Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020




Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana11.05.2022
Hajmi4.31 Mb.
#20886
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
5-informatika-metodika
12, 10-sinf adabiyot testlar yangi darslik, Dunyoqarash tushunchasi
USUL VA TEXNOLOGIYALAR
Mazkur usul ilk bor XVII asrda AQSHdagi Garvard universitetining talabalari davrasida 
qo‘llanilgan. Teologlar talabalarga kundalik hayotdagi konkret vaziyatlarga oid misollarni 
keltirib, ularni tahlil orqali hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishgan. Bu usul keyinchalik “case 
study” (ingl. case – vaziyat) deb nomlangan. Bu usul talabalarni fanga qiziqtirish maqsadida, 
ya‘ni motivatsiya sifatida qo‘llanilgan bo‘lib, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarda o‘z-
o‘zini nazorat qilish uchun samarali foydalanilgan.
Misol tariqasida “Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari” mavzusini olamiz 
Mavzuni boshlashdan avval o‘qitivchi o‘quvchilarga savol tashlaydi: “Hurmatli o‘quvchilar! Men 
xususiy bosmaxonamni ochish arafasida turibman, deylik. U yerda men gazeta, jurnal, taklifnomalar, 
o‘quvchilar uchun daftar va muqovalar chop etmoqchiman. Qani, aytinglar-chi, buning uchun men 
korxonaga qanday qurilma va texnik vositalarni sotib olishim kerak?”. Shu bilan u muammoni 
o‘rtaga tashlaydi va o‘quvchilarni guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fikrini bayon qiladi. Qizg‘in 
muhokamalar orqali yechimini topishga harakat qilinadi. 
Guruhlarni navbatma-navbat tinglab bo‘lgach, o‘qituvchi eng to‘g‘ri variantni belgilagan guruhni 
aytadi. Guruh fikriga xulosa chiqarib, uni yangi mavzu bilan bog‘laydi. Guruhlar bergan javoblariga 
ko‘ra baholanadi. 
Har bir guruh nomidan bir kishi mulohazalarni bayon qiladi.
O‘quvchilarning fikr-mulohazalari plakat, video yoki doskada stikerlar yordamida 
to‘planadi. 
O‘qituvchi javoblar orasidan eng to‘g‘ri javoblarni tanlab oladi va ularni izohlab beradi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish usul va texnologiyalari kundan-kunga o‘zgarib 
borayotganligi o‘qituvchidan ham bu masalaga nafaqat o‘zgacha yondashuv, balki o‘zgacha taktika 
qo‘llashni talab qilmoqda.
Fan bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish juda ko‘p vaqt va mehnat talab etadi. Dars jarayoniga 
ajratilgan vaqt kompetensiyaviy (malakaviy) yondashuvni talab qiladi. Shu sababli, o‘quvchilarni 
mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning asosiy shioriga aylandi. Darslarda yangi pedagogik 
texnologiyalarning qo‘llanilishi esa qo‘shimcha ma’lumot va bilimlar bilan boyitishga yordam beradi. 
O‘quvchilarga hayotiy-muammoli masala bayon qilinadi va sinf guruhlarga bo‘linadi. 
Har bir guruh o‘z yechimini fikr, g‘oya yoki mulohazalar yordamida bildirishlari so‘raladi.
Muammoli dars yoki “Case-study” usulini qo‘llash metodikasi


10
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

Download 4.31 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020

Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish