• Annatatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Texnologiya va dizayn




    Download 163.5 Kb.
    bet1/3
    Sana21.10.2022
    Hajmi163.5 Kb.
    #27751
      1   2   3
    Bog'liq
    Maqola 111
    8 sinf 1 variant (4 varaq ), Ayollar shimini tikish, 3-mustaqil ish ZI, UkrJCIZ8FUtKPUnnLmQsbqCbljc7fGoLiu4DMKLU, 5-Topshiriq, 20-21-maruza, Dilnoza amaliy, N.Ulukova maqola 2, Axborotlarni himoyalash usullari. Reja, 2 5359486970516998398, 1 leksiya, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ар, коллоквиум, Амалий иш 3 КА 955dfbb38184ee4988aca98712bcee90

    Texnologiya va dizayn” yo‘nalishini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish metodikasi

    Buxoro davlat universiteti Pedagogika institutining Pedagogika psixologiya va texnologik ta’lim kafedrasi Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(texnologik ta’lim) mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Aslonova Madina Samad qizi




    Annatatsiya: bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari tayyorgarligini takomillashtirishga “Texnologiya” fanining “Texnologiya va dizayn”yo‘nalishini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish metodikasini ishlab chiqishda, imkon beruvchi ta’lim vositalar tarkibiga multimediali o‘rgatuvchi tizimlar; audio o‘quv-axborot materiallari; video o‘quv-axborot materiallari; amaliy ishlar; trenajyorlar; ma’lumotlar va bilimlar bazasi; elektron kutubxonalar; ekspert o‘rgatuvchi tizimlar asosidagi o‘qitish vositalari asosida o‘qitish vositalari, elektron ko‘rgazmalar va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish ta’lim jarayoninig sifati va samaradirligini rivojlantirish dolzarbligini belgilaydi.
    Kalit so‘zlar: texnologiya, elektron darslik, multimedia, elektron didaktik vosita.
    Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda, ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, texnologiya fani sohasini rivojlantirish asosida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini tubdan oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish bilan birgalikda elektron ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega.
    Texnologiya fanining Davlat ta’lim standarti talablarini bajarishda fanning metodik va didaktik ta’minoti bugungi kunning zamonaviy talablariga to‘la javob bermasligi, fanning maqsad va vazifalarini bajarishda elektron darsliklardan foydalanishni rivojlantirishga asos bo‘lmoqda.
    Bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda elektron darsliklardan ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak, jumladan, ta’lim sohasini tanlash va zarur muammolarni tahlil qilib, bartaraf etishda elektron darsliklarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqazo etmoqda.
    Elektron darsliklar turli jarayonlarni kompyuterlashtirish va texnologiya fani o o‘qituvchilari faoliyatini osonlashtirishga yo‘naltiriladi.
    Hozirda elektron amaliy ishlarni tashkil etish va bajarish bo‘yicha ilmiy–metodik tavsiyalar, asbob–uskunalar va ulardan foydalanib bajariladigan amaliy mashg‘ulotlari tavsiflari juda kam. Texnologiya fanidan elektron darslik tushunchasi metodologik nuqtai nazardan ancha keng ma’noga ega bo‘lib, u ochiq va masofaviy ta’lim tamoyillariga mos kelib, o‘quv jarayonining moddiy–texnik ta’minoti muammolarni qisman bo‘lsada hal etish imkonini beradi.
    Elektron darslikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa yoki jarayonning qisqacha matni va nazariy jihatlari tahlili; tadqiqotlar o‘tkazish uchun foydalaniladigan asbob va uskunalar, komyuter dasturlari, ularning xarakteristikalari va qo‘llash ketma-ketligi qayd etilgan matn; amaliy ishlarni bajarish tartibi, o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa yoki jarayonni tadqiq etish tartibi, natijalarni qayta ishlash.
    Elektron darsliklar ta’lim sohasi uchun o‘qitish vositalari, darsliklar, jadvallar, videofilmlar, slaydlar va boshqalardan foydalanish uchun eng qulay hisoblanadi.
    Elektron darslikning ma’lumotlar bazasini to‘ldirish uchun asboblar, dastgohlar tasviri va chizmalari, mehnat faoliyati turlari, ish turlarini illyustratsiyalaydigan video lavhalar, ishlab chiqarish jarayoni animatsiyalari ma’lumotlar vazifasini o‘taydi.
    Multimedia katalogi ma’lumotlari fan o‘quv dasturi aniq mavzulari bilan bog‘langan bo‘lib aynan bir multimedia obyektidan o‘qituvchi turli mavzularni tushuntirishda ko‘rgazmali material sifatida foydalanishi mumkin.
    Qolaversa, o‘qituvchilar vaqtini tejash maqsadida diskga bir qator mavzular bo‘yicha tayyor ko‘rgazmali materiallar to‘plamlari kiritiladi:






    Download 163.5 Kb.
      1   2   3




    Download 163.5 Kb.