• Bank likvidliligini aniqlash bo‘yicha koeffitsiyentlar (K l)
  • «Qisqa muddatli likvidlik ko‘rsatkichi»




    Download 4.18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/80
    Sana23.02.2023
    Hajmi4.18 Mb.
    #43273
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
    Bog'liq
    115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
    ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi.
    «Qisqa muddatli likvidlik ko‘rsatkichi» bankning qay-
    tarish muddati 30 kundan to 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar, 
    olingan kreditlari va boshqa qarz majburiyatlariga nisbati 
    bilan xarakterlanadi.
    A
    N5=
    D+K
    Bunda: A – 30 kundan 1 yilgacha muddatga berilgan 
    kreditlar.
    D – 30 kundan 1 yilgacha muddatga jalb qilingan 
    mablag‘lar va depozitlar.
    – Bank sarmoyasi.
    Mazkur me’yorning eng yuqori o‘rnatilgan miqdori 1 ga 
    teng.


    99
    5.6-jadval
    Bank likvidliligini aniqlash bo‘yicha koeffitsiyentlar (K l):
    Koef
    fi tsiyentlar
    Ko‘rsatkichlar
    Hisob-kitob 
    formulasi
    O‘rnatil-
    gan optimal 
    me’zon
    Izoh
    K l1 (to‘la 
    likvidlilik)
    Likvid aktivlar/jami 
    aktivlar
    La/A
    Min-0,20
    Koef
    fi 
    tsiyent jami aktivlarda likvid aktivlar 
    salmog‘ini va jami passivlarni qancha foizini 
    likvid aktivlar qoplay olishligini ko‘rsatadi.
    K l2 (Joriy lik-
    vidlilik)
    Yuqori likvid aktivlar/
    talab qilinguncha va 
    muddatli
    majburiyatlar
    La/M
    Min-0,30
    Joriy likvidlik koef
    fi 
    tsiyenti uchun MB tomo-
    nidan o‘rnatilgan majburiy me’yori ham 0,3 qi-
    lib belgilangan va u likvid aktivlar orqali maj-
    buriyatlarni qoplanishini ko‘rsatadi
    K l3 (lahzalik 
    likvidlilik)
    Kassadagi naqd pul 
    mablag‘lari/talab
    qilib olinguncha
    majburiyatlar
    Npm/Tkom
    Min-0,25
    Kassadagi naqd pul mablag‘lari orqali talab 
    qilib olinguncha majburiyatlarni zudlik bilan 
    qoplanishini ko‘rsatadi


    100
    Bank likvidligini tahlil qiluvchi davr (oylik, choraklik, 
    yillik) mobaynida o‘zgarishlar tendensiyasiga ahamiyat be-
    rishi va o‘zgarishlar ahamiyatini hamda xarakterini o‘tgan 
    davrlarga nisbatan baholashi, resurslar jalb qilishning o‘tgan 
    va joriy strategiyalarini baholashi, shuningdek, imkoni 
    bo‘lsa, o‘xshash banklar bilan taqqoslanishi lozim.
    Likvidlik koeffitsiyentlari o‘z-o‘zidan likvidlikning yetar-
    liligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermaydi, ularga umumiy ba-
    honing bir qismi sifatida qarash kerak. Quyida likvidlik ko-
    effitsiyentlari bo‘yicha misollar keltirilgan:
    likvid aktivlar (zaxiraning ortiqcha qismi, erkin ayir-
    boshlanadigan valuta, DQOlari, boshqa banklardagi vakillik 
    hisobvaraqlari), jami aktivlar;
    doimiy bo‘lmagan majburiyatlar (yirik depozitlar ma’lum 
    manbalardan olingan qarzlar) / jami aktivlar;
    likvid aktivlar / Doimiy bo‘lmagan majburiyatlar. 
    Barcha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar quyidagi 
    ma’lumotni aks ettiradi – ushbu ko‘rsatkichlarning pasa-
    yishi bankning resurslarning barqaror bo‘lmagan manbalar-
    ga tayanganligi yoki bank portfeldagi yuqori likvidli aktivlar 
    ulushining kamayganligini anglatadi.
    Kreditlar/Depozitlar – depozitlar, ayniqsa, mayda omo-
    nat chilarga tegishli qismi, odatda, resurslarning barqaror 
    man bayidir. Ko‘rsatkichning juda yuqori qiymati (80 foiz-
    dan ortiq) yoki o‘sishi dastlabki muammolar bankdan chi-
    qib ketadigan resurslar (banklararo bozorlardan olingan 
    qisqa muddatli qarzlar) manbalariga bo‘lgan talabning past-
    ligini bildiradi. 
    Bank rahbariyati joriy likvidlikdan tashqari o‘zining 
    likvidlik ko‘rsatkichlari to‘plamini ishlab chiqishi va un-
    dan foydalanishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkichlar mazmunli 
    bo‘lishi va har doim bankning moliyaviy holatini baholovchi 
    boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda baholanishi lozim.


