• Topshiriq
  • Topshiriq




    Download 13.07 Kb.
    Sana05.02.2022
    Hajmi13.07 Kb.
    #17120
    Bog'liq
    Informatika topshiriq 1
    dasturlash 2-a - for merge, jbduw, jnefue, dnefoenf

    Topshiriq 1
    O‘zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilyapdi. Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni va rolini, ularning yurtimiz bo‘ylab qamrovini jadal sur’atda oshiradi.
    Axborot tizimi deb ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va uzatishning qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari, metodlari va personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunda axborot tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari». Demak, axborot tizimi deb qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari hamda personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. Dastlabki axborot tizimlari (AT) o‘tgan asrning 50-yillarida yaratilgan. 60-yillarda yaratilgan ATlaridan olingan ma’lumotlar turli darajadagi davriy hisobotlarni yaratishda qo‘llanila boshladi. 70 - 80-yillarda ATlar boshqaruv nazoratining vositasi sifatida ishlatila boshladi. 80-yillardan boshlab ATlar axborotlarning strategik manbai sifatida boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida ishlatila boshlandi.
    Topshiriq 2
    Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirishdir. Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qoʻllash asosida amalga oshirish mumkin boʻlgan tizimdir. Dastlab bu iborani amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan boʻlsada, u bugungi kunda barcha sohada keng qoʻllanilmoqda. Raqamli iqtisodiyot insonlarsiz boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini “aqlli” shartnomalar tuzish orqali koʻpaytiradi, byudjet xarajatlarining ochiqligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qoʻllamoqda. Raqamli iqtisodiyot elektoral madaniyatning yuksalishi hamdir. U taraqqiy etsa, biz ana shu aqliy qoloqlikdan qutulamiz. Aqliy qoloqlikdan qutulish orqali vaqtdan, ogʻir yoki ortiqcha mehnatdan xalos boʻlamiz, sifat koʻrsatkichiga ega chiqamiz, ilgʻor davlatlar va xalqlarga yaqinlashamiz, jumladan, kambagʻallik ham kamayadi. Aqlni oʻstirishning eng asosiy yoʻli esa taʼlim tizimini yuksaltirishdir. Xullas, bunday islohotlar kimga yoqmaydi, deysiz? ! Barchaga manzur narsaga ega boʻlish uchun hamma intilishi kerak.
    Download 13.07 Kb.




    Download 13.07 Kb.