"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana25.01.2024
Hajmi1,36 Mb.
#145792
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Volleybol, uslubiy qo\'llanma, B.Ro\'ziqulov

To‘pni o‘yinga rejali kiritish. To‘pni o‘yinga rejali kiritishni bajarishda 
o‘yin vazifalarini samarali hal etish shartlarini aniqlashdan oldin predmetlar 
harakat trayektoriyasining sakrashsimon to‘pni o‘yinga kiritishlarini keltirib 
chiqaruvchi, mutaxassislarga ilgaridan ma’lum bo‘lgan, turbulentlik 
mexanizmini izohlash zarur. U voleybolda “rejalashtirish” deb ataladi, 
rejalashtiruvchi uzatishlar nomi ham shundan kelib chiqqan.
Ta’kidlash kerakki, foydalanilayotgan atama unchalik ommabop emas, 
chunki u aerodinamikada mutlaqo boshqacha ma’noga ega. Unda rejalashtirish 
deyilganda havoda uning oqimlari ko‘tarilish kuchidan foydalangan holda 
biror-bir jismning (har qanday shakldagi emas) harakati tushuniladi. U 
rejalashtirilayotgan predmetning yuqori va pastki tomonlaridagi havoning har 
xil bosimlari oqibatida vujudga keladi. Bundan uchish masofasi ko‘payadi. 
Sharsimon shaklga ega bo‘lgan jismni rejalashtirib bo‘lmaydi. Uning uchish 
trayektoriyasi oldindan barqaror, yerning tortish maydonidan uzoqlashuvchan 
va shamolning borligi, shuningdek, uloqtirish yoki zarba bilan berilgan 
dastlabki tezlik bilan aniqlanadi. Trayektoriyaning aniq o‘zgarishlari uchuvchi 


26 
sharsimon jismning aylanishida ham mumkin – ushbu burchak tezligi qancha 
yuqori bo‘lsa, u aylanish tomoniga shuncha ko‘proq og‘adi.
Og‘ish, shuningdek, aylanish hisobidan havo oqimining bir qismi to‘p 
ortidan “ergashishi” oqibatida vujudga keluvchi bosim farqlari bilan ham 
paydo bo‘ladi. To‘p aylanayotgan tomonga havo oqimlari tartiblanadi, bu 
ularning bosimi kamayishiga olib keladi. Teskari tomonda esa, aksincha, to‘pga 
ergashayotgan havo oqimi qarshi havo oqimi bilan to‘qnashadi (to‘pning 
uchish yo‘nalishiga nisbatan) va yuqori bosim zonasi hosil bo‘ladi. Bunda 
to‘pga uning uchish trayektoriyasiga perpendikular ta’sir etuvchi kuch vujudga 
keladi. U snaryadni aylanish tomoniga og‘diradi.
Aylanmasdan uchayotgan jismda esa bu holat mutlaqo boshqacha 
bo‘ladi. Buni voleybol to‘pi misolida ko‘rib chiqamiz. Aylanmayotgan to‘p, 
odatda, aerodinamika nazaryasida laminar deb ataluvchi havo oqimida 
harakatlanadi. Havoning laminar oqimlari to‘pni har tomonga aylanib o‘tadi, 
to‘pning oldida, itarilishi asosidagi havo zarbalari hisobidan yuqori havo 
bosimi sohasi paydo bo‘ladi, orqada esa, aksincha, past bosimli zona yaraladi. 
Bosimlardagi ushbu farq (yerning tortishish kuchi bilan birgalikda) to‘pning 
uchish trayektoriyasi tezligi va uzunligi kamayishiga yordam beradi.
Bu manzara doimo kuzatilmaydi. Ma’lum bir tezlik oralig‘ida (voleybol 
to‘pi uchun 17-19 ms) aerodinamikadagi turbulentlik boshlanadi, uning kuchi 
bilan to‘p uchish trayektoriyasini keskin va oldindan bilib bo‘lmas darajada 
o‘zgartirishga, yuqoriga va pastga yoki o‘ngga-chapga sakrashlarga o‘tish 
mumkin. Aynan ushbu holat o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishni 
qiyinlashtiradi, uning sifatini texnik xatolik darajasigacha olib boradi. 
Aylanishsiz uchayotgan to‘p trayektoriyasining bunday sakrashsimon 
o‘zgarishlarini voleybolda xato rejalashtirish deb ataladi.
Turbulentlik oqibatida trayektoriyaning keskin o‘zgarishlari vujudga 
kelish mexanizmlari quyidagicha: to‘pning aylanishsiz uchish tezligini 


