• Пакеты исходных кодов
  • MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish MySQL
  • GPL(GNU Public Licenseb, GNU)
  • «Sakila»
  • MySQl AB
  • WAMP, AppServ, LAMP, Denwer
  • Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism




    Download 0.7 Mb.
    bet4/5
    Sana11.06.2022
    Hajmi0.7 Mb.
    #23453
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism
    44cb7072-8c16-45ed-b1d4-7d8c0e64bbf8, ingliz tili orqali boshlangich sinf oquvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirish (1) (2), конкурс саволлари
    Расположения проекта: Proyekt saqlanadigan kataloglogni ko‘rsatamiz(D:\Java\project1)
    Папка проекта: Proyekt nomi kabi papka ochib beradi va uni shu joyda ko‘rsatadi, ya’ni proyekt papkasi.
    Keyin yana bir narsa, «Создать главный класс» degan joyidagi belgini olib tashlaymiz, asosiy klasni keyin yaratamiz. Готово

    Endi asosiy klasni yaratamiz, uning uchun chap tomondagi «Пакеты исходных кодов» degan yozuvda sichqonchani o‘ng tomonini bosamiz, «Новый -> Класс Java«ni tanlaymiz.

    Shunday so‘ng, klassga nom beramiz(test) , qolgan ma’lumotlar o‘zi chiqgan bo‘ladi va Готово tugmasini bosamiz.

    Oldimizda kod yozish uchun joy paydo bo‘ladi(1 ta klassga ega). Yuqoridagi xira yozuvlar(kommentariya)ni o‘chirib yuboramiz va quyidagi kodlar(konsol variantidagi misol)ni klass ichiga kiritamiz, quyidagiga ega bo‘lamiz.

    Endi, proyektni yig‘amiz, ya’ni kodlarni tekshiramiz. Uning uchun F11 tugmasi yoki NetBeansdagiВыполнить menyusidan, «Собрать Проект«ni tanlaymiz. Agar hammasi to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, xatosiz yig‘ildi degan ma’lumot chiqadi.
    Shundan so‘ng, proyektni ishga tushiramiz, uning uchun F6 yoki NetBeansdagi Выполнить menyusidan, «Запустить Проект«ni tanlaymiz. Shundan so‘ng proyekt ishga tushib, biz kutgan «HellO WorlD» yozuvi pastki qismda paydo bo‘ladi.


    MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish
    MySQL — bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma’lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
    Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma’lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib kerakli ma’lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko‘p), ma’lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
    MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
    MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
    So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma’lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biriAmbrose Twebaze ga tegishlidir.
    MySQL juda ko‘p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo‘lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
    MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.

    Download 0.7 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism

    Download 0.7 Mb.