• Komil inson va yetuk malakali mutaxassis
  • Magistratura
  • Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir




    Download 7.62 Mb.
    bet30/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir.
    Shu bois ham Mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
    Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41 - moddasida, “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul ummumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” deb belgilab qo‘yildi.
    1997 - yil 29 – avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisinnig IX - sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu qonun va dastur to‘la zamon talablariga mos holda kelajakni o‘ylab ishlab chiqilgan bo‘lib, unda umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb – hunar tizimining mavjudligi, ta’limning uzluksizligi va izchilligi davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi ta’minlangan.
    O‘zbekiston Respulikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:

    • maktabgacha ta’lim (6-7 yoshgacha);

    • umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar);

    • o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi (3 yillik ta’lim);

    • oliy ta’lim;

    • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

    • kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

    • maktabdan tashqari ta’lim.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qanday maqsadni amalga oshiradi? Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy – axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy modelini yaratishdan iboratdir. Zero, kadrlar tayyorash milliy dasturining bosh muddaosiKomil inson va yetuk malakali mutaxassis” tayyorlashdir. Milliy dastur davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Ta’lim-tarbiya esa shu keng qamrovli vazifaning tarkibiy bir qismidir. Kadrlar tayyorlash milliy modeli, faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina hayot bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Milliy modelimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi. Ularning o‘zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi.1
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi majburiy – ixtiyoriy 3 yillik ta’lim tizimi bo‘lib, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida kunduzgi o‘qish shaklida amalga oshiriladi.
    Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi.
    Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng, bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb yo‘nalishi bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va hukumat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
    Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
    Har bir o‘quvchi bilim olish jarayonida turli huquq va burchlarni amalga oshiradi. O‘quvchilar sifatli dars o‘tilishini talab qilish,bilim olish uchun to‘la sharoit yaratish, ta’lim muassasining ARM fondidan foydalanish, turli to‘garak va qonuniy tashkil etilgan o‘quvchilar jamiyatlariga a’zo bo‘lish, sifatsiz ta’limdan shikoyat qilish kabi huquqlarga ega bo‘lsa, o‘z zimmalariga ko‘plab talablarni bajarishni oladi.




    Download 7.62 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir

    Download 7.62 Mb.