• Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, Mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, Shoir desak, shoirlarning sultonidir.
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet75/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana




    21-Mavzu: she’riyat mulkining sultoni – mir Alisher Navoiy


    Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
    Mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri,
    Shoir desak, shoirlarning sultonidir.35
    O‘zbek xalqining ulug' mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qo‘shgandir. Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiydek jahoniy zot "Xitoydan to Xuroson"gacha yoyilgan turkiy qavmlarni "yakqalam" qildi va shu bilan birga millatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy ravnaqiga buyuk ta'sir ko‘rsatdi.

    Tarjimai hol


    Bolalik davri


    Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko‘pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. "Nizomiddin" - din, diyonat nizomi degani bo‘lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir.
    Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma'lum emas. Alisherning bobosi Temurning o‘g'li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan ekan.
    Zamondoshlari uning haqida ko‘pincha "Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. "Nizomiddin" - din, diyonat nizomi degani bo‘lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, "mir" - amir demakdir. Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma'lum emas. Alisherning bobosi Temurning o‘g'li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan ekan.
    Buyuk shoir o‘z asarlarida o‘z asarlarida bu qutlug' dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot to‘g'risidagi ba'zi ma'lumotlarni esa uning zamondoshlari o‘z kitoblarida beradilar.
    Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Kichiklik chog'idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. Uch-to‘rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she'rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so‘ng uni maktabga berdilar. U bo‘lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o‘qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.
    1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo‘lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma" ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o‘tiradi, notinchliklar bosiladi. G'iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi . Alisher esa o‘qishini davom ettiradi . Maktab yosh Alisherni she'riyat , adabiyot olamiga olib kirdi . Bo‘lajak shoir Sa'diy Sheroziyning " Guliston ". " Bo‘ston ", asarlarini , Farididdin Attorning " Mantiq ut - tayr "("Qush mantig'i ") ni so‘ngsiz ishtiyoq bilan o‘qidi .Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning o‘y - xayolini tamom egallab oladi . "Mantiq ut-tayr" xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘ldi. Umrining so‘ngida esa "Lison ut-tayr" ("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. "Lison ut-Tayr" garchi turkiy tilda yozilgan bo‘lsada, Navoiy uni Foniy taxallusi ostida e'lon qildi. Bo‘lajak shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qir edi.
    1453-yilda Alisherning otasi G'iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do‘st - Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she'r yod olganini aytdi. She'r shunchaki nutq o‘stirish emas, ma'rifat, tafakkur mashqi ham edi.
    Navoiy 15 yoshlarida o‘z she'rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, she'rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o‘z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she'r o‘qishni iltimos qiladi. Alisher o‘zining:

    Orazin yopg'och, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,


    Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg'och quyosh.

    matla'i bilan boshlanadigan g'azalini o‘qiydi. She'rdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: "Valloh, agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zumning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming baytimni shu g'azalga almashtirardim va buni o‘zimning katta yutug'im deb hisoblar edim". Bu turkiy (o‘zbek) she'riyatiga juda katta iste'dod kirib kelayotganidan nishona edi.


    1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho‘ng'ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi. Do‘stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini ta'qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog'alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G'aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste'dodli shoirlar edi.
    Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy - "Mahmud Nuran" deb e'zozlagan bu mashhur shoir va olim o‘zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa'diddin Koshg'ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o‘sha yerda yashar edi.
    Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Nihoyat , Samarqand o‘z go‘zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi . Shoir uni " firdavsmonand "( jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon " gardi fano " o‘ltirmasligini - zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 - 1466-yillarda uning muxlislari she'rlarini to‘plab, "devon" tuzadilar. Bu kitob bugun "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir.
    1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun bo‘lgan jangda Abusaid halok bo‘ladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qo‘lga oladi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.

    Davlat va jamoat arbobi


    Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo‘lib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g'oyat nozikta'b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo‘lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib, Husayn Bayqaroga bo‘lgan ixlos va muhabbatigina uni iste'fo berishdan saqlab turar edi.Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko‘plab g'alayonu qon to‘kishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi.


    Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko‘rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug' amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo‘ldi. Ulug' amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta'mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.

