O‘zbekiston Respublikasi davlat aksionerlik-tijorat




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
O‘zbekiston Respublikasi davlat aksionerlik-tijorat 
«Asaka» banki depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘i
(yil boshiga, foizda)
Depozitlar turi
2010-y.
2011-y. 2012-y.
2012-yilda 2010-yilga
nisbatan o‘zgarishi, 
punkt
Passivlar jami
100,0
100,0
100,0
X
Shu jumladan:
– 
depozitlar
43,2
14,8
12,2
–31,0
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, «Asaka» bankda, tahlil qi-
lingan davr mobaynida depozitlarning passivlarning umu-
miy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada pasaygan. Bu esa, 
albatta, salbiy holat hisoblanadi. Chunki birinchidan, depo-
zitsiz resurs manbalari depozitlarga nisbatan bahosi sezilar-
li darajada yuqori bo‘lgan resurs manbalari hisoblanadi; ik-
kinchidan, bank kapitali moliyalashtirishning nisbatan qim-
mat shakli hisoblanadi.
2010–2012-yillar mobaynida «Asaka» bankda depozit-
lar salmog‘i ko‘rsatkichining keskin pasayib ketishida bank-
lararo kreditlar va kapital salmog‘ining yuqori sur’atlarda 
o‘sishi asosiy rol o‘ynadi. Masalan, 2010–2012-yillar mo-
baynida banklararo kreditlarning passivlarning umumiy haj-
midagi salmog‘ining o‘sishi 960,9 foizni tashkil qildi. Bun-
day darajada yuqori o‘sish bankning xorijiy banklarning va 


27
xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining kredit liniyalarini 
o‘zlashtirishdagi faolligi bilan izohlanadi.
Kapitalning o‘sishi esa, tahlil qilingan davr mobayni-
da 418,3 foizni tashkil qildi. Tijorat banklarining kapital 
bazasini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatayaptiki, respub-
likamizdagi yirik tijorat banklarining kapitali, asosan, za-
xira kapitalining yuqori sur’atlarda o‘sishi, ustav kapitali 
esa, o‘z navbatida, devalvatsiya zaxirasining o‘sishi hisobi-
ga ta’minlanmoqda.
Rivojlangan industrial davlatlar bank amaliyotida ka-
pitalning bank passivlari umumiy hajmidagi salmog‘ining 
o‘rtacha darajasi 5-6 foizni tashkil etadi. Chunki kapi-
tal tijorat banki faoliyatini moliyalashtirishning nisbatan 
qim mat shakli hisoblanadi. Banklararo kreditlarning fo-
iz stavkasi depozitlarning foiz stavkasiga nisbatan yuqori 
bo‘lganligi sababli, ular ham tijorat banklari faoliyatini mo-
liyalashtirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi. Shu-
ning u chun ham mazkur mamlakatlarning bank amaliyoti-
da muddatli depozitlar va aholining muddatli omonatlarini 
keng ko‘lamda jalb qilish amaliyotiga katta e’tibor berila-
di. Bu borada, ayniqsa, Yaponiya tijorat banklarining taj-
ribasi katta amaliy ahamiyatga ega. Buning boisi shundaki, 
Yaponiya tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga 
ko‘ra birinchi o‘rinni aholining muddatli omonatlari egal-
laydi.
Endi biz «O‘zsanoatqurilishbanki» misolida depozitlar-
ning sifat ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, ularning passivlar 
umumiy hajmidagi salmog‘ini tahlil qilamiz.
«O‘zsanoatqurilishbanki»da 2010–2012-yillar mobaynida 
transaksion depozitlarning umumiy hajmidagi salmog‘ining 
sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Ushbu pasayish, aso-
san, muddatli depozitlarning umumiy hajmidagi salmog‘ini 
yuqori sur’atlarda o‘sishi hisobiga yuz berdi.


28
2.5-jadval

Download 4.18 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi davlat aksionerlik-tijorat

Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish