Til va madaniyat amaliy filologiya




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana22.01.2024
Hajmi0,51 Mb.
#143201
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
n.xudayberganov sh.hasanov til va madaniyat

Kosinus o‘xshashligi – bu ikki obyekt bir-biriga qanchalik 
o‘xshashligini aniqlash usuli. Bunda obyektlarning maxsus 
xususiyatlariga va ushbu xususiyatlarning qancha miqdoriga ega 
ekanligi qaraladi. Ikki obyekt o‘xshash, agar ularning xususiyatlari va 
mos miqdorlari o‘xshash bo‘lsa. Kosinus o‘xshashligining qiymatini 
hisoblashda chiziqli algebradan foydalaniladi. Demak, obyektlarning 
maxsus qiymatlari ularga mos son ko‘rinishiga olib kelinadi hamda 
obyekt esa ushbu sonlar umumiylashgan maxsus vektor sifatida 
qaraladi va kosinus o‘xshashligi vektorlar orasidagi burchakning 
kosinusi orqali aniqlanadi (xususiyatlar soniga qarab bu vektorlar n 
o‘lchamli fazoda bo‘lishi mumkin). Bundan kelib chiqadiki, kosinus 
o‘xshashligi qiymati doimo [-1,1] oraliqqa tegishli bo‘ladi. Kosinus 
o‘xshashligi 0ga teng bo‘lganda (burchak 90) hech qanday o‘xshashlik 
topilmaydi, kosinus o‘xshashligi 1ga yaqinlashgan sari vektorlar 
orasidagi burchak kichrayadi va o‘xshashlik ortadi, aksincha burchak 
ortgan sari kosinus o‘xshashligi qiymati kamayadi, natijada ular 
o‘zaro farqli ekanligi aniqlanadi. Kosinus o‘xshashligi murakkablik 
darajasi yuqori bo‘lmaganligi va muammoga tatbiq qilinish jarayoni 
oson bo‘lganligi bois turli sohalarda qo‘llanilib keladi [https://
en.wikipedia.org].
Matnlarning 
(hujjatning) 
o‘xshashligini 
aniqlashda 
yuqoridagi berilgan usullarga nisbatan ancha samaraliroq usul 
hisoblanadi. Bundan tashqari matnlar o‘xshashligini tekshirish 
plagiatni aniqlash hamda oldini olishda ham keng foydalaniladi. 
Bu esa mualliflik huquqini himoya qilish uchun ham samarali 
usul sifatida ko‘rilishi mumkin. Maktab, litsey, kollej va universitet 
talabalarining vazifalar va imtihonlar jarayonida topshirgan 
ishlaridan ularning bu vazifalarga yondashuvini aniqlash mumkin 
bo‘ladi. Kosinus o‘xshashligi ma’lumotlarni qazib olish, axborot 
qidirish va matnni moslashtirish jarayonlarida ham qo‘llaniladi. 
Vektorlar o‘zgaruvchining xususiyatlariga tayinlangandan so‘ng, 
o‘lchov obyektlar orasidagi o‘xshashlikni tushunish uchun qimmatli 
vositaga aylanadi. Ma’lumotni qazib olish - bu ma’lumotlarni tahlil 
qilish orqali biznes muammolarini hal qilishga yordam beradigan 


78
Nizomaddin XUDAYBERGANOV, Shaxboz HASANOV 
namuna va munosabatlarni aniqlash uchun katta ma’lumotlar 
to‘plamini saralash jarayonidir. Ma’lumotni qazib olish texnikasi va 
vositalari korxonalarga kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish 
va ko‘proq ma’lumotga ega biznes qarorlar qabul qilish imkonini 
beradi. Axborot qidirish - bu hujjatdagi ma’lumotlarni qidirish
hujjatlarning o‘zini qidirish, shuningdek, ma’lumotlarni tavsiflovchi 
metama’lumotlarni, matnlar, tasvirlar yoki tovushlar ma’lumotlar 
bazalaridan qidirish haqidagi fandir.

Download 0,51 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish