Tezis raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish istiqbollari Toshkent Moliya instituti 1-kurs Statistika tarmoqlar va sohalar bo’yicha guruhi talabasi K. U. Ilxomov Anotatsiya




Download 20.98 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2023
Hajmi20.98 Kb.
#43584
1   2
Bog'liq
tezis
mustaqil ish, 13-Мавзу. Узбекистон банк тизими, Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor (dostonlar), Abdug\'affarova S mustaqil iw (1), Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasi
Natija va tahlillar: Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik to’siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko’zlangan maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo’lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo’shimcha 30 foizga o’stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda.
Xulosa: Xulosa o’rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
• raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko’rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog’iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to’liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
• kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish va bu yo’nalishlar bo’yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to’liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’qitish,
shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada “Raqamli ishonch” jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash;
• aholining keng qatlamlari o’rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ’ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o’zlashtirishga jalb qilish maqsadida o’quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi, faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish; Alisher Mo’ydinov 0-1a-17-guruh talabasi 14
• raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o’zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;
• raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o’zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo’yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo’llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim. Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo’llab-quvvatlash sohasida raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo’llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o’zlashtirishda ko’maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko’rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi
Download 20.98 Kb.
1   2




Download 20.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tezis raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish istiqbollari Toshkent Moliya instituti 1-kurs Statistika tarmoqlar va sohalar bo’yicha guruhi talabasi K. U. Ilxomov Anotatsiya

Download 20.98 Kb.