|
Tiplarni dinamik tarzda
|
bet | 50/131 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #264063 |
Bog'liq Tiplarni dinamik tarzdaNazorat savollari
Berilgan qiymat bo‘yicha elementlarni qidirish algoritmi qaysi va nechta parametr qabul qiladi?
Konteynerda mavjud elementlar orasida maʻlum bir qiymat saqlaydigan element qidirish uchun qaysi funksiya ishlatiladi?
Konteynerdan berilgan elementlarini sanash vazifasini bajaruvchi algoritmlarni sanab bering?
Funksiya taqqoslash uchun paramert sifatida ikkita parametr oladi. Bu qaysi funksiya.
Ikki obʻyektning qiymatlarini almashtirish algoritmni ayting.
Tartiblangan to‘plamlarni boshqa tartiblangan to‘plamni o‘z ichiga olishi yoki olmasligini tekshirish algoritmini ayting.
Iteratorlar nima uchun foydalaniladi.
begin() va end() funksiyalaridan nima maqsadda foydalaniladi.
Agar begin() va end() funksiyalari o‘zaro teng bo‘lmasa, ularning orasidan kamida nechta element bor.
Keyingi elementga murojjat qilish uchun iteratorni harakatlantirish amalni ayting.
Agar konteynerda o‘zgarmas qiymatli elementlar bo‘lsa, bu holda konteyner elementlariga murojaat qilish uchun nimadan foydalanishsh kerak.
cbegin() va cend()funksiyalaridan nima saqsadda foydalaniladi.
Agar konteynerda o‘zgaruvchi qiymatli elementlar bo‘lsa, bu holda konteyner elementlariga murojaat qilish o‘zgarmas iteratorlardan foydalanishsh mumkinmi.
Iteratorlari qo‘shima amallar qaysi konteynerlar uchun ishlatilmaydi.
Qaysi amal iter1 va iter2 lar orasidagi pozitsiyalar sonini qaytaradi.
(move_ita != move_itb) va !( move_ita == move_itb) munosabatlar bir xilmi, bir xil bo‘lsa nima uchun, farqi bo‘lsa, nima uchun.
Xotirani taqsimlovchilar va ularga qo‘yilgan talablar nima uchun kerak.
Merosxo‘rlar odatda oddiy new/delete operatorlari bilan ishlatiladi, shuningdek BlockAlloc ni ham nima uchun joylatirish kerak.
Agar, new operatoridan so‘ng zudlik bilan delete operatori ishlatilsa, xotira kamroq ishlatiladi va qaerdagi maʻlumotlar ham kamayadi.
Kaysi operatordan new operatori yoki delete operatori foydalanish qiyinroq va muammoliroq, sababini tushintirib bering.
New operatori qaysi bo‘limiga joylashtirilsa, uni allokatorsiz ishlashaga ruxsat bermaydi.
Tuzilmali o‘zgaruvchisi uchun xotira ajratish va bo‘shatish uchun qanday amallar bajarish kerak.
Sinf obʻyekti uchun dinamik xotira ajratish uchun qanday amallar bajarish kerak.
new operatori yordamida massivlarga xotiradan joy ajratish va foydalanish uchun qanday amallar bajarish kerak.
Bazaviy tipli ko‘rsatkich massiviga dinamik xotira ajratish va foydalanish uchun qanday amallar bajarish kerak.
|
| |