• Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi
  • Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti




    Download 4.18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/80
    Sana23.02.2023
    Hajmi4.18 Mb.
    #43273
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
    Bog'liq
    115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
    ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
    Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti likvid shaklidagi balans 
    aktivlari, ya’ni ekstremal vaziyatlarda tez sotiladiganlari bi-
    lan bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlari bo‘yicha 
    majburiyatlar summasi orasidagi nisbatni bildiradi,
    LA
    N3=
    OV
    Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari;
    OV – bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlariga doir 
    majburiyatlari;
    N3 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 
    0,25 qilib belgilangan. Mazkur me’yor Markaziy bank to-


    94
    monidan kunlik balans asosida tezkor (operativ) tarzda na-
    zorat qilib boriladi.
    Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi – iqtisodiy mohiyatiga 
    ko‘ra ushbu normativ bankning omonatchilar oldidagi maj-
    buriyatlarini shu lahzada bajara olish qobilayatini angla-
    tadi. 
    Joriy likvidlik ko‘rsatkichi likvid shakldagi bank aktiv-
    larini 30 kungacha bo‘lgan muddatda yo‘qlab olingunga-
    cha turadigan hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlari sum-
    masi orasidagi nisbatni bildiradi.
    LA(1)
    N4=
    OV(1)
    Bunda: LA – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda 
    berilgan bankning likvid aktivlari va kreditlar;
    OV – qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab 
    olingungacha turadigan majburiyatlari;
    N4 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 
    0,3 ga teng.
    Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim banklar o‘rtasida 
    yuqori daromadni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar 
    va qisqa muddatda qo‘yilgan omonatlar hisobidan kre dit 
    berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tar-
    tibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati 
    kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburi-
    yatlarini muddatida bajarish imkoniga ega bo‘lmaydi. Bu-
    ning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Bun-
    day holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina 
    qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga, qo-
    laversa, bank tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank 
    amaliyotida aktiv va passiv mablag‘larning miqdori va mud-
    datlarini balanslash talablari o‘rnatildi. Bu borada jahon 
    bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuv-


    95
    chi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy 
    talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori 
    va muddatlariga muvofiq kelishi shart.
    N4 – normativining iqtisodiy mazmuni shundan iborat-
    ki, qay darajada jami balans aktivlarining likvid qismi talab 
    qilib olingunga qadar bo‘lgan majburiyatlarni bir vaqtning 
    o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Modomiki, bunday mud-
    datli omonatchilar har qanday vaqtda bankdan o‘z omonat-
    larini talab qilishlari mumkin.
    Yuqoridagi shartlardan kelib chiqqan holda, mazkur 
    normativ bank tomonidan omonatchilardan jalb qilingan 
    mablag‘lar muddati bilan ularning aktiv operatsiyalarga joy-
    lashtirish muddatlariga qat’iy muvofiq kelishini talab etadi.
    Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi 
    xalq xo‘jaligida bo‘ladigan hisob-kitoblarni sekinlashtirish-
    ga olib kelishi mumkin.
    Quyida biz «A» bank joriy likvidliligini aniqlash maqsa-
    dida uning likvid aktivlarini o‘rganamiz. 
    5.4-jadval

    Download 4.18 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




    Download 4.18 Mb.
    Pdf ko'rish