• REJA: Texnologiya haqida tushuncha 2.Texnologiya oqitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
  • Texnologiya haqida tushuncha
  • Mehnat
  • Maktabdagi texnologiya talimi va tarbiyasining maqsadi
  • Texnologiya talimi va tarbiyasining asosiy vazifalari
  • -davlat talim standartlari talabi boyicha tarbiyalash
  • Boshlang‘ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy tayyorlash
  • Oquvchilar mehnati faoliyatining turlari
  • Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni




    Download 6 Kb.
    Sana11.11.2022
    Hajmi6 Kb.
    #30003
    Bog'liq
    Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari,-hozir.org


    Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni

    Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni

    REJA:


    • Texnologiya haqida tushuncha

        2.Texnologiya o'qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari.

        3. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari

        4. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni

    Texnologiya haqida tushuncha

    Texnologiya – bu biron-bir ishda, mahoratda, san’atda qo’lla­nila­di­gan uslublar to’plamidir (talqinli lug’at).

    Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to’plami, holatini o’zgartirishdir (V.M. Shepel).

    Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug’atlar talqini bo’yicha (techne san’at, hunar, fan; logoq – tushuncha, ta’limot) materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to’plami demakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san’atini ham o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish bilan operatsiyalar ma’lum ketma-ketligini ko’zda tutadi. Texnologiya protsessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi.

    Mehnat – insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati,eng avvalo tabiat predmtlarini o`zgartirib,ehtiyojga moslashtirishini bildiradi.

    Mehnat – insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati,eng avvalo tabiat predmtlarini o`zgartirib,ehtiyojga moslashtirishini bildiradi.

    Mehnat – kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti,chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi.

    Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgisidir

    TEXNOLOGIYA o'qitish metodikasi fanining maqsadi.

    Kichik sinf o'quvchilarini qo'l mehnatiga o'rgatishning asosiy maqsadi, boshlang'ich mehnat elementlari bosqichlarini, ya'ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog'ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik shakllarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.

    Undan tashqari qo'l mehnatiga o'rgatishda „Tikish va bichish", „Pazandachilik", “Plastilin bilan ishlash”, “Qog'oz va karton bilan ishlash”, “Applikatsiya va mozaika ishlari” turlari bilan bosqich ma-bosqich tanishib boradilar.

    Maktabdagi texnologiya ta'limi va tarbiyasining maqsadi

    -mehnatga muhabbat va mehnat ahliga hurmat tuyg'usini singdirishdan;

    -o'qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida ularda mehnat ko'nikmalari va mahoratini hosil qilishdan;

    -ongli ravishda kasb tanlashga va boshlang'ich hunar ta'limini olishga undashdan iborat.

    Texnologiya ta'limi va tarbiyasining asosiy vazifalari

    Texnologiya ta'limi va tarbiyasining asosiy vazifalari

    - o'quvchilarni mehnatga tayyorlash,

    - o'qitish va umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish,

    -davlat ta'lim standartlari talabi bo'yicha tarbiyalash

    - o'quvchilarni kasb-hunar egasi bo'lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan iborat.

    Mehnat tarbiyasi

    Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir.

    Boshlang‘ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy tayyorlash

    ruhiy tayyorlash

    amaliy tayyorlash

    Mehnatga axloqiy tayyorlash o‘zaro do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir

    Mehnatga axloqiy tayyorlash o‘zaro do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir

    Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir.

    Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi.

    Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta'limining muhim bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. U o'zaro bog'langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli jarayonlarni to'g'ri va aniq amalga oshira bilish, ya'ni u yoki bu materialga ma'lum izchillikda ishlov bera olish, yo'l qo'yilgan xatoni o'z vaqtida aniqlash va to'g'rilay olish kabilardan tarkib topadi.

    O'quvchilar mehnati faoliyatining turlari

    1) maishiy mehnat;

    2) o'quv mehnat;

    3) o'quv ishlab chiqarish mehnati;

    4) ijtimoiy-foydali mehnat.



    http://hozir.org
    Download 6 Kb.




    Download 6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari, nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni

    Download 6 Kb.