• Reja: Reja
  • "tiqxmmi" milliy tadqiqot universiteti gidromeloratsiya fakulteti 304-guruh talabasi




    Download 0.88 Mb.
    Sana14.02.2022
    Hajmi0.88 Mb.
    #17541
    Bog'liq
    Talgat Ismoilov


    “TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT
    UNIVERSITETI
    Gidromeloratsiya fakulteti
    304-guruh talabasi
    Talgat ISLOMOV
    Mavzu:Yer usti suvlarini hisobiga
    suv ta'minoti sxemalarini tanlash. Yer usti suvlarini olish inshootlari.
    14.02.2022

    Reja:

    Reja:

    1.SUV TAMINOTI HAQIDA.

    2.SUV UZATISH INSHOATLARI.

    3.YER USTI SUV UZATISH

    INSHOATLARI.


    Suv taʼminoti - aholini, jamoat binolari va sanoat korxonalarini, transport, qishloq xoʻjaligi. va boshqalarni suv bilan taʼminlashga oid tadbirlar majmui. Suv taʼminoti bir necha ming yillardan beri maʼlum. Qad. Misrda yer osti suvlarini juda chuqur quduklar qazib, oddiy mexanizm bilan chiqarishgan. Bunda sopol, yogʻoch, metall (mis va qoʻrgʻoshin) quvurlaridan foydalanishgan. Qad. Rimda yirik markazlashtirilgan Suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Oʻrta Osiyoda St. mil. av. 6—5-asrlardan maʼlum. Qadimgi Samarqand shaxri Suv taʼminotida shaharga kiraverishda katta toʻgʻon qurilgan, uning ustidan shaharga katta ariqoʻtkazilgan. Ariq izlari hozir ham mavjud .
    Suv taʼminotida qoʻllaniladigan muhandislik inshootlari kompleksi St. tizimi yoki vodoprovod deb ataladi. Aholi yashaydigan punktlardagi barcha Suv taʼminoti tizimlari markazlashtiriladi. Suv taʼminotining kommunal (jamoat binolari va aholini suv bilan taʼminlaydigan) hamda ishlab chiqarish. (sanoat yoki q.h.ni suv bilan taʼminlaydigan) xillari bor. Suv taʼminotida tabiiy suv manbalari — ochiq havzalar (daryo, koʻl, dengiz, suv ombori va boshqalar) hamda yer osti suvlari (buloqlar, artezian suvlari va boshqalar)dan foydalaniladi. Aholi egʻtiyoji uchun eng yaroqli suv — yer osti suvlaridir. Lekin yer osti suvlari aholining ehtiyojini toʻliq qondira olmaydi. Shuning uchun yirik shaharlar va sanoat korxonalari chuchuk suvli ochiq havzalar suvidan taʼminlanadi.
    Suv taʼminotining umumiy sxemasi: suv qabul qilish inshooti 1, I nasos st-yasi 2, suv tozalash inshootlari 3, toza suv rezervuari 4; II nasos st-yasi 5, suv yoʻllari 6 (quvurlar, beton ariklar va boshqalar), vodoprovod tarmogʻi 7 va bosim minorasidan iborat. Mahalliy sharoitga qarab, St. sxemasi oʻzgarishi mumkin. Mac, havza suvini tozalashning keragi boʻlmasa, suv tozalash inshootlarini qurishga ehtiyoj qolmaydi. Agar suv havzasi suv bilan taʼminlanadigan obʼyektdan baland joylashgan boʻlsa, nasos st-yalari qurilmaydi.
    Sugʻoriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan boʻlsa, mashina (nasos) Suv olish inshootlarii. — nasos stansiyalari quriladi .
    Toʻsiq (shpora)li suv olgich daryo suvi sathi past boʻlgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshabba kabi mahalliy materiallardan toʻsiq yasab quriladi.
    Tozalash inshootlarida tozalangan suv vodoprovod tarmogʻi orqali isteʼmolchilarga tarqatiladi. Sanoat korxonalarida (maʼlum sharoitda) Suv taʼminotining aylanma va ketma-ket foydalanish tizimlari qoʻllaniladi. Aylanma tizimda ishlab chiqarish.da ishlatilgan suvni sovitib, tindirib, tozalab, undan yana foydalaniladi.
    Suv olish inshootlari, suv olgichlar — suv manbalari (dare, koʻl, suv ombori, yer osti suvlari va boshqalar) dan sugʻorish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlash uchun quriladi. Suv olish inshootlarii. suv yoʻliga zurur miqdorda, sifati saqlangan va suv isteʼmoli grafigiga muvofiq suv tushishini taʼminlashi shart. Suv olish inshootlari toʻgʻonsiz, toʻsikli va toʻgʻonli boʻladi. Toʻgʻonsiz suv olgich, asosan, suvni oʻz oqimi bilan chiqarish imkoniyati boʻlgan sharoitlarda quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil boʻlishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryadlardan foydalaniladi.
    Toʻgonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki koʻp qulokli boʻlishi mumkin. Bir qulokli Suv olish inshootlarii. bevosita daryo qirgogʻidan boshlanadi yoki daryo oʻzaniga kirgan boʻladi (mas, Norin daryosida Shim. Fargʻona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali Suv olish inshootlarii.). Koʻp quloqli suv olgichlarda daryo qirgʻogʻining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yoʻlaklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Koʻp qulokli Suv olish inshootlarii. daryolardan kanallarga uzluksiz suv oʻtishini va suv bilan taʼminlanishni birmuncha oshiradi. Yoʻlkalar tindirgich vazifasini ham oʻtaydi va ehtiyojga koʻra, navbatmanavbat ishlatiladi.
    Sugʻoriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan boʻlsa, mashina (nasos) Suv olish inshootlarii. — nasos stansiyalari quriladi (1rasm). Toʻsiq (shpora)li suv olgich daryo suvi sathi past boʻlgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshabba kabi mahalliy materiallardan toʻsiq yasab quriladi (2rasm). Toʻsiq qarshi qirgʻoqqacha davom etishi shart emas. Hozirgi toʻsiqli Suv olish inshootlarii. deyarli qoʻllanilmaydi. Toʻgʻonli Suv olish inshootlarii. turgʻun suv olish uchun daryo suvi sathini bir xil darajada saklab turishni taʼminlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, oʻrta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli — suvni faqat bir qirgʻoqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirgʻoq Qorasuv), qoʻsh tomonli — suvni ikkala qirgʻoqqa oqizadigan (Zarafshon daryosida Birinchi May); frontal — oqim yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh — oqim yoʻnalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) Suv olish inshootlarii. ga boʻlinadi
    E’TIBORINGIZ UCHUN
    RAXMAT !!!
    Download 0.88 Mb.




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "tiqxmmi" milliy tadqiqot universiteti gidromeloratsiya fakulteti 304-guruh talabasi

    Download 0.88 Mb.