• Guruh Sana
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet106/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    «Siz majbo‘rsiz» Bunday deyish – katta xato. Mijoz hech narsaga majbur emas. Shu gapni yumshoqroq aytib ko‘ring: «Mana bunday yo‘l tutsangiz, siz uchun yaxshi bo‘lardi» yoki «Bunday qilganingiz ma’qul» tarzida.
    «Bir daqiqa kutib turing, hozir qaytaman» Bir daqiqada biror ish qilib ulgurganmisiz? Qancha vaqt yo‘q bo‘lishingizni aniq ayting.
    «Yo‘q» Gapni shu so‘z bilan boshlasangiz, masala xal bo‘lishi qiyin kechadi. Telefonda so‘zlashayotganda tinglash qobilyati juda muhim. Bir fransuz jurnalida yozilishicha, telefonda suhbatlashayotgan jinsdoshlar bir birini gapini teng bo‘lishar ekan. Qarama – qarshi jins vakillari muloqotida esa, erkak ayolning gapini ko‘proq bular emish. Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar faqat 15 – 20 soniya tinglay olishar ekan. Keyin yechim topishga berilib ketadilar. Buni e’tiborga oling! Erkaklar uchun NIMA, ayollar uchun esa QANDAY aytish muhim.
    Suhbat chog‘ida ovozingiz qancha past bo‘lsa, oladigan natijangiz shuncha yuqori bo‘ladi. Ovozingizni nazorat qiling, bu – muloqotni osonlashtiradi.
    Nafasni tez oladigan odam gapida ko‘p adashadi: uning diqqati fikrini aytib olishda bo‘lar ekan. Xotirjam nafas oladigan kishi esa e’tiborini gapirayotgan gapining mazmuniga qaratadi va shu bois deyarli xato qilmaydi.84
    Uyali telefondan foydalanishda jamoat joylarda, yig‘ilishda, ta’lim muassasida, kasalxonada shuningdek, yoshi kattalar, lavozimi yoqori kishilar bilan birga yonma yon muloqotda bo‘lganda telefoningizni “tovushsiz” holatga keltirib, quying bu sizni birmuncha noqulay holatlarga tushishingizni oldini oladi.

    Guruh




    Sana




    38-MAVZU: O‘zbekistonda suv qadri


    Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
    Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada S. bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ S. bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) S. bor. Barcha tirik organizmlardagi S. Yer yuzidagi daryolar S.ining yarmiga teng. Yerdagi hamma S. bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi S. bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii).
    Tabiiy sharoitda S. tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori S.ning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. S.dagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur S. deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean S.ining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk S.da N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. S.ning mineralligi oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.
    Tabiiy S.da erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. S.da organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
    Tabiatga kishilarning zugʻumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, sogʻligi, ijtimoiy muhitga boʻlgan aks taʼsiri tobora halokatli tus olmoqda. Shu sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa nizo, kelishmovchiklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining oʻziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlaridagi aniq manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri „Inson — tabiat“ munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan tabiat tomonidan inʼom etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali foydalanishga qoʻproq bogʻliq boʻlib kelganligi hech kimga sir emas. Suv oʻrnini boshqa hech bir neʼmat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsienti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40—50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir. BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan. BMT bergan maʼlumotlarga koʻra, er yuzida 2000-yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050-yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (yaʼni, 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan. Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000-yilda 160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda. Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi. Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham toʻsiq boʻlib qolmoqda, shu bilan birga, dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor erlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha oʻn ming gektarlab er maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan. Toza ichimlik suvidan, ayniqsa Toshkentdek shahri azimda oqilona foydalanishning usullaridan biri — tomorqa erlarini, istirohat bogʻlarini, koʻcha boʻyidagi dov — daraxtlar va koʻkatlarni sugʻorish shaxobchalarini kengaytirish va bunga sarf qilinadigan toza ichimlik suvni tejashdan manfaatdorlikni oshirishdir.

    Oʻzbekistonda suv qadri


    Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir er yuzidagi har bir kimsa qay yoʻl bilan boʻlsada bu boylikdan tejamkorlik bilan foydalanish ustida bosh qotirmoqda, bu hol ayniqsa qishloq xoʻjaligida koʻzga tashlanmoqda. Bunda sugʻorish polietilen plenka tushalgan egatlar boʻylab amalga oshiriladi. Paxtani anʼanaviy sugʻorishda joʻyaklar boʻylab ochilgan suvning 25-30 foizi yuzalab va chuqur singish hamda bugʻlanish natijasida yoʻqotiladi. Bundan tashqari sizot suvining erga yaqin boʻlganida bugʻlanish miqdori ortadi va tuproqning ildiz rivojlanadigan qismida zaharli tuzlarning yigʻilishi roʻy beradi. Bu hol paxtaning normal rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Institut tomonidan taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini sugʻorishning yangi uslubi suvni tejash va yuqori hosil olishda qoʻl keladi. Paxtaning oʻgʻitlangan egatlarini polietilen plenkalar bilan sugʻorish texnologiyasining foydasi boʻyicha tajriba institutning Jizzax filialida oʻtkazildi. Ilmiy tekshirish instituti xodimlarining taʼkidlashicha, tejamkorlik bilan sugʻorilganda paxta hosilining ortishi yaqqol koʻzga tashlangan. Besh yillik tajriba natijasida hosildorlik gektariga 10 sentnerdan qoʻshilib gektariga 47 sentnerni tashkil etgan, 27 foizga oshgan. Bunda tagʻin suv 35 va undan koʻp miqdorda tejalgan. Oʻtgan yilda resursni tejashning yangi texnologiyasini keng sinovdan oʻtkazish Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon va Toshkent kabi viloyatlarida amalga oshirildi. Polietilen plenkalar bilan ekranlashtirilgan egatlarda sugʻorish texnologiyasini tekshirish natijalari asosida Sirdaryo viloyatidagi sinov maydonida hosildorlik 50,2 foizga oshib, sugʻoradigan suv miqdori 52,7 foizga qisqardi, bu koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida 20,9X48,5 foiz, Andijon viloyatida 21,9X40 foiz, Toshkent viloyatida 19,5X10,8 foizni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikriga koʻra shu beshta obyekt boʻylab koʻrsatkichlar umumlashtirilganda hosildorlik 27,5 foizga oshgan holda suv 35,6 foizga tejalgan. Shu bilan birga bu texnologiyani qoʻllash bir qator qulayliklarni tugʻdiradi. Bu usul yana koʻchat boʻylab bir tekisda namlanishga asos yaratadi, qator oralab ishlov berish tadbirlari kamayadi, shunga yarasha yoqilgʻi ashyolari tejaladi, namlikning bugʻlanish va bugʻlanishning emissiyasi miqdori qisqaradi, oʻsimlikning ozuqlanish tartibi yaxshilanadi, hosilning pishishi tezlashadi, sifati koʻtariladi. Kelgusida sugʻorishning bu texnologiyasini mamlakat qishloq xoʻjaligida keng tadbiq etish rejalashtirilmoqda


    Download 7.62 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.