    101
    Bankning to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’min-
    lashda uning kundalik likvidligini tahlil etib borish talab 
    etiladi.
    Kundalik (lahzalik) likvidlilik bankning kundalik balan-
    si yoki analitik va sintetik bank hisobvaraqlari ma’lumotlari 
    asosida amalga oshiriladi. Kundalik (lahzalik) likvidlilik qu-
    yidagi tartibda hisoblanadi.
    Kundalik (haftalik) likvidlik hisobi.
    I. Joriy holat:
    1. Naqd pul.
    2. MB vakillik h/v.
    3. Xazina veksellari (garovga qo‘yilgandan tashqari).
    4. Hukumatning boshqa qimmatli qog‘ozlari (.............).
    5. Banklarga berilgan kreditlar (overnayt).
    6. Boshqa banklardagi vakillik h/v.
    7. To‘lov muddati kelgan boshqa banklardan olinadigan 
    depozitlar.
    8. To‘lanadigan kreditlar (banklararo kreditlar bilan bir-
    ga) – asosiy summaning bir qismi).
    9. To‘lanadigan boshqa aktivlar (lizing, faktoring)
    II. Kutilayotgan moliyaviy mablag‘lar:
    1. Depozitlarning o‘sish darajasi.
    2. To‘lov muddati kelgan kreditlar.
    3. Boshqalar.
    III. Moliyalashtirishdan kutilayotgan talab:
    1. Yangi kreditlarni moliyalashtirish.
    2. Depozitlarning chiqib ketishi.
    3. Asosiy vositalarni sotib olish.
    4. To‘lov muddati to‘lgan boshqa majburiyatlar.
    IV. Balansdan tashqari majburiyatlar:
    1. Moliyalashtirilayotgan kredit liniyalari.
    2. Akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar.
    3. To‘lov muddati kelgan qimmatli qog‘ozlarni sotib 
    olish bo‘yicha majburiyatlar.


    102
    4. To‘lov muddati kelgan chet el valutasini sotib olish 
    bo‘yicha majburiyatlar.
    5. To‘lov muddati kelgan boshqa majburiyatlar.
    V. Yetishmayotgan va ortiqcha resurslar:
    (I+II–III–IV) =(±).
    Yuqoridagi hisoblar natijasida kundalik (lahzalik) or-
    tiqcha yoki yetishmaydigan resurslar miqdori aniqlanadi. 
    Ortiqcha mablag‘lar hosil bo‘ladigan bo‘lsa, ularni daromad 
    keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirish yoki yetishmaydigan re-
    surs bo‘lsa, ular o‘rnini qo‘shimcha majburiyatlar jalb etish 
    evaziga to‘ldirish choralarini ko‘radi.
    Shunday ekan tezkor likvidlilik tahlili ham bankning 
    to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda mustahkamlash hamda 
    kreditorlar ishonchini yo‘qotmaslik asosi bo‘lib xizmat qi-
    ladi.

    Download 4.18 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




    Download 4.18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qisqa muddatli likvidlik ko‘rsatkichi»

    Download 4.18 Mb.
    Pdf ko'rish