Tijorat banklari faoliyati tahlili indd




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
To‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan 
iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonunning 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliya-
bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kre-
ditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsa-
dida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar fao liyatini 
tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy 
bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativ-
larni, shu jumladan:
• kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
• bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar 
guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
• yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng 
ko‘p miqdorini;
• likvidlilik koeffitsiyentlarini;
• aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, 
shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operatsiya 
xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubha-
li va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni 
shakllantirishni;
• qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni 
bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
• ochiq valuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.


12
Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’-
minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib 
borilishi talab etiladi.
Albatta, normativlar bank tizimining barqarorligini ta’-
min lashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’min-
lanmasligi bank faoliyatining xavflilik darajasini oshira-
di. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan 
tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishi va uni ta’minlash uchun 
chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ke-
rak. 

Download 4.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish