Reaktor va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni ishlatish




Download 2.23 Mb.
bet5/9
Sana21.02.2023
Hajmi2.23 Mb.
#43098
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tok-transformatorlarni-ishlatish
Амалиёт шартномаси 2020, AZIZOV DOSTON, E953AovvKLyyqJDtsysNSyVSyHMXKlTLl9az4sgx, 12, 11, O\'zbekiton geo yakuniy, 10-sinf-informatika-testlar, 3 , Iroda, InshaAlloh, Документ Microsoft Word (2), attestatsiya papkani yuzi, Biznes jarayoni referat - Copy, Газ қудуқларида қатлам босимини
Reaktor va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni ishlatish
Reaktorlar. Odatdagi va parchalangan liniya reaktorlari qisqa tutashuv toklarini cheklash va qisqa tutashuvda reaktor ortidagi shinalarda kuchlanishni tutib tutish uchun xizmat qiladi. Taqsimlavchi tarmoqlarda qisqa tutashuv sodir bo‘lganda reaktor shinalarda 0,7Unom dan kam bo‘lmagan qoldiq kuchlanishni ta’minlashi shart.
Seksion reaktorlar, asosan qisqa tutashuv toklarini cheklash uchun xizmat qiladi. Ularning induktivligi 8-12% ni, nominal toki esa shina seksiyasi tokining 5070% ni tashkil etadi.
35 kV gacha bo‘lgan kuchlanishli qurilmalarda quruq betonli reaktorlar keng tarqalgan bo‘lib, ular beton asosga qotirilgan izolyasiyali mis yoki alyumin simdan yasalgan chulg‘amlardan iborat. Ustunlar yoniga tayanch izolyatorlar shpilkalar yordamida mahkamlanadi. Ustunni tayyorlashda ular quritilib namlikka chidamli izolyasion lak bilan to‘yintiriladi. Ishlatish davrida reaktor chulg‘amlari izolyasiyasining tayanch izolyasiyatorlarining shpilkasi va flanslariga nisbatan qarshiligi 1000-2500 V li megommetr yordamida tekshiriladi va u 0,1 MOm dan kam bo‘lmasligi lozim. Beton ustunlar qarshiligining kamayishi normal ish sharoitlarida reaktorga xech qanday xavf tug‘dirmaydi, biroq qisqa tutashuv vaqtida namlangan beton ustunda kuchlanish tushuvining katta bo‘lishi tufayli o‘ramlar orasida izolyasiya teshilishi mumkin. Tayanch izolyatorlari sanoat chastotasidagi oshirilgan kuchlanishda sinab ko‘riladi.
Ishlash vaqtida reaktordan katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajraladi. Reaktorni sovitish, qoidaga ko‘ra, tabiiydir. Shu sababli reaktorlar joylashgan xonalarda sovituvchi xavo kanallari va ventilyasiyaning sozligini tekshirib turish lozim.
Qisqa tutashuv toki oqqanda reaktor fazalari va ichki aloxida o‘ramlar orasida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi. Buning natijasida o‘ramlarning uzilishi va deformatsiyalanishi, betonda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Qisqa tutashuv toki uzilganidan so‘ng reaktorlarni ko‘zdan kechirish lozim.
Moyli reaktorlar 35kV dan yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda ishlatiladi. Ular ham xuddi transformatorlardagi singari xizmat ko‘rsatishni talab etadi.

tarmoqlarda fazaning erga ulanishi.
Yoy so‘ndiruvchi g‘altaklar. 3 fazali neytrali zaminlanmagan tarmoqlarda fazalardan biri erga metallik tutashganda (4.18, a- rasm) shikastlangan fazaning erga nisbatan kuchlanishi nolgacha tushib, qolgan ikkita fazada liniya kuchlanishiga teng bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘ladi. Erga tutashish nuqtasida shikastlanmagan fazalarning sig‘im toklari yig‘indisiga teng bo‘lgan tok oqadi:
Ic 3U f jC .
Bu yerda Ic- erga tutashuv toki, A; Uf - faza kuchlanishi, V; S- butun tarmoqning sig‘imi, F;  2f - burchak chastota, s-1.
Faza erga yoy va katta sig‘im tok orqali ulanganda erga ulovchi yoy o‘chib yonuvchi xarakterga ega bo‘ladi. Bunday yoy tarmoqda xavfli o‘ta kuchlanishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Neytrali izolyasiyalangan tarmoqning davomli ishlashi mumkin bo‘lgan maksimal ruxsat etilgan sig‘im tokning qiymatlari quyida keltirilgan.



Download 2.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reaktor va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni ishlatish

Download 2.23 Mb.