• Mavzu: “So‘zlashuv va muloqot madaniyati”.
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet53/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana




    12- Mavzu: “So‘zlashuv va muloqot madaniyati”.


    Tayanch so‘z va iboralar: So‘z, gap, so‘zlashuv, muomala, Buzrgmehr, til, ofat, saodat, muloqat, xulq – atvor.
    Goho o‘ttiz ikkita tish bitta
    tilga soqchilik qilolmaydi-da
    bosh baloga qoladi.
    O‘tkir Hoshimov
    Qadim zamonlarda bir mamlakatning podshosi tush ko‘ribdi, tushida barcha tishlari to‘kilib tushganmish. Ertalab vazirlarini birma-bir huzuriga chorlabdi va ulardan tushuning ta’birini so‘rabdi. Shunda huzuriga birinchi bo‘lib kirgan vazir debdi:
    - Olampanoh, tushungizning ta’biri shulki, siz barcha qarindosh urug‘laringiz o‘lganidan so‘ng vafot etar ekansiz.
    Bu gapni eshitib podshohning g‘azabi kelibdi va vazirni qatl etishni buyuribdi. Ikkinchi bo‘lib kirgan vazir tush bayonini diqqat bilan tinglab, shunday ta’bir beribdi:
    - Olampanoh, sizning umringizni uzoq qilmish, ya’ni-ki, barcha qarindosh-urug‘laringizdan uzoqroq yashar ekansiz.
    Shunda podshohning ta’bi ochilib, vaziriga qimmatbaho sovg‘alar in’om etgan ekan.
    So‘zlash qobiliyatimiz borki, biz fikrimizni bayon etamiz, bir-birimiz bilan muomila qilib, muloqotda bo‘lamiz. Hazrat Navoiy:
    So‘zdurki, nishon berur o‘likka Jondin,
    So‘zdurki, berur jonga xabar Jonondin,
    Insonni so‘z ayladi judo Hayvondin,
    Bilkim, guhari sharifroq yo‘q Ondin.
    Navoiy yuqorida, so‘zlash qobiliyatimiz, inson bilan hayvon o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri ekanligini, hamda uning jon bag‘ishlovchi qudrat vositasi sanalishini yuqoridagi misralarda go‘zal qilib ifodalagan. Agar mana shu so‘zlash kabi xudo bergan ne’mat bo‘lmaganda qanday holda bo‘lar edik. Bir kuni Buzurgmehrdan: «So‘zlash yaxshimi yoki sukutmi?» deb so‘radilar. U esa: «So‘zlash!» - deb javob berdi.
    Undan: «Nega bo‘lmasa o‘tmish hakimlari doimo aksini aytib keldilar?» deb so‘rashdi. Buzurgmehr:
    «So‘zlash afzal deganimning ma’nosi shuki, agar bu vosita bo‘lmaganda edi, sukutdagi beqiyos xislatlar ochilmay qolardi!» - deb javob berdi. 17
    Donishmand Buzurgmehr ta’kidlaganidek, so‘zlash qobiliyatimiz bo‘lmaganda sukut orqali paydo bo‘ladigan xislatlarimiz qadrsiz bo‘lardi. Sharqning barcha xalqlarida so‘zlash va muloqot madaniyatiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, bu to‘g‘rida turli durdona asarlar bitilgan. Sharq xalqlarida so‘z qudratini, uning har qanday ezgulik boshi yoki bo‘zg‘unchilik sababchisi bo‘lishini yaxshi bilganlar.
    Qadimda podshohlar el oldida davlat tuzimi, itoatkorlik, diniy qoidalar, xalqaro ahvol, o‘z siyosatlari haqida juma kunlari, xalqning hayit va bayramlarida nutq so‘zlaganlar. Milodning IX asriga kelib, shohlar bu ishni maxsus so‘z ustalariga topshira boshlaganlar va ularni «voiz»lar, deb ataganlar. Voizlik san’ati tugal shakllanib, jahon madaniyati xazinasida Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Xusain Koshifiy, Muin Voiz Haraviy kabi o‘nlab so‘z ustalari yetishdi. 18

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.