27 
pasaytiruvchi sabab ko‘rib chiqilgan edi – bu havoning qarshiligi. To‘pni 
o‘yinga kirituvchining zarbasidan so‘ng birdaniga to‘p 25-30 m/s tezlikka ega 
bo‘ladi va havoning laminar oqimida uchadi. Tezlik kritik qiymatgacha (17-19 
m/s) pasayganda to‘pni aylanib o‘tuvchi havo oqimlari girdob holatiga o‘ta 
boshlaydi. Ushbu girdob havo oqimlari to‘pning orqasida yuqori bosim 
sohasini yaratadi. To‘p, shu tarzda oldinda ham, orqada ham (to‘pning uchish 
yo‘nalishiga nisbatan) yuqori havo bosimida bo‘ladi va muayyan bir vaqtda 
havo oqimi girdobi ta’sirida bosim ham siqib chiqariladi. Uning harakat 
trayektoriyasi, shu tarzda, oldindan bilib bo‘lmaydigan sakrashsimon 
harakatlar qiladi, buni samolyotda parvoz qilganlar yaxshi bilishadi. 
Samolyotlar tez-tez turbulentlik holatiga tushib qoladi va havo kemasi 
“chayqala” boshlaydi. Tezlik 17 m/s dan kam darajagacha pasayganda havo 
oqimi yana laminarlashadi va to‘p yana barqaror bo‘lib, uchish trayektoriyasini 
aniqlab bo‘lmadigan holatga o‘tadi. Eng yuqori natijaga erishish uchun to‘pni 
o‘yinga kirituvchi zarba kuchini shunday hisoblash kerakki, turbulentlik 
hodisasi, to‘p raqibning qabul qilish zonasiga yetib borganda namoyon bo‘lib, 
uni bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib berish qiyinlashsin.
Ta’kidlash mumkinki, uzoqdan uzatishlarda (tashqi chiziqdan 4-6 metr 
masofadan) uchib borayotgan to‘p trayektoriyasining sakrashsimonligi oshadi 
– sakrashlar ancha keskin va uzunroq bo‘ladi. Ehtimol, bu shunga bog‘liqki, 
ancha yuqori boshlang‘ich tezlikda to‘p o‘z uchish trayektoriyasini 19 m/s 
tezlik chegarasigacha sakrashsimon o‘zgartira boshlaydi, bunda bosim 
o‘zgarishlari 17 m/s chegarasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. Shunday qilib, 
rejalashtiruvchi uzatishni bajarishdagi asosiy vazifa – to‘pga aylanmay uchish 
zarbasini berish kerak – bu uning uchish trayektoriyasi sakrashsimon 
bo‘lishining asosiy shartidir. Uruvchi qo‘l va to‘pning o‘zaro birgalikdagi 
zarbasi muhim xususiyatga ega: zarba beruvchi qo‘l o‘z o‘qi atrofida 
harakatlanadi va shu tarzda zarba yonga beriladi, to‘pga esa uzluksiz va o‘z 


28 
markazi atrofida aylanmaydigan harakat berish lozim. Buning uchun zarba 
kuchining ta’siri uchish trayektoriyasi chizig‘i bo‘ylab yo‘nalgan va to‘pning 
markazi orqali o‘tgan bo‘lishi lozim.
Vektor kuchining trayektoriya bilan ishonchli mos kelishini oshirish va 
to‘p markaziga “urish” uruvchining radius uzunligini oshirish bilan amalga 
oshiriladi. Bunda yo‘lning katta qismida uruvchi kaftning chiziqli tezlik vektori 
va to‘pning talab etilayotgan uchish yo‘nalishi o‘zaro mos kelishi sharti 
ta’minlanadi.
Zarba beruvchining aylanish radiusi quyidagi shartlar bajarilganda 
oshadi: zarba oldidan qo‘lning to‘liq to‘g‘ri holatdaligi, uruvchi qo‘l 
yelkasining ko‘tarilishi, gavdaning zarba tomon burilishi va zarba harakati 
vaqtida gavda og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazishda oshadi – 
bularning barchasi zarba beruvchining aylanish o‘qini tananing umumiy 
og‘irlik markazigacha va hatto pastroqqacha ham siljitishni ta’minlaydi. Bunda 
zarba beruvchining og‘irlik xarakteristikasi – uning inersiya soniyasi oshadi, 
bu zarba beruvchi bo‘g‘inlarning kinetik energiyasini ko‘paytiradi.
Zarba jarayonida tezlik vektorining ishonchi moslashuvini amalga 
oshirishning boshqa bir yo‘li – qo‘l va to‘pning o‘zaro zarba harakatlari vaqtini 
kamaytirishdir. Bunga qo‘yiluvchi kuch, zarba beruvchi qattiqligini (to‘pga 
energiya uzatish koeffitsienti oshadi) oshirish va birgalikdagi zarbadan so‘ng 
erishiladi. Shu tarzda, zaruriy tezlikda qattiq richag bilan qisqa (to‘p zaruriy 
tezlanishni olishi va raqib maydonchasiga tushishi uchun) zarba berish kerak. 
Uruvchi richagning tezligi va qattiqligi, shuningdek, tananing zarba beruvchi 
bo‘g‘inlarini tezlashtirish jarayonida aloqaning “qattiq” sxemasidan 
foydalanishi mumkin.
Ishonchni ta’minlashning boshqa uchinchi uslubi harakatlanayotgan 
to‘pga zarba berishdir, buning uchun to‘pni shunday tashlash joizki, u zarba 
berish vaqtida yuqoriga ko‘tarilgan qo‘l masofasida to‘xtashi kerak. To‘p 


29 
tashlangandan so‘ng u to‘xtagan va hali pastga tushayotganida zarba berilishi 
kerak.

Download 1,36 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish