u suli.
Tayanch iboralari:
kombinatorika, transformastiya, modul,
inversiya, dekonstruksiya, kostyum, kinetizm.
О
Hozirgi sharoitda kiyim dizaynini o'qitishning asosiy
vazifasi loyhalash uchun har xil usullaridan foydalanib, ijtimoiy
va madaniy muamolari bilan bogTiq, oldida muhim loyiha
vazifalarini qo'yadigan va uni yechadigan mutaxassis tayyorlash.
Shu
sababdan dizayn muxsulotlariga
yangi
talablar
qo'yiladi: go'zallik, inson psixikasiga yaxshi ta'sir etishi, ijobiy
hissalarni tug dirishi, ijod etishga imkoniyat berishi lozim.
Kostyumni modellashda ayrim vazifa qo'yilsa, dizayn esa
urnumiy muammoni qo'yib, uni yechishga urinib ko'radi. Bu
rnuammolar modali tendensiyaning jihati bo'lmasdan, insonni
jamiyatdagi faoliyatiga taalluqlidir. Agar kiyimni modellash
yaxshi
shakl hosil qilish, figuraga mos bo'lish, zamonaviy bo'lish
j^aqsadi qo'yilsa, dizayn esa muayyan maqsadda erkinlik berib
(■a
"shaklni buzadi"
(dekonstruksiya usuli), buyumni gavdada
boshqa klassik evropa an'analariga oid bo'lmagan o'rnashishni
ataylab sinab ko'radi.
Dizayn yangi yo'nalishlarni ishlab chiqadi, ularga asoslanib
modada tendenstiyalar rivojlanadi.XXI asr kostyum dizayni
quyidagi masalalarni yechadi deb taqazo etish mumkin: oddiy
shaklni murakkabga transformatsiyalash; razmersiz kiyimni
ishlab chiqish; tikilmagan kiyimni tavsiya etish; oddiy bichim
asosida kiyim yaratish; har xil assortimentlarning bir-biriga
kirishishi va qo'shilish tendensiyasini rivojlantirish; oddiy
vositalar yordamida kiyim ishlab chiqish; "uniseks" buyumlarni
yaratish; komfortni taqdim etish uchun kiymni transformastiya
etish; yangi materiallar, fakturalar va naqshlarni qidirish; yangi
texnologik usullarini taqdim etish; ideal buyumni ishlab chiqish;
noan'anaviy materiallardan bir marta foydalalanadigan kiyim
loyihalash.
Loyihalanayotgan masalani yechish uchun dizynerni ijodiy
jarayonida reja mavjud bo'lishi lozim: g oyani paydo bo'lishi va
masalani qo'yish; m aium otni yig'ish va to'plash, ijodiy manbani
tanlash; kuchni konstentratsiyalash, intensiv ishlash, har xil
evristik va loyihalash usullaridan foydalanish; tanaffus etish,
diqqatni chetga tortish va bir necha vaqt o'tgandan so'ng yana
yechimga qaytish, yangi nuqtai nazar bilan uni baholash;
fikrning ravshanlashuvi - yakuniy optimal yechimni hosil qilish.
Nazariy va amaliy ish barcha loyihalash bosqichlarida
umumiy
loyihalash
usulida
tuzilishi
mumkin:
muammo
situatsiyasini anglash; loyihalashdan oldin tahlil etish; masalani
yechish uchun vositalar va prinstiplarni ta'riflash; formal siymoni
tashkil etish; loyihani ishlab chiqish.
Loyihalash uslubiy jurayonni to'rt asosiy bosqichga bo'lish
mumkin: informastion qism; tahliliy-tadqiqot qism; sintetik
qism; kommunikativ-amaliy qism.
68
|