• Kalit so‘zlar
  • Abstract
  • Texnologiyalaridan foydalanish




    Download 227.42 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana25.03.2022
    Hajmi227.42 Kb.
    #18916
      1   2   3
    Bog'liq
    506-Article Text-1205-1-10-20201028
    sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari


    MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
     
    Aziza Axmedova 
    Xorazm viloyati, Xonqa tumani, 7-IDUM 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanida axborot texnologiyalarining 
    ahamiyati haqida ilmiy fikrlar bayon etiladi. Ilmiy fikrlar faktlarga asoslanib 
    xulosalanadi. 
    Kalit so‘zlar: matematika, fan, texnik vositalar mantiq, tur, jins, kompyuter, 
    axborot. 
    USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN TEACHING 
    MATHEMATICS 
    Aziza Akhmedova 
    Khorezm region, Khanka district, 7-SSGS 
    Abstract: This article presents scientific views on the importance of information 
    technology in mathematics. Scientific opinions are concluded based on facts. 
    Keywords: math, science, technology, logic, type, gender, computer, 
    information. 
    Matematikaning chegarasiz mamlakat degan iborasini bir necha bor 
    eshitganman. Uning taqiqlanganligiga qaramay, matematikaga oid iboraning juda 
    yaxshi sabablari bor. Inson hayotida matematika alohida o'rin tutadi. 
    Mutaxassislarning 
    ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan 
    o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va 
    masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror 
    qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich 
    bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos 
    fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir 
    bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. 
    Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan 
    maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-
    intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. 
    Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning 
    o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va 
    texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    225


    madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika 
    fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining 
    kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va 
    rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon 
    qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. 
    Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy 
    va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon 
    beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik 
    ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. 
    Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va 
    texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida 
    raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim 
    tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar 
    asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. 
    Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda 
    mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda 
    barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida 
    takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, 
    multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga 
    katta e’tibor qaratilmoqda.
    Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan 
    bog‘lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qib-
    o‘rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o‘quvchi o‘zini 
    majburan partaga mixlab qo‘yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg‘ulotlarda katta 
    ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim. 
    Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, 
    balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldi-
    berdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi 
    muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita 
    hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy 
    vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatishi zarur. 
    Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter 
    va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida 
    fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish 
    dolzarb masalalardan biridir. 
    Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, 
    tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga 
    oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z 
    ifodasini topadi. 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    226


    Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini 
    optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini 
    o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. 
    Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni 
    ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish 
    va boshqalar kiradi.[1] 
    Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim 
    o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning 
    maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga 
    keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. 
    Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter 
    multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani 
    chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga 
    moyil bo’ladilar. 
    Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan 
    aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda 
    ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi.[2] Shu maqsadda XX 
    asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik 
    sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik 
    matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali 
    differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga 
    oshirish mumkin.

    Download 227.42 Kb.
      1   2   3




    Download 227.42 Kb.
    Pdf ko'rish