Tijorat banklari majburiyatlari tahlili




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
2.2. Tijorat banklari majburiyatlari tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida tijorat banklari 
resurslari va ularning manbalari muhim ahamiyat kasb eta-
di. Tijorat banklarining resurs bazasi makroiqtisodiy omil 
sifatida ularning likvidligini ta’minlashga va to‘lov qobili-
yatini mustahkamlashga bevosita ta’sir qiladi. Iqtisodiyot-
ni boshqarishning markazdan turib rejalashtirish tizimi-
da mijozlarning banklarga biriktirib qo‘yilishi, banklarning 
esa hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirishda 
monopol huquqqa egaligi, ularning xarajat va daromadla-
ri miqdorining yuqoridan belgilab berilganligi tufayli bank-
lar moliyaviy resurslarni jalb qilish, bank xizmatlari hajmi-
ni kengaytirish va ularni takomillashtirib borishdan manfa-
atdor emas edi.
O‘zbekistonda bozor mexanizmlarining tobora keng jo-
riy etilishi sababli bank resurslarini jalb qilishni markaz-


32
dan rejalashtirish sharoitida qo‘llanilgan rejali usullar amal-
da o‘zining ahamiyatini yo‘qotdi. Natijada tijorat banklari-
da moliyaviy jihatdan barqaror va arzon resurs bazasini ya-
ratish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda aso-
siy e’tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manba-
lariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar majburiyatlar va kapital 
kabi ikki yirik guruhga bo‘linadi.
Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar 
hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 
shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hiso-
bidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi-
ni va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta’minlaydi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini maj-
buriyatlar tashkil etib, ular 85–90 foizdan iborat bo‘ladi. 
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbayiga qarab 
barqaror va nobarqaror, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar 
qiymatidan kelib chiqib, arzon va qimmat mablag‘larga aj-
ratish mumkin.
Tijorat banklarining ikkinchi yirik mablag‘lari manbayini 
ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav 
kapitali tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim mo-
liyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Bank kapitalini boshqa-
rishda asosiy e’tibor ularning barqaror moliyaviy mablag‘lar 
hisobidan shakllanishiga va yetarliligiga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyi-
dagi to‘rtta shaklidan keng foydalaniladi:
a) banklarning foydasidan fondlarni shakllan 
tirish va 
ularni ko‘paytirishga ajratmalar;
b) depozit operatsiyalar;
d) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
e) qimmatli qog‘ozlar, qog‘oz pullar va tangalarni muo-
malaga chiqarish (emissiya).
Tijorat banklarining foydasidan ustav kapitaliga, zaxira 


33
fondiga, imtiyozli kreditlash fondiga, moddiy rag‘batlantirish 
fondi va boshqa fondlarga ajratmalar amalga oshiriladi. 
Banklarning ushbu fondlariga ajratmalarning miqdori va 
muddati bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga 
asosan belgilanadi.
Bankning fondlari ichida asosiy o‘rinni ustav kapita-
li egallaydi. Tijorat banklarining ustav kapitali bank asosiy 
kapitali tarkibidagi maxsus zaxiralar, taqsimlanmagan foy-
da va emission daromadlarga qaraganda muddati va man-
bayi jihatidan barqaror hisoblanadi. Tijorat banklari ustav 
kapitalining minimal miqdori bankning dastlabki faoliyatini 
boshlagan davridayoq shakllantiriladi.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori bank aktiv 
operatsiyalari hajmining ortishi va iqtisodiyotda yuz bera-
yotgan inflatsiyaning salbiy ta’siri tufayli oshib boradi. Xal-
qaro bank amaliyotida tijorat banklari kapitalining yetarlili-
gini hisoblashda har xil usullardan foydalaniladi. Bank ka-
pitali yetarliligining u yoki bu usul bilan hisoblani shi uning 
yetarliligiga qo‘yilgan talablarning bajarilishi jihatidan har 
xil natijalarni beradi.

Download 4.18 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish