|
YOʻR uchun qarshi koʻrsatmalar
|
bet | 4/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 444,65 Kb. | | #236684 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi 1-mustaqil ish YOʻR uchun qarshi koʻrsatmalar
Biologik o'limning aniq belgilarining mavjudligi.
Hayotga mos kelmaydigan jarohatlar
Davolab bo'lmaydigan kasalliklarning rivojlanishi
O'pka plevrasining shikastlanishi.
Reanimatsiya
Reanimatsiya (re... va lot. animatio — jonlantirish, tiriltirish) — klinik oʻlim holatidagi (qarang Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati toʻxtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini taʼminlay olmay qolgan hollarda R. qoʻllaniladi. R. masalalarini reanimatologiya oʻrganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suvelektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan soʻng aʼzolar funksiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga krbiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. R. tadbirlarini ogir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, boʻgʻilish, suvga choʻkish, termik kuyish, sovqotish va h.k.dan oʻlayotgan vaqtda qoʻllash lozim. R.ni koʻpincha "intensiv terapiya", "intensiv parvarish" deyiladi. Demak, toʻsatdan yuz beruvchi oʻlim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. R. oʻtkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostimulyator va h.k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qoʻyish), doridarmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (yaʼni, koʻkrak qafasini ochmay turib) massaj kilish, apparatsiz sunʼiy nafas oldirish va h.k. usullar qoʻllanadi. R.ni vrach, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam koʻrsatadi.
|
| |