Tilni fonologik darajada tahlil qilish metodlari




Download 73.77 Kb.
bet1/15
Sana23.04.2024
Hajmi73.77 Kb.
#204979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-fan
5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2

  1. TILNI FONOLOGIK DARAJADA TAHLIL QILISH METODLARI.


Reja:

1. Tilni fonologik darajada tahlil qilish metodlari.


2. Tilni leksik-semantik darajalari
3. Tilni gap darajasida tahlil qilish

Barcha akustik, artikulyatsion belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan nutq tovushi fonologik birlik sanalib, ma’no farqlash vazifasiga ega bo‘ladi. Bu hodisa A.Nurmonovning quyidagi illyustrativ misoli orqali izohlanadi: “Masalan, o‘zbek tilida b tovushini talaffuz qilish uchun bir qancha artikulyatsion harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi. Hususan lab labga tegadi va o‘pkadan chiqayotgan havo bu to‘siqni yorishi natijasida to‘siq ochiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi har bir artikulyatsion harakatga akustik belgi ham qo‘shiladi. Lekin bu artikulyatsion va akustik “atom”larning hech birini fonologik birlik sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki bu “atom”larning barchasi birgalikda vazifa bajaradi. Shuning uchun b barcha artikulyatsionakustik belgilarni o‘zida mujassam etgan bir butunlik sifatida fonologik birlik sanaladi”. Fonologik oppozitsiyalar har qanday sharoitda ham o‘z farqlovchi belgilarini saqlaydi. Ya’ni, ayrim oppozitsiyalar o‘zgarmasdan qolsa, ba’zilari neytrallashadi, biroq farqlovchi xususiyatini yo‘qotmaydi. Shunday oppozitsiyalarning neytrallashishiga misol sifatida T.Bushuy va Sh.Safarovlar tomonidan keltirilgan holatni keltiramiz: “masalan, urg‘usiz bo‘g‘inlarda o va a ning tenglashuvi”.


Distributiv tahlil. Mazkur metod til sathlari birliklarini ularning sintagmatik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganish usulidir. Bunda o‘rganilayotgan til birligining mohiyati uning atrofidagi birliklar qurshovi yoki lisoniy kontekst yordamida samarali yoritiladi. Ushbu tahlil usulining yuzaga kelishida Amerika deskriptiv tilshunosligining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalish namoyandalari sifatida B.Blok, J.Treyger, Z.Herris va boshqalar tan olinadi.
Ushbu metod tilning fonologik sathida qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, fonologik birliklar soni aniq va ma’lum chegaraga ega.
Amerika struktural tilshunosligida distributsiyaning ikki ko‘rinishi farqlanadi: a) qo‘shimcha yoki to‘ldiruvchi distributsiya; b) qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi. Qo‘shimcha distributsiya bu ma’lum til elementi (fonologik birlik)ning faqat o‘ziga xos bo‘lgan nutqiy qatorda uchrashidir. Qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi esa ikki yoki undan ortiq fonologik birlik (tovush)ning egallagan o‘rni (bir xil o‘rin bo‘lsa-da)dan qati nazar, turli ma’no ifodalanishiga ishora qiladi. Ushbu distributsiya turlariga T.Bushuy va Sh.Safarovlar quyidagicha misol keltiradi. Birinchi tur uchun: “rus tilidagi ы va i unlilarining qurshovini qiyoslasak, ы faqatgina qattiq undoshlardan so‘ng uchraydi, i esa yumshoq undoshlar va so‘z boshida keladi”. Ikkinchi tur uchun: “inglizcha ship «kema» - sheep «qo‘y», son «o‘g‘il» - soon


Download 73.77 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tilni fonologik darajada tahlil qilish metodlari

Download 73.77 Kb.