• ___Kompyuterni tashkil etilishi___ FANIDAN TAYYORLAGAN 1-Mustaqil ishi Bajardi: Rajabov.S Qabul qildi: Qodirov.F
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 162.38 Kb.
    bet1/6
    Sana08.06.2022
    Hajmi162.38 Kb.
    #23248
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mustaqil ish komp
    1-Laboratoriy ishi, autoref-razrabotka-metoda-i-instrumentalnykh-sredstv-vizualnogo-modelirovaniya-i-dokumentirovaniya-s, Batura Matlingvistika i avtomat. obrabotka tekstov, Laboratoriya ishi, 7-laboratoriya, Kalendar reja differensial tenglama 2020-2021, Dasturiy ta\'minot loyihalarni boshqarish ishchi dastur 2021 2022 (4), 1-Laboratoriya ishi Falonchiyev Falonchi 12-variant, Laboratoriya ishi Satrlar bilan ishlash, fan-olimpiadasining-yangi-nizomi-2021-sentabr-562, yul xarita, Kiberxavfsizlik 6-amaliy ish, 3-amaliy ish, 3-4-amaliy ishlar hisob


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI “TT ” FAKULTETI

    2– BOSQICH
    TT-11-20 GURUH TALABASINING
    ___Kompyuterni tashkil etilishi___
    FANIDAN TAYYORLAGAN

    1-Mustaqil ishi

    Bajardi: Rajabov.S
    Qabul qildi: Qodirov.F

    Qarshi.2022


    Mavzu: Turli sohalar uchun mo’ljallangan kompyuter va kompyuter tizimlari.

    Reja:
    1. Zamonaviy kompyuterlarning konfiguratsiyasi va ularning qo’llanilish sohalari.


    2. Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kopmpyuterning protsessorlari va ularning xususiyatlari.


    Kompyuter (elektron hisoblash mashinasi) - hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to'plami. Kompyuterlami qator belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin, xususan: • ishlash tamoyili; • element asosi; • vazifasi; • o‘lchami va hisoblash quwati vahokazo. Ishlash tamoyili bo‘yicha kompyuterlar (hisoblash mashinalan) ni katta uchta gfiruhga ajratish mumkin (1.1-rasm): analogli (uzluksiz), raqamli va aralash (gibrid).

    Raqamli hisoblash mashinasi (RHM) yoki kompyuter, diskret ko‘rinishda ifodalangan, aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.

    Analog hisoblash mashinalan uzluksiz shakldagi, ya’ni qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘Igan qiymatlar ko‘- rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi) axborotlar bilan ishlaydi. AHM juda sodda va foydalanishga qulay, bu mashinada ishlash uchun masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mehnat talab etilmaydi. Masaiani yechish tezligi operatorning xohishi bo'yicha o'zgarishi mumkin va xohlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkin (RHM lardagiga qaraganda yuqoriroq), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 - 5 % gacha). AHM murakkab mantiq talab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo'lgan matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AHM ni ko‘pincha elektron model lashtiruvchi mashinasi ham deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RHM ham xuddi shunday atash mumkin, vaholangki ularda ham yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.


    Iqtisodda va shuningdek ilm hamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RHM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi. Yaratitish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlami shartli ravishda avlodlarga bolinadi: 1-avlod, 1950-yillar: elektron vakumli lampalardagi EHM;


    2-avlod, 1960-yillar; diskret yarim o‘tkazgichli asboblardagi EHM (tranzistorlardagi);
    3-avlod, 1970-yiIlar; yarimo‘tkazgichli kichik va o'rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab - minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema - maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristall sifatida bajarilgan bo‘lib, o'zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlami) birlashtiradi;
    4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ulaming asosi - mikroprotsessorlardir (bitta kristalda o‘n mingtalab - millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1- avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 - 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, hozir 1,5 - 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan, Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 - 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
    5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dastuming o‘nlab ketmaket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
    6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo'lmagan mikroprotsessorlaming taqsimlangan tarmog'i bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.

    Kompyuterlarning har bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbatan jiddiy yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo'ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda bir necha o‘n marotaba ortiq.


    Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni uch guruhga ajratish mumkin:





    Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni guruhlarga ajratish
    • universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
    • muammoga yo‘naltirilgan;
    • maxsuslashtirilgan.
    Universal kompyuterlar juda turli muhandislik, texnik, iqtisodiy, matematik, axborot va shu kabi masalalami yechish uchun mo‘ljallangan.
    Universal kompyuterlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    yuqori unumdorlilik;
    • ishlov benladigan axborotlarning turlarining ko'pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik - ular katta oraliqda o‘ zgaradi vaular yuqori aniqhkda ifodalanadi;
    • bajariladigan amallarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va maxsus;
    • tezkor xotira sig‘imi katta;
    • axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi qurilmalami ulashni ta’minlaydi.

    Muammoga yo'naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalami yechish uchun, odatda texnologik obyektlarni va jarayonlarni boshqarishga, nisbatan katta bo‘lmagan axborotlami yig‘ish, qayd qilish va ishlov berishga, nisbatan murakkab boimagan algoritmlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Ularda universal kompyuterlarga nisbatan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir.


    Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma’lum darajada tor doiradagi masalalami yechish uchun yoki qat‘iy guruh funksiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan. Kompyutemi bunday tor yo‘naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytnish mumkin.


    Maxsuslashtirilgan kompyuterlarga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, maxsus vazifalar uchun dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; alohida murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni va jarayonlami boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter va kontrollyorlar; hisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi qurilmalar.



    Download 162.38 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 162.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 162.38 Kb.