    Ijod og'ushida


    Alisher Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she'r yozishni to‘xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag'bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh usayn Bayqaroning o‘zi unga rahnamolik qildi. Ulug' shoirning ilk she'riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsalar, birinchi devoni - "Badoe ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi.


    1485-1486-yillarda ikkinchi devon - "Navodir un-nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta'min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan "Xamsa" yaratish edi.
    Nizomiyning "Panj ganj" nomi bilan tarixga kirgan "Xamsa"si 5 masnaviydan tashkil topgan edi:
    "Maxzan ul - asror" ("Sirlar xazinasi"), "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Hayf paykar"("Etti go‘zal"), "Iskandarnoma". Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o‘z dostonlarini "Matla ul-anvor" ("Nurlar boshlanishi"), "Shirin va Xusrav", "Majnun va Layli", "Hasht behisht"("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy" (Iskandar oyinasi) deb ataladi.
    1483-yilda o‘z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo‘r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoe' ul-vaqoe'"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko‘pdan hal bo‘lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo‘lishini ko‘pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi.
    Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo‘ldi! Aslida - biz muridmiz, siz - hammasiga pirsiz", der edi.
    Endi Sulton Husayn Alisherdan so‘radi: - Pir nima-yu, murid nima?
    Alisher javob berdi:
    - Pirning tilagi - muridning tilagi bo‘lishi kerak.
    - Shunda Sulton Husayn o‘zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag'on edi.
    Sulton Husayn aytdi:
    - Siz murid, men murid bo‘ladigan bo‘lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
    Alisher noiloj otga minishga majbur bo‘ladi . Ot g' oyat asov bo‘lib , shohdan boshqani o‘ziga yaqinlashtirmas edi . Alisher oyog'ini uzangiga qo‘yishi bilan ot tipirchilay boshladi , Sulton Husayn otiga o‘shqirdi , ot itoat qilib , Alisherning minishini kutdi . Alisher egariga o‘tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi . Alisher hushidan ketdi . Uni egardan ko‘tarib oldilar . Tarihda bunday hol ko‘rilmagan edi . Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi .
    1480-1490- yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo‘ldi . Shoir " Xamsa " dan keyin ko‘p o‘tmay , ketma - ket nasriy kitoblar yaratdi . U 1488-yilda yozgan "Tarixi mulki ajam" ("Ajam shohlar tarixi") shularning biri edi. Bu asar "Muhokamat ul-lug'atayn"da "Zubdat ut-tavoxir"("Tarixlar qaymog'i") deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar.
    Navoiy ularga bag'ishlab "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri "Xazoin ul maoniy" ("Ma'nolar xazinasi")ni tuzish bo‘ldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she'riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she'rlarini qamrab olgan edi.
    Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo‘lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini "G'aroyib us-sig'ar"("Yoshlik g'aroyibotlari") deb atadi.
    Hayotining so‘nggi yillari 1490 - yillarning boshidagi og'ir yo‘qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo‘lish Navoiyga qattiq ta'sir etdi.
    1498- yilda Alisher Navoiy " Majolis un - nafois " ni qayta ko‘zdan kechirib , to‘ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi . Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan " Mantiq ut - tayr " ga javob yozadi. " Lison ut - tayr " Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir . Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to‘plab, " Munshaot " tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo‘lib , ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo‘llangan.
    Alisher Navoiy she'r yozishda 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘z ishlatgan. Boisi, faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g'ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
    Shoirning 1500- yilning oxirlarida yozib tugatgan " Mahbub ul - qulub " asari uning eng so‘nggi asari bo‘lib qoldi . Navoiy 1501- yilning 3- yanvarida vafot etadi . Butun halq - shohda gadogacha , olimdan cho‘pongacha , shoirdan dehqongacha ulug' farzandining o‘limiga qayg'u va iztirob bilan motam tutadi.
    Buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig’ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ko‘rish mumkin. Shu jumladan ulug’ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy xotirasiga Moskva, Tokiyo, Boku va Kiyev shaharlarida muhtasham haykallar o‘rnatilgan.36




    Download 7.62 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.