• Mavzu: Qonunlar qonuni, baxtimiz qomusi.
  • Qabul qilinish tartibiga ko‘ra
  • O‘zgartirilish tartibiga ko‘ra
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet55/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana




    13- Mavzu: Qonunlar qonuni, baxtimiz qomusi.


    (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlanadi.)


    Tayanch so‘z va iboralar: Konstitutsiya, suverenitet, parlament, Kongress, Oliy Kengash, Oliy Majlis, davlat, jamiyat, shaxs, erkinlik, mulkchilik.

    Konstitutsiya jamiyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi murakkab va sеrqirra ijtimoiy – siyosiy va huquqiy hodisadir.


    Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinliklarini huquqiy kafolatlovchi, shuningdek, ijtimoiy tuzum asoslarini, boshqaruv shakli va hududiy davlat tuzilishi, markaziy va mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etish, ularninig vakolati va o‘zaro munosabatini, davlat ramzlarini belgilovchi aktlar yig‘indisi asosiy (oliy) qonun.
    Konstitutsiyaning yuridik ustunligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • barcha boshqa qonunlardan ustunligi;

    • oliy yuridik kuchga egaligi;

    • milliy huquqiy tizimning o‘zagi ekanligi;

    • alohida muhofaza mеxanizmiga egaligi;

    • maxsus tartibda qabul qilinishi va unga o‘zgartirish kiritishning murakkab jarayoni o‘rnatilganligi.

    Huquqshunoslikda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi.
    Qabul qilinish tartibiga ko‘ra, yuqoridan taqdim etilgan va ta’sis majlislarida yoki rеfеrеndumlarda qabul qilingan konstitutsiyalar.
    Amal qilish vaqtiga ko‘ra, muddati chеklangan va chеklanmagan, ya’ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar.
    O‘zgartirilish tartibiga ko‘ra, “yumshoq” va “qattiq” konstitutsiyalar.
    Konstitutsiya amal qilishi va unga rioya etilishi bilan qadrlidir. Konstitutsiya talablarining bajarilishi mamlakatda konstitutsiyaviy tuzum barqarorligi va fuqarolarda qonunga qat’iy itoatkorlik mavjudligini ko‘rsatadi. Biroq har qanday jamiyatda manfaatlari, maqsadlari va faoliyatlari konstitutsiyaga xavf tug‘diruvchi shaxs va tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Bunday xavf, shuningdеk, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini suistе’mol qilishi, hokimiyat shaxobchalarining o‘z huquqlari doirasidan chеtga chiqishi natijasida ham vujudga kеlishi mumkin. Konstitutsiyaning buzilishi shunisi bilan xavfliki, bunda davlatchilik asoslariga putur еtadi, insonlarning konstitutsiyaviy tartibotga bo‘lgan ishonchi zavol topadi. Eng yomoni, mamlakatda boshboshdoqlik va notinchlik vujudga kеlishi, hokimiyat inqirozi, ommaviy tarzda inson huquqlari kamsitilishi sodir bo‘lishi mumkin.
    Dunyoda ilk konstitutsiya 1787 – yili Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan.
    Asosiy qonunni yaratish uchun AQSHda 18 oy vaqt sarflangan. 200 yildan oshiqroq muddat mobaynida barqaror amal qilib kelayotgan konstitutsiyasiga alohida urg‘u beradilar. 21 bo‘limni o‘z ichiga olgan, 7 moddadan iborat hujjat muqaddimasida Qo‘shma Shtatlar xalqi yanada mukammal ittifoq tuzishi, odil sudlovni o‘rnatishi, ichki barqarorlikni kafolatlashi, mudofaani hamkorlikda ta’minlash, umumiy farovonlikka ko‘maklashish hamda AQSh xalqi va uning avlodlari uchun ozodlik ne’matini mustahkamlab qo‘yish maqsadlarida konstitutsiya qabul qilingani alohida ta’kidlanadi. Hozirgi kunga qadar Konstitutsiyaga kiritilgan 27 ta o‘zgartirish Rim raqamlari bilan belgilanib, uning asosiy matniga qo‘shilmagani, balki ilova qilinganini ta’kidlash mumkin. Shu o‘rinda ikki asr vaqt mobaynida Kongressga Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritish yuzasidan 1000 dan ortiq takliflar bildirilgan bo‘lib, Kongress ularni 40 tasini qabul qilganiga qaramay, 27 tasi Shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilngani bois kuchga kirgan. AQSH konstitutsiyasi ham o‘sha kezlarda xalq suvereniteti g‘oyasini davlatchilikni tashkil etishning demokratik tamoillarini huquqiy jihatdan mustahkamlagan bo‘lsa-da, muayyan kamchiliklardan holi emasligini tilga olish mumkin. 1919 – yilgacha ayollarning saylov huquqidan mahrum etilgani, qoratanli aholi qulligiga munosabat bildirilmagani shular jumlasidandir.20

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.