|
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi
|
bet | 10/12 | Sana | 25.02.2023 | Hajmi | 61.23 Kb. | | #43471 |
Bog'liq 1-Laboratoriya ishi Doc1, Bodo Shefer. G\'oliblik qonuniyatlari, KAL PLAN МТваА Юсупова 2014-15 amal, 1-laboratoriya ishi (2)Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion
tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy
tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K
shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt
rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim.
Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va
tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida
ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat
uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori
masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi
ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida
foydalanish uchun yaratilgan.
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion
tizimi, amaliy tizimining mobil PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash
kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi
Windows 95ga o‘xshash.
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows New Technology
(Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib,
Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning
o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga
talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 1 0% qismidir.
Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:
- funksional uyg‘unlik;
- mobillik;
- masshtablanuvchanlik;
- tizimning boshqarilishi;
- ochiq interfeys;
- sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server,
tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows NT
Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.
|
| |