13
Bankning to‘lov qobiliyati, deganda uning mijozlar to-
monidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash
imkoniyatlari tushuniladi.
Shunday ekan,
bank aktivlari-
ning likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil
etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Yettinchidan bank daromadlari va xarajatlarining op-
timal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotla-
ri kabi banklar faoliyatidan asosiy maqsad ham maksimal
miqdorda foyda olishdan iborat.
Shuning uchun ham bank
daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof
rentabellik darajasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan bi-
ri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan
daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar
hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish
va yuqori daro-
mad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan
birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum
xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat sa-
maradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank fao-
liyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, da-
romadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qarama-
qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shunday ekan, daromad-
lilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham
faoliyat tahliliga asoslanadi.
Sakkizinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarining joziba-
dorligini ta’minlashga erishish. Bankning o‘z mablag‘lari
ko‘payib borishi, asosan, uning aksiyalarini sotishdan tush-
gan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning
sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liq. Qaysi bankning
ak siyalari uning sohiblariga ko‘p
daromad keltirsa, un-
ga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol, o‘z navbatida, ush-
bu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, ja-
hon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligi-
ni ta’minlashda, uning kapitallarining oshib borishi muhim
14
ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p
miqdorda sotilishini ta’minlash ham uning faoliyatini uz-
luksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.