• 16-Mavzu
  • «Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi»
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet59/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana






    16-Mavzu: Jinoyat va jinoyatchilik haqida tushunchalar


    Tayanch so‘z va iboralar: Gunoh, tartibbuzar, huquqbuzar, jinoyat, jinoyatchi, dalolatchi, yordamchi, tashkilotchi, bajruvchi, jinoyat kodeksi, adolat, transmilliy jinoyatchilik.
    Qonun shafqatsiz, lekin u shunisi bilan qonun22
    «Jinoyat» so‘zi kabi insonga yoqimsiz eshitiladigan so‘z bo‘lmasa kerak. «Jinoyatchi», «jinoyat oqibatlari» kabi so‘zlar, jamiyatga zarar keltiruvchi kishilar va holatlarni kishi ko‘z oldida gavdalantiradi. Jinoyat tushunchasi va u haqida so‘zlashdan oldin bir hikoyatni keltirib o‘tishni joiz topdik.
    Hikoyat: Qilgan gunohlarini arz etib, tavba-tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikkinchisi esa qirq-qirq beshlarga kirgan o‘rta yoshli xotin edi.Yosh xotin o‘zining zo‘r gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qayg‘urardi. O‘rta yoshli xotin esa o‘zini xudojo‘y xotin hisoblab, ba’zi mayda-chuyda gunohlardan bo‘lak zo‘r gunoh qilmaganiga ishonardi va shuning uchun o‘z holidan mamnun edi. Chol ikki xotinni har biridan qanday umr kechirganini so‘radi.Yosh xotin ko‘zlaridan yosh to‘kib:
    - Men juda zo‘r gunoh qildim, erim bilan urishdim, qattiq – qattiq so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildim, - dedi. O‘rta yoshli xotin:
    - Men xudojo‘y xotinman, ehtimol ba’zi mayda - chuyda gunoh qilgan bo‘lsam kerak, bularni eslay olmayman, ammo zo‘r gunoh qilmaganimga ishonaman, mayda gunohlarga tavba qilsam bas, - dedi. Chol bularning so‘zlarini diqqat bilan tinglab, yosh xotinga: - Mana shu bog‘ning chetida ancha katta-katta toshlar yotibdi. Shulardan o‘zing ko‘tara oladigan bir toshni olib kel, - dedi. Xudojo‘y o‘rta yoshli xotinga:
    - Sen har qayerdan mayda toshlarni terib olib bir xaltaga solaver, xaltang to‘lgandan keyin olib kel, - deb, buyurdi. Xotinlar chol buyrug‘uni bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, o‘rta yoshli xotin esa bir xalta to‘la mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikkala xotinning toshlarini ko‘zdan o‘tkazgandan so‘ng ularga:
    - Endi keltirgan toshlaringgizni o‘z joylariga eltib qo‘yib, keyin mening yonimga qaytib keling, - dedi va mayda toshlar keltirgan o‘rta yoshli xotinga:
    - Sen har qaysi mayda toshni qayerdan olgan bo‘lsang, uni o‘z joyiga qo‘y, - deb alohida ta’kidladi. Xotinlar toshlarni olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qo‘yib, darrov chol yoniga qaytib keldi. O‘rta yoshli xotin esa har bir toshni qayerdan olganini bila olmay garang bo‘ldi. Chol har ikki xotinga qarata:
    - Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda bo‘ladi. Mayda gunohlarga e’tibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga o‘tamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, - dedi va yosh xotinga:
    - Sen og‘ir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana o‘z joyiga eltib qo‘yding. Shunga o‘xshash qilgan aybing, gunohingni unutmay qayg‘urding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutilding, - deb qo‘shimcha qildida, xudojo‘y xotinga: Sen mayda toshlar o‘rinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta-sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, ko‘rdingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bo‘lib, yig‘lab tavba qildi. Xudojo‘ylik amalsiz bo‘lsa, unga e’tibor berilmaydi. Kel, katta - katta gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh etmaslikka ahd qil, - dedi.
    Nuroniy cholning so‘zlari bu xudojo‘y xotinga qattiq ta’sir etdi. Yig‘lab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, axloq haqidagi pand-nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar. 23
    Hikoyatda gunoh deb berilgan ishlarni jinoyatga nisbatan tadbiq qilsak, mayda - chuyda huquqbuzarliklar oxir oqibat ijtimoiy xavfli qilmishga olib kelishini uqtiradi.
    Jinoyat deb qanday ishlarga aytiladi? Bu so‘z qachondan beri qo‘llaniladi? degan haqli savollar tug‘iladi. Jinoyat tushunchasi davlatning vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan. Ibtidoiy tuzum davrlarida urf-odatlarni buzish jinoiy jazo, davlatni majburlov chorasini keltirib chiqarmasdi. Jinoyat so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u davlatda qabul qilingan «qonun»ni buzgan odam ma’nosini anglatadi. Jinoyatning yuridik ma’nodagi ta’rifi ilk bor 1789 – yildagi Inson va fuqaro haq-huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasida berilgandi.
    O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat Kodeksida «Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi» deyiladi. «Ijtimoiy xavfli qilmish» deb qanaqangi ishlarga aytiladi? «Jinoyat Kodeks bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi». deyilgan.
    Jinoyatni boshqa bir huquqbuzarliklardan farqli belgilari bo‘lib bular quyidagilar:
    Jinoyatning birinchi belgisi - ijtimoiy xavflilik. Ijtimoiy xavflilik jinoyatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanib, aynan shu bilan u ma’muriy xatti-harakatdan farqlanadi.
    Jinoyatning ikkinchi belgisi - uning huquqqa xilofligidadir. Ushbu belgiga muvofiq u yoki bu qilmish, agar jinoyat qonunida uni sodir etish taqiqlangan bo‘lsa, jinoiy qilmish deb topilishi mumkin. Ayni paytda Jinoyat Kodeksida tegishli modda bo‘lmasa, mazkur qilmish jinoyat deb topilishi mumkin emas.
    Jinoyatning uchinchi belgisi - aybni mavjudligi. Uning mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy xavfli, jinoyat qonun bilan taqiqlangan qilmish faqat uni sodir etgan shaxsning aybi isbotlanganidan keyingina jinoyat deb hisoblanadi.
    «Adolat - davlatning bo‘zilmas poydevoridir» (Pindar).
    Jinoyatning to‘rtinchi belgisi uning jazolanishidan iborat.

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.