• Topshirdi: Y.Egamberdiyev Qabul qildi: Kuchaboyev R. T. Qarshi 2023 TARMOQ SKANERINI TADQIQ QILISH Reja
  • Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan tayyorlagan 1-mustaqil ishi topshirdi: Y. Egamberdiyev Qabul qildi: Kuchaboyev R. T. Qarshi 2023 tarmoq skanerini tadqiq qilish reja




    Download 99,13 Kb.
    bet1/2
    Sana23.12.2023
    Hajmi99,13 Kb.
    #127353
      1   2



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI QARSHI FILIALI



    KI 15 20 S guruhi talabasi Egamberdiyev Yusufbekning
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan tayyorlagan

    1-MUSTAQIL ISHI

    Topshirdi: Y.Egamberdiyev
    Qabul qildi: Kuchaboyev R. T.


    Qarshi 2023


    TARMOQ SKANERINI TADQIQ QILISH
    Reja:

    1. Tarmoq skanerini tadqiq qilish
    2 Simsiz tarmoq arxitekturasi
    3.Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati


    Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari.
    Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida yuzaga keldi.
    Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
    Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.

    Download 99,13 Kb.
      1   2




    Download 99,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan tayyorlagan 1-mustaqil ishi topshirdi: Y. Egamberdiyev Qabul qildi: Kuchaboyev R. T. Qarshi 2023 tarmoq skanerini tadqiq qilish reja

    Download 99,13 Kb.