Tikish texnologiyasi




Download 16,11 Kb.
Sana04.12.2023
Hajmi16,11 Kb.
#110883
Bog'liq
Kashta tikish texnologiyasi


Kashta tikish texnologiyasi
Kashta turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishdir. Kashta har xil kiyimlarga, ro’zg’or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig’ir, jun, ipak, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o’ziga xos ish qurollari mavjud bo’lib, ular o’ziga xos operastiyani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, to’g’nag’ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi, Chambarak asosan yog’ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi.
Ayrim materiallarga masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo’lishi uchun, qatim 50-60 sm dan uzun bo’lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa angishvona qo’llanilmaydi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga, har xil yo’llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko’chiriladigan qog’ozlar axta, yorug’lik yordamida, naqsh chizilgan qog’ozni material ustidan ko’klab chiqiladi keyin bu qog’ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado’zdan katta mahorat hamda did talab qiladi. To’g’ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi. Qo’lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqoqhamda o’rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi esa matoga gul tasviri konturini chizib, erkin kashta tikish turlari. Arqoq o’rim iplari kesishtirib tiqilgan polotno yoki bo’z shaklida to’qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O’zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi.
O’zbek kashtachiligida yo’rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo’zi, chamak, chipta xayol, baxya choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. Chunonchi Shahrisabzda yo’rma, kandaxayol, Iroqi, Toshkentda ko’proq bosma choki, Buxoro, Nurota, Samarqand yo’rma choki bilan tikiladi.
Chamak choki-kashtatikish choklaridan biri bo’lib, chapdan o’ngga ikki parallel chiziq bo’ylab tikiladi va ip o’tkazilgan igna o’ngdan sanchiladi. So’ng yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va pastki chiziqqa parallel ravishda to’g’ri qadaladi hamda pasti ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki ko’pincha naqshlarni ramkaga olishda yoki do’ppi kizaklariga badiiy bezak berishda ishlatiladi.Qaychini kichik o’tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus kashtado’zlari orasida «kozlik» deyiladi. Baxya choki - kashta chetlarini mustaqkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi ko’klagandek, lekin bir tekis chok qamda masofa hisobga olinib tikiladi. Shundan so’ng mato o’girilib yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziqhosil qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo’lda, keyinchalik mashinada tikiladigan bo’lgan. U ikki qator, ya’ni qatorlar o’zaro tutashib chiqishi qam mumkin. Kuppa choki turli yo’nalishda, ya’ni chapdan o’ngga, o’ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg’a tikib hosil qilinadi. Yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadan-kichiklashib boradi. Bu chok duro’ya, (ikki tomonlama) sanama, piltado’zi nomlar bilan yuritiladi.
Do’ppido’zlikda va kashtalarda juda keng foydalanadi. Chindi xayol - duro’ya choki, matoga igna qadalib bir me’yorda tikib chiqiladi, teskari o’girib yana tikib chiqiladi. Shu tariqa matoning oldi va orqa tomonida bir xilda gul qosil qilinadi. Bu chok bilan ikki tomoni xam ko’zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro’mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.
Yo’rma choki yo’rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o’ng tomonida xalqalar zanjiri xosil qilib tiqilib, bigizga o’tkazilgan ipak matoning sirtida chap qo’l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna bilan esa, halqa hosil qilinadi.
Yo’rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglarni asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usulda tiqilgan. Yo’rma chokdan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo kashtado’zlari ko’p foydalanadilar.
Qo’lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish; ikkinchisi esa matoga naqsh-gul, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikish turlari. Arqoq va o’rish iplari kesishtirib to’qilgan mato polotno, bo’z shaklida to’qilgan matoga tikiladi. Chunki bunday mato ishlarini sanab tikish qulay. Bunday kashta gullari geometrik shakllar, uzun-qisqa to’g’ri chiziqlardan iborat.
O’zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi tarqalgan. Erkin kashta esa har qanday matoga tikilaveradi, tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. Kashta tikishni boshlaganda naqshlar cheti (konturi) oldin tikib chiqilib, keyin ichi to’ldiriladi. Kashta tikayotganda popok mashinasidan murakkab kashtalar yo’llarini, gullarning o’zaklarini, gul atroflarini tikishda foydalaniladi. Oqlanganda bosma chokida igna bilan buyumning yuza qismida ish bajariladi. Unda ipning uchi bog’lanib matoning tagidan ustiga igna sanchilib ip tortiladi, tugun kashtaning orqa tomonida qoladi. Ip tugagach yana shunday qilinadi. Bu ish qandaxayol, duro’ya, xomdo’zi, ilmoq choklarida ham amalga oshiriladi.
Kashta tikilayotgan buyum tizza ustiga erkin tashlab qo’yilib tikiladi. Yirik buyumlar (so’zana, takiyapo’sh, gulko’rpa, choyshab, palak va boshqalar) kompozistiya va naqsh chizilgach bir necha taxtaga ajratilib, kashtado’zlik qilingach, qaytib birlashtirib tikiladi. Bunda har bir bo’lak boshqa-boshqa chevar tomonidan tiqilishi mumkin, ammo ip-ranglar, uslub chizmada belgilab olinadi va umumiy ranglar gammasi saqlangan bo’ladi.O’zbek kashtachiligida iroqi, ilma, bosma, xomdo’zi, chamak, chinda xayol, baxya choklari keng tarqalgan. Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. Chunonchi, Toshkentda ko’proq bosma choki, Shaxrisabzda yo’rma, kandaxayol, iroqi, Buxoro, Samarqand, Nurotada yo’rma choki bilan tikiladi.
Yo’rma choki-yo’rmaki, ilmoqli bigiz yoki igna bilan matoning o’ng tomonida xalqalar zanjiri, teskari tomonida esa to’g’ri chiziqchalar hosil qilib tikiladi. Yo’rma choki bilan ko’pincha jiyaklar, bezak buyumlarining hoshiyalari, kashta ichini to’ldirish, shuningdek, yirik kashtalarning ayrim qismlari, gul va barglarni asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usulda tiqilgan. Yo’rma chokdan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo kashtado’zlari ko’p foydalanadilar. Yo’rma chok bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator xalqalar zanjiri bo’lib, bu chokni chambarakda va o’zi tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani chambaraksiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligi, chok yumaloq shaklda bo’lishini kuzatib borish kerak. Agar kashta ikki qavat ip bilan tikiladigan bo’lsa, ipni gazlamaga puxtalash qabig’i yo’rma chokining birinchi qobig’i bo’lishi mumkin.
Puxtalangandan keyin ipni chapdan past tomondan o’ngga yo’naltiradi, ignani esa birinchi xalqa o’rtasidan ip gazlama o’ngiga chiqqan nuqtasida gazlamaga kiritiladi. Igna birinchi xalqaga nisbatan gazlamaning to’rt - beshta ipiga teng oraliqda pastroqdan, ip petlyasi igna tagida qoladigan qilib chiqariladi. Kashta to’g’ri chiziq bo’ylab har bir qaviqqa gazlamadan bir xil miqdorda ip sanab tikiladi.
Yo’rma-do’zi uslubida tikishda ip doimo buyumning ostida turadi, bigizga-bigiz ilmog’iga chap qo’l bilan ildirib, turiladi, o’ng qo’l sanchib, uni tortib olib choklar zanjirini hosil qilishda xizmat qiladi. Yo’rma choki igna bilan bajarilganda, unda ish faqat buyum ostida bajariladi. Yo’rma chokni siniq chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va o’ng tomonidan petlyalari chokning o’rta chizig’idan navbatma-navbat bir chapga bir o’ngga joylashgan bo’ladi. Chamak (hunariy) choki- kashta tikish choklaridan biri bo’lib, chapdan o’ngga qarab ikki parallel chiziq bo’ylab bajariladi.
Ip o’tkazilgan igna o’ng tomondan sanchiladi, yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqarilib, pastki chiziqqa parallel ravishda to’g’ri qadaladi va pastga qiya qilib chiqariladi. Shu tarzda davom etaveradi, bu chokni pastdan yuqoriga tomon tikkan maqul
Download 16,11 Kb.




Download 16,11 Kb.