1.3.7. ButtonClick tugmasini bosganda ma’lumotlarni qayta ishlash dasturini tuzish
Formaga TButton komponentasini o’rnating. Buning uchun Standart komponentlar menyusidan piktogrammani tanlang. Obyektlar inspektori yordamida Button1 o’rniga «Natija» yoki boshqa sarlavha yozing. Shundan keyin tugmada sichqonchani ikki marta bosing, dastur matnida qo’shimcha sarlavhali hodisalarni qayta ishlash prosedurasi
(Procedure TForm1.ButtonClick(Sender:TObject))
paydo bo’ladi.
Misolda keltirilgan prosedura matnini kiriting.
1.3.8. Dasturni ishga tushirish
Dasturni Run menyusidagi Run ni bosib, yoki F9 tugmasini bosib, yoki piktogrammasini bosib ishga tushirish mumkin. Shundan keyin translyasiya jarayoni boshlanadi, agar xatoliklar bo’lmasa, .exe kengaytmali yuklovchi faylni yaratadi. Ekranga dasturning aktiv formasi chiqadi (1.2-rasm).
Dastur quyidagicha ishlaydi. «Natija» tugmasi bosiladi. Memo1 oynasiga natija chiqadi. x, y, z larning boshlang’ich qiymatlarini o’zgartirib, ” Natija ” tugmasini yana bossangiz yangi natija chiqadi. Dasturdan Run menyusidagi ProgramReset ni bosib yoki tugmasini bosib chiqishimiz mumkin.
1.2 - rasm
Dastur matni quyidagicha bo’ladi:
unit Unit1;
interface
uses
Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics,
Controls, Forms, Dialogs, StdCtrls;
type
TForm1 = class(TForm)
Label1: TLabel;
Label2: TLabel;
Label3: TLabel;
Edit1: TEdit;
Edit2: TEdit;
Edit3: TEdit;
Button1: TButton;
Memo1: TMemo;
procedure Button1Click(Sender: TObject);
procedure FormCreate(Sender: TObject);
private
{ Private declarations }
public
{ Public declarations }
end;
var
Form1: TForm1;
implementation
{$R *.dfm}
procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
begin
// x ning boshlang’ich qiymati
Edit1.Text:='3,4';
// y ning boshlang’ich qiymati
Edit2.Text:='0,74';
// z ning boshlang’ich qiymati
Edit3.Text:='19,43';
// Memo1 ni tozalash
Memo1.Clear;
end;
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var x, y, z, u : real;
begin
// x ning qiymatini o’qish
x:=StrToFloat(Edit1.Text);
// x ning qiymatini Memo1 oynasiga chiqarish
Memo1.Lines.Add('x='+Edit1.Text);
// y ning qiymatini o’qish
y:=StrToFloat(Edit2.Text);
// y ning qiymatini Memo1 oynasiga chiqarish
Memo1.Lines.Add('y='+Edit2.Text);
// z ning qiymatini o’qish
z:=StrToFloat(Edit3.Text);
// z ning qiymatini Memo1 oynasiga chiqarish
Memo1.Lines.Add('z='+Edit3.Text);
u:=x-y+cos(z);
// u ning qiymatini Memo1 oynasiga chiqarish
Memo1.Lines.Add('Natija: u='+FloatToStr(u));
end;
end.
|