Kreditning ta’minlanganligi tahlili




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
4.2. Kreditning ta’minlanganligi tahlili
Ma’lumki, kreditning ta’minlanganligi uning asosiy ta-
moyillaridan biri hisoblanadi. Yaxshi ta’minot, albatta, 
har qanday kreditning o‘rnini qoplash uchun asos hisob-
lanadi.
Kredit ta’minoti tahlil qilinganda, albatta, ta’minot tur-
lari va ularning sifati hamda bahosiga e’tibor qaratiladi. 
Ta’minotlar tahlilining asosiy maqsadi ham berilgan kre-
ditlarning ta’minot turlari bilan sifatli ravishda ta’min lan-
ganligini aniqlash va shu bilan birga barcha kreditlar bo‘-
yicha yuzaga keladigan risklar va yo‘qotishlarning oldini 
olishdan iborat.
Kreditlarning ta’minlanganlik darajasi tahlil qilingan-
da dastavval ta’minotlar tarkibiga e’tibor berishimiz lozim 
bo‘ladi.
4.2-jadval

Ta’minot turlari
Miqdori (mln so‘m) Jamiga nisbatan ulushi
1 Mol-mulk garovi
3480
43,7
2 Kafolat yoki kafi llik 2369
29,8
3 Sug‘urta
2104
26,4
4 Ishonch kreditlar
10
0,1
Jami:
7963
100


70
Kredit ta’minotlarining asosiy qismining qariyb 44 foizi-
ni mol-mulk garovi tashkil etar ekan. Mol-mulkni garovga 
olishda quyidagilarga e’tibor berilmog‘i lozim.
Birinchidan, kredit o‘z vaqtida qaytmasdan uning sum-
masi mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga javobgar 
qo‘yilgan mol-mulkni bank tasarrufiga o‘tkaza olishning 
huquqiy asoslari. Bunda asosiy e’tibor mol-mulk garovi 
shart nomasining harakatdagi qonunlarga (Fuqarolik kodek-
si, garov to‘g‘risidagi va b.) mos kelishidan iborat.
Ikkinchidan, garov olingan mol-mulkning likvidlilik da-
rajasi. Ya’ni ushbu mulkni pul aylantirish imkoniyatlari, 
ushbu mulkka bozorda talab darajasini chuqur o‘rganish ta-
lab etiladi. Bozorda ushbu mulkka talab darajasining pastli-
gi uning bahosiga teskari ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Uchinchidan, garovga olinayotgan mol-mulkning haqi-
qiy bozor bahosi. Bu o‘rinda mol-mulkning hozirgi bozor 
bahosi bilan birga, uning kelgusi davrdagi bahosiga ham 
e’tibor qaratilmog‘i lozim. Mol-mulkning kelgusi davrda gi 
bahosini aniqlashda albatta inflatsiya darajasi, mol-mulk-
ning eskirish miqdori va unga ta’sir qiluvchi boshqa barcha 
omillar hisobga olinmog‘i lozim.
Uchinchi shaxsning kafilligi olingan taqdirda bank, al-
batta, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
Birinchidan, kafillikning moliyaviy holati. Bunda kredit 
o‘z vaqtida undirilmagan holatlarda ushbu kreditni qoplash 
uchun kafillikda yetarli miqdorda bo‘sh pul oqimi bo‘lishi 
yoki bo‘lmasligiga asosiy e’tibor qaratilmog‘i;
Ikkinchidan, kafil boshqa banklardagi kreditlar uchun 
ham kafil bo‘lmaganmi? Uning kafilligi doirasi, majburiyat-
larini to‘lash layoqati va kredit tarixi o‘rganilmog‘i;
Uchinchidan, qarama-qarshi kafilliklar, ya’ni bir shaxs 
kredit olganda ikkinchi bir shaxs kafilligi va ikkinchi shaxs 
kredit olganda birinchi shaxsning kafilligiga yo‘l qo‘yilmasligi 
lozim.


71
Kreditlar sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urtalangan 
taqdirda, sug‘urta shartnomasi tahlil qilinmog‘i va sug‘ur ta-
lanuvchi sug‘urta badallarining o‘z vaqtida to‘lanishi na zo -
rat qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosan kredit-
larning ta’minlanganligi darajasini o‘zida ifodalaydi. Bun-
dan tashqari asosiy e’tibor ta’minotning yetarliligi sifatiga 
qaratilmog‘i lozim. Bu masalalar kredit portfeli va kredit 
yig‘majildlari tahlili hamda garovga olingan mol-mulk sifa-
ti va saqlanishi holatini joylarda ko‘rib chiqish orqali amal-
ga oshiriladi. Shunday qilib, kredit ta’minotlari tahlili ava-
lambor, bankning kredit siyosati, garov siyosati sifatiga ba-
ho beradi. Bundan tashqari to‘liq ta’minlangan va sifatsiz 
mol-mulklar bilan ta’minlangan kreditlar miqdorini aniq-
lash hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan risklar ko‘lamini ba-
holash imkonini beradi.
Kelgusida bank ushbu risklar oldini olish bilan bog‘liq 
bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri qa-
rorlar qabul qilinishiga zamin yaratiladi.
Sifatli va ishonchli ta’minot bank uchun kredit faoliya-
tidan yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni saqlash ga-
rovi hisoblanadi.

Download 4.18 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish