Tijorat banklari faoliyati tahlili indd




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
6.2. Bank xarajatlari tahlili
Bank daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarini ka-
maytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqi-
yatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va 
noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat 
qilish) tushuniladi.
Odatda, bank xarajatlari quyidagicha tasniflanadi:
1. Operatsion xarajatlar:
1.1. Foizli xarajatlar.
1.2. Komission xarajatlar.
1.3. Moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar.
1.4. Boshqa operatsion xarajatlar.
2. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi 
bo‘yicha xarajatlar.
3. Boshqa xarajatlar.
Bank operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xa-
rajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri y oki 
o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mumkin. Chunki xarajat-
ning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga 
to‘g‘ ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bankning xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish korxo-
nasinikiga nisbatan boshqacha bo‘ladi. Bankda xomashyo 
va materiallarga katta xarajatlar yo‘q, eksplutatsiya va asosiy 


114
vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik kat-
ta emas, hattoki ish haqiga to‘lov ham bank xarajatlari-
ning umumiy summasida katta ulushga ega emas. Bank xa-
rajatlari strukturasi ko‘proq savdo-vositachilik korxonala-
ri xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablag‘larni joylashti-
rishdan daromad olish uchun avvalo, bu mablag‘larni jalb 
qilish kerak. Kredit va qo‘yilmalarning bir qismi bankning 
o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, kredit resurs-
larining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil qi-
ladi. Jalb qilingan mablag‘larga esa bank foiz to‘lashi ke-
rak. Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilin-
gan mablag‘larga xarajatlar tashkil qiladi. Bu to‘lovlar fo-
iz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foiz-
li deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda 
foizli xarajatlarining ulushi hamma xarajatlarining deyar-
li 70 %ini tashkil etishi mumkin. Foizli xarajatlarning kat-
taligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank 
passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklara-
ro kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, 
banklar yuridik shaxslar depozitlari va chiqarilgan qarz maj-
buriyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifi-
katlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi. Bank uchun eng ar-
zon xarajat bo‘lib, yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy 
hisob raqami, jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha 
hisob raqami mablag‘lariga to‘lanadigan to‘lovlar hisobla-
nadi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi 
qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va 
bank foydasi ko‘payadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisba-
tan o‘sishi, bankning kredit resurslarini oladigan bozor kon-
yunkturasining yaxshi emasligidan yoki bankning bu bo-
zorlardagi raqobat mavqeyini yomonlashganligidan dalolat 


115
beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning 
adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol normal hi-
soblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xara-
jatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun ideal 
hisoblanadi.
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xara-
jatlarni alohida guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan 
qimmatliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha daromadlar ola-
di (qimmatli qog‘ozlar, chet el valutalari, qimmatli metallar 
va boshqalar), xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun 
ketgan sarflar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib ola-
yotganida yig‘ilgan kuponli daromadlarni to‘lashiga to‘g‘ri 
keladi. Kuponsiz qimmatli qog‘ozlar odatda, diskont bilan 
sotib olinadi. Moliya bozori konyunkturasi yomonlashgan-
da, qimmatli qog‘ozlar, chet el valutasi va boshqa mulklar-
ni qayta baholash natijasida bank anchagina xarajatlar qili-
shiga to‘g‘ri keladi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan 
boshqa xarajatlar: aylanmadan har xil soliqlar (masalan: 
chet el valutasini sotib olishga soliqlar), mijozlar to‘lovlari 
bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlari va boshqalar. Bu xa-
rajatlar boshqa operatsion xarajatlar deyiladi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar, bankni 
funksionallashtirishni ta’minlash bilan bog‘liq, ammo aniq 
operatsiyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri bormaydigan xarajatlar bu 
guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri yoki shartli-
doimiy xarajatlar deyiladi.
Aktivlari hajmi kichik va o‘rta bo‘lgan banklarda bu xa-
rajatlar summasi unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joy-
lashtirilgan resurslari hajmi katta bo‘lgan yirik banklarda 
bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar umumiy xa-
rajatlarning 10–12 %ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga 
quyidagilarni kiritish mumkin:


116
1. Personalga xarajatlar (ish haqi, mukofot, moddiy yor-
dam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka 
xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish bo‘yicha xarajatlar, 
mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar).
2. Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, 
binolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar, 
yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni qo‘riqlashga xarajatlar 
va boshqalar).
3. Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajat-
lar (sotib olish, remont, bank uskunalari xizmati va asran-
ganligi: kompyuter, mebel, qo‘riqlash, signalizatsiya, seyf, 
hisob mashinalari, valuta detektorlari va boshqalar).
4. Reklamaga xarajatlar.
5. Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar 
(vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabi-
yotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va 
tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing izlanishlari-
ga xarajatlar).
6. Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa ka-
nallarini o‘tkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga 
to‘lovlar va boshqalar).
7. Transport xarajatlari.
8. Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa xarajatlar 
(auditorlik tekshiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yig‘ilishini 
tashkil etishga, notarial va yuridik xizmatlarga to‘lovlar).
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni har xil 
mezonlar bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
• joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (aso-
siy vositalarni sotib olish);
• ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari;
• chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga 
oshirilgan xarajatlar;
• me’yoriy va nome’yoriy xarajatlar.
Me’yoriy xarajatlarga komandirovka, reklama, kadrlarni 


117
tayyorlash va boshqa ayrim xarajatlar kiradi. Bu yerda qo-
nunda ko‘rsatilgan me’yorlar doirasidagi xarajatlar summa-
si ko‘zda tutiladi.
Banklar O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘z-
bekiston Respublikasi Aholini ish bilan ta’minlash davlat 
fondiga, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sug‘urta fondi-
ga qonunlarga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar, 
jumladan, bank to‘lovlarini amalga oshiradilar. Bank no-
davlat pensiya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va ixtiyo-
riy sug‘urtaning boshqa turlari uchun o‘tkazgan ajratmalari
qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank xodimlarini dav-
lat sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham bankning 
foizsiz xarajatlariga kiradi.
Bank asosiy fondlarni, jumladan, ularning bank faoli-
yatini amalga oshirishda foydalanadigan alohida qismlari-
ni, xususan, tushumni inkassatsiya qilish uchun avtomobil 
transportini ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar qiladi.
Bank xodimlari va bank xodimlari bo‘lmagan, ya’ni hu-
quqiy tusda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlar 
uchun ish haqi to‘lash xarajatlari amaldagi qonunlarga mu-
vofiq, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar pulini, shuning-
dek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish davlat majburiyatlarini baja-
rishlar uchun sarflangan vaqt evaziga haq to‘lash kabi xa-
rajatlar qiladi.
Bundan tashqari, bankning foizga daxli yo‘q xarajatla-
riga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda qiladigan 
xarajatlari kiradi. Bank oliy o‘quv yurtlari bilan kelishilgan 
shartnomaga muvofiq bank sohasiga malakali kadrlar tay-
yorlash, bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tay-
yorlash xizmatlari uchun haq to‘laydi. Bunda bank nomod-
diy aktiv shakllantiradi va bu kelajakda o‘z samarasini be-
radi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, bank xarajatlari-
ni quyidagicha tarkibiy qismlarga bo‘lib keltirish mumkin:


118
6.1-chizma

Download 4.18 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish