O‘zbekiston O‘rta Osiyoda tabiiy gazning 40%, ko‘mirning 55%, paxta tolasining 75% ni beradi




Download 7.62 Mb.
bet45/112
Sana18.10.2022
Hajmi7.62 Mb.
#27443
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
MANAVIYAT SOATI 2022-2023
STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
O‘zbekiston O‘rta Osiyoda tabiiy gazning 40%, ko‘mirning 55%, paxta tolasining 75% ni beradi.
O‘zbekistonning yer resurslari 44,74 mln. gektarni tashkil etadi.
Ma’naviy sohada 1994 – yil 23 – apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi tuzildi. Milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ma’naviyatimizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, Bohovuddin Naqishband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Axmad Farg‘oniy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ siymolarga, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qarshi shaharlari yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar, simpoziumlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Diniy qadriyatlar borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab masjid va madrasalar tiklanib, yangilari qurilmoqda. Muqaddas joylarga, Makka va Madina ziyoratiga borish uchun qulayliklar xalqimiz uchun yaratildi. Har bir yosh maqsadlariga erishish o‘zlariga bog‘liqligini, sobitqadamlik, g‘ayrat-shijoat, to‘la-to‘kis fidokorlik va cheksiz mehnatsevarlik orqaligina yetishishlarini his qilishlari kerak. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati ana shunday maqsadlari aniq fidoy yoshlar uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda. Harakatning bosh maqsadi «Yurtga komil, fozil farzandlarni tarbiyalab berishdir». Ijod erkinligi uchun ham hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan. Konstitutsiyaning 42 – moddasi har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqini kafolatlaydi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishini belgilaydi. Vatanimizda ijodkor ziyolilar turli ijodiy uyushmalar tevaragiga uyushganlar. Masalan, Badiiy san’at akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi va shu kabilar muayyan ixtsos bo‘yicha ijodkor ziyolilarga barkamol o‘lmas asarlar yaratishda shart-sharoitlar vujudga kelishini ta’minlamoqda. Ayniqsa, yosh avlod uchun o‘z iqtidorini amalda ko‘rsatish, uni takomillashtirishga juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, o‘ylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda O‘zbekistonda jamoat birlashmalariga va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot keltirsak. Jamoat birlashmalari jamiyat, harakat, kasaba uyushmasi, jamg‘arma, markaz yoki federatsiya kabi shakllarning biri ko‘rinishida tashkil topgan.

Download 7.62 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Download 7.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston O‘rta Osiyoda tabiiy gazning 40%, ko‘mirning 55%, paxta tolasining 75% ni beradi

Download 7.62 Mb.