Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
5.3. Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili
Aktiv operatsiyalar uchun risk darajasi muhim rol o‘y-
naydi. Ma’lumki ko‘pgina banklar katta foyda izidan quvib, 
likvidlilikni esdan chiqaradi. Bu yo‘nalishda ularga o‘z mi-
jozlarining moliyaviy holatini chuqur o‘rganish va to‘lovga 
qobiliyatlilik darajasini tahlil qilishni tavsiya qilish mum-
kin.
Bank risklari aktivlar qiymatining oshishi yoki pasayishi-
ga sabab bo‘ladi. Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilgan aktivlarni riskka tortish tizimi Xalqaro standartlar 
sifatida qabul qilingan. Aktivlarning shkalasi bo‘yicha riskka 
tortishda ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Risksiz, ya’ni risk darajasi nolga teng bo‘lgan aktiv-
lar. Bunday aktivlarga kassadagi pul mablag‘lari, Markaziy 
bankdagi «Nostro» vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, hu-
kumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari, Markaziy 
bankka qayta hisobga olinadigan trattalar kiradi.
2. Risk darajasi 10 foizga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlarga hukumatning uzoq muddatli qim-
matli qog‘ozlari, hukumat tomonidan kafolatlangan obliga-
tsiyalar kiradi.
Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lov summasi ka-
folatlangan. Lekin uzoq muddatli davr mobaynida qimmatli 
qog‘ozlar bozorida kurs oshishi mumkin. Bunday sharoitda 
hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarining daro-
madlilik darajasi pasayadi.
3. Risk darajasi 20 foizga teng bo‘lgan aktivlar:


86
Bunday aktivlar toifasiga bankning boshqa banklardagi 
«Nostro» vakillik hisobvarig‘ining qoldig‘i, inkassatsiya ja-
rayoniga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi.
4. Risk darajasi 50 foizga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunga ipoteka bilan ta’minlangan ssudalar, boshqa bank-
ning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bularga 50 foiz risk dara-
jasining berilishiga sabab banklar boshqa tijorat struktura-
lariga nisbatan yuqori likvidlik va to‘lovga qobillikka ega 
bo‘lgan muassasalar hisoblanadi. Shu sababli ularga korxo-
na va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlariga qaraganda past 
risk beriladi.
5. Risk darajasi 100 foizga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga korxona va tashkilotlarning 
qim matli qog‘ozlari, mijozlarga berilgan ssudalar, bankning 
asosiy vositalari kabi aktivlar kiradi.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a) kre -
ditning qaytmaslik riski; b) foiz riski.
Bank aktivlarining barchasi riskka moyildir. Ushbu risk-
larni aniqlash va mavjud bank to‘g‘risidagi qonunchilik ham-
da har bir bankning o‘zining olib borayotgan siyosatidan 
kelib chiqib ushbu risk larni me’yorida saqlashni ta’minlash 
zarur. Bank aktivlarining tarkibini o‘rganib olinadigan na-
tijaga qarab turli xil risklarni tahlil qilish mumkin. Foiz ris-
kini aktivlarning tuzilishiga, daromadliligiga qarab aniqlash 
mumkin. Ammo bank ishida asosiy risk bu aniq operatsiya-
lar bo‘yicha mablag‘larni yo‘qotishdir. Shuning uchun ham 
ushbu risklarni kamaytirish uchun aktivlarning tuzilishini 
chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kela-
jakni nazarda tutadi va har kungi bank balansini boshqarish 
ishi bilan bog‘liq. U bank faoliyatida daromadni oshi rish va 
risk larni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning u chun ak-
tivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:
uning daromadini oshirish;


87
• faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. Shu-
ningdek, uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham 
muhim rol uynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun 
muammoli kreditlarni tasniflash asosida berilgan ssuda-
lar va boshqa aktiv larni baholash zarur. Aktivlarni an-
dozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasnif-
lash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan 
aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollari-
ga mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkoni-
ni beradi. Asosan uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar va 
vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa aktivlar holatiga 
e’tibor qaratiladi.
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk 
darajasi, likvidlilik nuqtayi nazaridan amalga oshirilishi ke-
rak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma’lumki, bank aktiv-
lari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshidir. 
Likvidlilik va uning da 
romadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik 
tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa 
chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisob-
ga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama-qarshilikni muvofiq-
lashtirishga va bank faoliyatining aso siy maqsadi bo‘lgan 
foyda olishga erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham 
mukammalroq o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni 
hisoblash muhim:
• tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklar-
ga berilgan kreditlar bo‘yicha umumiy kredit qoldig‘ini hi-
soblash;
• berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlar-
ga berilishi va ularning umumiy qarzdagi salmog‘i bo‘yicha 
hisoblash;
• ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash;
• umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlar-
ning salmog‘i bo‘yicha hisoblash.


88
• bank tomonidan berilgan eng katta kreditlarning haj-
mini hisoblash;
• berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank 
yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash;
• bulardan tashqari quyidagi koeffitsiyentlar ham borki, 
bularni ham hisoblash foydadan xoli bo‘lmaydi:
• aktivlardan foydalanish samaradorligi;

Download 4.18 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish