Tijorat banklari faoliyati tahlili indd




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
2-chizma.
Tahlilning mazmuniga ko‘ra, amalga oshiriladigan tah-
lillar, uning mazmuni va ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra, yuqo-
rida ko‘rib o‘tilgan tahlil subyektlarining barchasi tomoni-
dan amalga oshirilishi mumkin.
Lekin lokal va tematik tahlil asosan ichki tahlil sirasi-
ga kiradi.
Kompleks tahlil asosan, bankning ma’lum bir hisobot 
davridagi faoliyatini o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Lokal 
tahlilda bankning ma’lum bir filiali faoliyati yoki ma’lum 
bir faoliyat turi, masalan, kredit operatsiyalari tahlil qilina-
di. Tematik tahlilda faoliyatning ayrim turlari ularni yanada 
samaraliroq tashkil etish maqsadida o‘rganiladi.


19
Tahlil qilinayotgan davrga ko‘ra bank faoliyati tahlili 
quyidagicha tasniflanadi.
3-chizma.
Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tah-
lili hisoblanadi. Ular asosan, amalga oshirilayotgan bank 
operatsiyalarini baholash, unga ta’sir etayotgan omillarni 
aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish uchun 
istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga 
oshi rishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amal-
ga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki ap-
parati tomonidan amalga oshirilib, qaror qabul qilish uchun 
bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil 
natijalarini umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini 
yaxshilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv 
obyektiga qarab moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilgan 
holda o‘rganiladi. 


20
Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, da-
romadlar tarkibi va miqdori, xarajatlar tarkibi, moliya-
viy natijalari, moliyaviy resurslar, moliyaviy barqarorlik 
ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi 
va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan hol-
da o‘rganiladi. Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan 
jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali boshqarish, passiv 
va aktiv operatsiyalarini muvofiqlashtirish, kredit portfelini 
boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va 
yordamchi materiallardan samarali foydalanish, daromad 
va xarajatlarni boshqarish kabilar nazarda tutiladi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib aytadigan 
bo‘lsak, Bank faoliyati tahlilining turlari har xil bo‘lishiga 
qaramasdan, ulardan tahlil jarayonida o‘rganilayotgan 
ko‘rsatkichning mazmun-mohiyatiga qarab turli usullarni 
qo‘llab, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar 
va bu farqlarni keltirib chiqargan omillar aniqlanadi.
Bank faoliyati tahlili jarayonida ma’lum bir bankning 
faoliyatini boshqa bir bankning faoliyati bilan taqqoslab 
o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.
Bir bankning regionlardagi filiallari faoliyatining turli 
jabhalarini taqqoslash orqali Bank boshqaruvi ilg‘or amali-
yot tajribasini ommalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. 
Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi banklari assot-
siatsiyasi qoshida tashkil etilgan «Axbor Reyting» kompa-
niyasi tomonidan mavjud barcha banklarning har choraklik 
va yillik faoliyatlari natijalari xalqaro andozalarga asoslan-
gan holda tahlil qilinadi.
Uning natijalariga asosan bank faoliyati baholanadi. Bu 
o‘z navbatida, banklar tomonidan raqobat muhitida uning 
raqobatbardoshligini oshirish uchun faoliyatining qaysi ji-
hatlarini samarali boshqarish haqida chora-tadbirlar belgi-
lashiga yordam beradi.
Bank faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilishda 


21
statistikada qo‘laniladigan guruhlash, iqtisodiy indekslash, 
zanjirli almashtirish, balans, korrelyatsiya, regressiya, mat-
ritsa kabi metodlardan har tomonlama foydalaniladi. Ho-
zirgi zamon bank texnologiyalari, turli matematik dasturlar-
dan oqilona foydalanish faoliyat tahlilining tezkorligi va sa-
maradorligini oshiradi.


22

Download 4.18 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish