• Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir.
  • Iqtisodiy sohada
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet44/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Tayanch so‘z va iboralar: Vatan, boshqaruv, islohatlar, obodlik, farovon hayot, ijtimoiy hayot, ma’naviy hayot, bosh g’oya, istiqlol yillari, bosh vazir, Oliy Majlis.

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ozod va suveren davlatning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.


    Mamlakatimiz mustaqilligining bugungi bosh strategik maqsadiOzod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Shu munosabat bilan bir qator sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
    Boshqaruv sohasida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu boradagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridir. Konstitutsiyamizga muvofiq, O‘zbekiston demokratik davlatdir. Davlatning demokratikligini ta’minlash uchun avvalo, davlat hokimiyatining mafkuraviy va siyosiy hurfikrlikka asoslanib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi amalga oshirilgan. Konstitutsiyaning 7 – moddasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining birdan bir manbai xalqdir. Bu O‘zbekiston davlatining xalqchilligini huquqiy isbotidir. Xuddi shuningdek, xalq hokimiyatchiligi hukmronligi 2 – moddada «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» singari normalar bilan o‘z aksini topgan. Xalq manfaati ustuvorligi davlatimizning asosiy vazifasidir.
    Xuddi shuningdek, Konstitutsiyamizning 9 – moddasiga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek xalq hokimiyatning birdan bir manbaidir
    2010 – yil 12 – noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida taklif qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirish borasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o‘zgartirish kiritish bilan davlat boshqaruv sohasini yanada demokratlashtirishga erishildi. Masalan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlariga bag‘ishlangan 93 – moddasining 8 – bandidagi ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; jumlasi olib tashlanadi. Ya’ni bu bilan Prezident ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga ta’luqli ishlardan holi etilib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi qoidasini mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 – moddasi quyidagicha yangi tahrir etildi: “Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.
    Konstitutsiyamizning 98 – moddasiga esa quyidagicha yangi qoidalar kiritildi: “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
    Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
    O ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
    Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
    Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
    Yangi bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
    Oliy Majlis tomonidan bosh vazir lovozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bosh vazir lavozimini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.”
    Boshqaruv sohasidagi bu kabi demokratik islohatlarning amalga oshirilishi albatta shu muqaddas zaminda yashovchi mehnatkash fuqarolarimizning baxtli hayot kechirishlari uchun xizmat qiladi.
    Tarixga nazar tashlasak, siyosiy jihatdan ozod va erkin bo‘lgan davrlarda yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti gullab yashnaganini, aksincha, mustamlakachilik sharoitlarida u chuqur inqirozlarni boshidan kechirganini ko‘ramiz.
    Iqtisodiy sohada barcha soha va tarmoqlarda erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish o‘zgarishlarining asosiy yo‘nalishlaridir. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. 14
    Mulkdorlar sinfining shakllanishi jamiyatda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respulikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 207-moddasiga asosan, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. 15
    Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
    So‘nggi yillarda mamalakatimizda kichik tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalarini jadallik bilan rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolatiga va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.
    Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qonunchilik bazasi shakllantirilmoqda, tadbirkorlarga ko‘plab imkoniyatlar yartilmoqda.
    O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi tabiiy resurslar (meniral-xom ashyo, yer va suv resurslari), aholi va mehnat resurslaridan iborat.
    O‘zbekistonning faqat baholangan umumiy meniral-xom ashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroqni tashkil etadi.

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.