Moddaning sindirish ko'rsatgichining




Download 468.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.04.2022
Hajmi468.16 Kb.
#20229
1   2
Bog'liq
To\'lqin optikasi

Moddaning sindirish ko'rsatgichining 
yorug'lik rangiga bog'liqligi 
dispersiyasi deb ataladi.
• Dispersiya hodisasini tajribada birinchi bo'lib I. Nyuton 
1666 yilda kuzatgan. U qorong'u xonada joylashgan 
prizmaga tuynuk orqali ingichka oq yorug'lik nur 
dastasini tushirdi. Nyuton yorug'lik nurlarinining 
prizmadan o'tib sinishda sinish burchagining qiymati 
yorug'lik rangiga bog'liq ekanligini aniqladi. Prizmaga 
tushgan ingichka nur bog'lami prizmada turli rangdagi 
nurlarga ajralar ekan. Agar ajralgan nurlarni ekranga 
tushirilsa, xuddi kamalakdagidek asosan 7 xil ranglardan 
iborat qizil, to'q sariq, sariq, yashil, hovorang, ko'k va 
binafsha ranglardan iborat spektrlarni ko'rish mumkin(l-
rasm). 





• Yorug'likning to'lqin tabiatini tasdiqlovchi hodisalaridan 
biri yorug'lik difraksiyadir. Yorug'lik to'lqinlarining 
to'siqlarni aylanib o'tishi va geometrik soya sohasi 
tomon og'ishi difraksiya deb ataladi. Yorug'lik 
to'lqinlarining difraksiyani kuzatish uchun ma'lum bir 
shart sharoitlar yaratilishi kerak. Yorug'likning to'lqin 
uzunligi to'siq o'lchamiga juda yaqin bo'lganda difraksiya
kuzatiladi. 
• Kichik diametrli tirqichli AB to'siqqa manbadan yorug'lik 
nuri tushayotgan bo'lsin. Agar to'siq orqasiga ekran 
joylashtirilsa, biz ekranda aniq soya bilan chegaralangan 
yorug' dog' paydo bo'lganligini ko'ramiz(l-a, rasm). Agar 
tirqich kengligi torayib borilsa soyaning chegarasi 
buziladi. Ekrandagi dog' navbatlashib boruvchi yorug' va 
qorong'u konsentrik aylanalar (halqalar) ko'rinishiga ega 
bo'lgan ketma - ket soyalardan iborat bo'ladi 




• Elektromagnit to’lqinlar tarqalganda fazoning har 
bir nuqtasida davriy ravishda takrorlanuvchi elektr 
va magnit maydonlarining o’zgarishi sodir bo’ladi. 
Bu o’zgarishlarni fazoning har bir nuqtasidagi 
kuchlanganlik vektorlari E va H ning tebranishi 
ko’rinishida tasvirlash mumkin. Elektromagnit 
to’lqinda E va H vektorlarning tebranishlari o’zaro 
perpendikulyar bo’ladi. Elektromagnit to’lqin 
kuchlanganlik vektori va uning tarqalish yo’nalishi 
orqali o’tuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi. 
Yorug’lik to’lqininning elektr maydon 
kuchlanganlik vektori(E) bitta yassi tekislikda 
tebranayotgan bo’lsa, bunday yorug’lik to’lqini 
qutblangan bo’ladi 

Download 468.16 Kb.
1   2




Download 468.16 Kb.
Pdf ko'rish