ikki turga bо‘linadi:
– yog‘ochning tabiiy rangi va gulini o‘zgartirmaydigan
tiniq duradgorlik
pardozi;
– yog‘ochning tabiiy rangi hamda gulini yo‘qotib, sidirg‘a ko‘rinishiga kel-
tiradigan tiniqmas bo‘yoqchilik pardozi.
Bо‘yoqlar suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning tabiiy gulini
yо‘qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bо‘lgan moddalardir.
Bо‘yoqlar о‘simlik bо‘yog‘i va sun’iy bо‘yoqlarga bо‘linadi.
О‘simlik bо‘yoqlari ayrim daraxt va о‘simliklardan olinadi. Sariq bо‘yoq
(rang) – zanjabildan, qora bо‘yoq – zirkdan, jigarrang – olma daraxti pо‘stlog‘idan,
kо‘k rang – bug‘doydan olinadi.
Sun’iy bо‘yoqlar toshkо‘mirni qayta ishlash natijasida oqsil bо‘lgan mah-
sulotlardan olinadi. Ular yog‘ochning tabiiy go‘zalligini va dekorativ kо‘rinishini
oshirishga imkon beradi.
Loklar tiniq pardozlashda ishlatilib, yog‘ochning tabiiy gulini о‘zgar tir-
magan holda uning jilolanishini, namga, haroratning о‘zgarishiga, yorug‘lik
ta’ siriga chidamliligini oshiradi.
Loklar erituvchining
turiga qarab spirtli, moyli va nitroloklarga bо‘linadi (46-rasm).
45-rasm. Pemza.
d) ish jarayoni
b) elektr
mashinasi uchun nozullar
(nasadka)
a) pemza kо‘rinishi
1–spirtli lok 2–moyli lok 3–nitrolok
46-rasm. Lok turlari.
41
41
Bо‘yash chо‘tka yordamida surtish va purkash yо‘li bilan bajariladi. Sirtning katta-
kichikligiga qarab har xil chо‘tkalar ishlatiladi (47-rasm).
Cho‘tka bo‘yoq yoki lokka 1/3 kichik burchak ostida botiriladi va bo‘yoq
idishiga maxsus o‘rnatilgan ip yoki idish devorlariga siqib chiqariladi. Cho‘tka par-
dozlanayotgan buyum yuzasida taxminan 40–45° burchak ostida ushlab ishlanadi
(48-rasm).
1 – chо‘tkadan foydalanish
2 – bо‘yash vaqtida chо‘tkaning holati
48-rasm. Chо‘tkadan foydalanish bо‘yicha kо‘rsatma.
Chо‘tka yordamida bо‘yash yoki loklashda imkoni boricha chо‘tkani yog‘och
tolalari yо‘nalishi bо‘yicha ortiqcha bosmasdan, bir tekis yurgiziladi. Aks holda bо‘yoq
yoki lok qatlamining notekis chiqib chatnab, yorilib ketishiga va buyum rangining bir
xil chiqmasligiga sabab bо‘ladi. Buning oldini olish va buyum qatlamining tekis, sifatli
chiqishini ta’minlash uchun yangi yog‘och buyumlar kamida 2–3 marta bо‘yaladi. Har
47-rasm. Bо‘yash asboblari turlari.
1 – yumaloq
3 – radiator
2 – fleys
4 – rolikli
5 – bо‘yoq
purkagich
42
42
bir qayta bо‘yash yoki loklashda oldingi qatlamning qurishiga imkon berish kerak.
Buyumlarni pardozlash ishlarida turli xil ko‘rinishdagi qoplama lar dan ham foy-
dalaniladi. Ularga shpon va fanerlarni kiritish mumkin (49-rasm).
Lok
qatlami
Yog‘och shpon
DVP
Faner