THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#59437
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yarashov Mardon Jobir o’g’li
kurs ishi
THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 
International scientific-online conference 
Part 9, Issue 1: NOVEMBER 9
th
2022
~ 133 ~ 
www.interonconf.com
 
maqsadi geometrik figuralar, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning 
elementlari orasidagi munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi 
tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi 
fazoviy tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari 
yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy malakalarini 
(ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va 
fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. 
O’quvchilar matematika darslarida geometrik shakllar bilan tanishib borar 
ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng 
atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli bilan yanada ko’proq qiziqadilar. Shundan 
so’ng ularda savollar tug’ila boshlaydi. “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini nima 
deb ataymiz?” “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda o’qituvchining eng 
muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob berishdir. Chunki, savol 
o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir. Savoliga kerakli javobni olgan 
o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va o’ziga mavhum, tushunarsiz bo’lgan 
shakllarning mohiyatini ustozidan so’rab, bilib olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika 
darsida olingan bilimlari texnologiya darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi 
shu geometrik shakllar orqali turli narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, qushlar 
shaklini, plastilindan shakllarning o’zini yasash topshiriqlari beriladi). O’quvchilar 
to’g’ri to’rtburchak va kvadratni yanada aniq farqlashni o’rganadilar. 
Geometrik materiallarni o’rgatish jarayonida ko’proq ko’rgazmalardan foydalanib 
dars o’tish o’quvchilarning tasavvur qila olishlariga ko’proq yordam beradi. Bular 
qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, qog‘oz va 
kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. 
Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-
qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, o’tmas burchak modeli, 
ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va 
boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o‘lchash 
asboblari to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. 
Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. 
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, 
kesmalarni bir-biridan farqlash,burchak, burchak turlari, uchburchak va uning 
elementlari, to’rtburchak va uning elementlari, kvadrat, ko’pburchaklar, aylana va 
doira, simmetriya, turli shakllar yasash, soda fazoviy shakllar o’rgatiladi. 1-sinf 
Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 
2021. – 160 b.) da 4-bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga mo’ljallangan 
ushbu bob “Burchak turlari “ nomli mavzudan boshlanib, “ Sodda fazoviy shakllar” 
mavzularini o’z ichiga oladi. Ushbu 20 ta mavzu o’qituvchi tomonidan mukammal 
tushuntirilsa, o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob 
berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi. Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar 



Download 0.59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH

Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish