To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




Download 7.62 Mb.
bet78/112
Sana18.10.2022
Hajmi7.62 Mb.
#27443
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
MANAVIYAT SOATI 2022-2023
STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
Missionerlik (missiya – lot. yuborish, topshiriq) – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish demakdir. IV – asrda paydo bo‘lgan bu harakatning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ish olib borayotgan ko‘p sonli cherkovlari bor. Musulmon tashkilotlari ham diniy missiyaga ega. Missionerlik boshqa dinlarda ham mavjud bo‘lsada, bu termin ko‘proq xristianlikka nisbatan ishlatiladi. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Dastlabki missionerlik tashkilotlaridan biri – London missionerlik jamiyati 1795 – yilda tuzilgan. 1815 – yilda ochilgan Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati Hindiston, Xitoy, Eronda ish olib borgan. 1824 – yilda esa Berlin missionerlik jamiyati tashkil topdi. Bu tashkilotlarning maqsadlari asosan uch nuqtaga qaratilgan:
- Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan G‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushirish.
- Xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otish, ishonch, e’tiqoddan yuz o‘girish va undan chiqishga olib kelish.
- Xristianlikni qabul qilganlarni e’tiqodida qattiq turishini ta’minlash va ularning safini «yangi xristianlar» bilan to‘ldirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun ular jon – jahdlari bilan ish olib borishmoqda. Xususan, moddiy yordam ko‘rsatish orqali yaxshi natijalarni qayd etishmoqda. Bunday harakatlari bilan ular o‘zlari haqida ijobiy xulosa yoki baho chiqarishga ega bo‘ladilar. Bepul xristianlikni targ‘ib qiluvchi mahalliy tilda chop etilgan, juda sifatli, rangli ishlangan kitob va jurnallarni tarqatish ham kutilgan samarani bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 120 dan ortiq milliy Bibliya jamiyatlari mavjud bo‘lib, ular 200 ta davlatda kitob tarqatish orqali o‘z faoliyatini olib boradi. Xristianlikka chaqiruvchi video – audio kassetalarni tarqatish ham zamonaviy usul sifatida taraqqiy etmoqda. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan eng yirik tashkilot «Global Rekording» tarmog‘i hisoblanadi. U 21 milliy agentlikni birlashtiradi, 4562 til va dialektda ovoz yozish (kasseta chiqarish) bilan shug‘ullanadi. Radio va televidenie orqali jonli eshittirishlarni uyushtirish va bu bilan aholini suhbatga chorlash ham besamar ketmaydi. Ko‘rgazmalar, sport musobaqalarini tashkil etish va bu tadbirlarda qatnashuvchilarga sovg‘alar berish so‘nggi paytlarda an’ana tusiga kirmoqda. Xullas, bu harakat tibbiy, ta’lim - tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish, yolg‘iz qolgan kishilarga chaqiruv maktublarini yo‘llash, yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish, missionerlik ruhidagi kutubxona, ingliz tili, kompyuter o‘rgatish klublarini tashkil etish, ularni xorijiy safarlarga yuborish, ish bilan ta’minlash, o‘z hududlariga sayohat qilgani kelganlar bilan ishlash singari minglab ta’sirchan usullarga egaki, bu mavjud xavf - xatarning doirasi naqadar keng ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Missionerlikda pulga ko‘proq muhtojlik sezadigan dunyo o‘quvchilariga alohida ob’ekt sifatida qarash allaqachon yaxshi natija berayotgani ma’lum. Yoshlar bilan ishlashning turli missiyalari mavjud bo‘lib, ulardan biri bolalar uchun xristian lagerlarini tashkil qilishdir. «Xalqaro xristian lagerlari» assosiasiyasining bugungi kunda 200 ga yaqin lagerlari mavjud. O‘zbekistonda ham ularning borligi kuzatilgan. Xususan, Nukusda «Emanuel» tashkiloti shunday lager tashkil qilgani uchun yopilgan.
Qozog‘istonda «Niva» lageri («Jatva» cherkoviga oid)da oxirgi 5 yil ichida 3000 nafar bola dam olgan. Ularning 80%i e’tiqod qilmaydiganlar oilasidan bo‘lgan. Lager dasturiga ko‘ra, lager mavsumi tugashiga borib (15 kun ichida), dam oluvchilarning yarmi Iso Masihni tan olgan! Missionerlik bilan faol shug‘ullanuvchi «Yehovo shohidlari» sektasida ta’sir etish mexanizmlari aniq va lo‘nda qilib ishlangan. Ular tarqatayotgan adabiyotlar didli, rangli va chiroyli manzaralar bilan tasvirlangan. «Jalb etuvchilar»ning ovoz ohanglari tinchlantiruvchi va mehrli sado aks etadi. Mutaxassislarning aytishicha, «Yehovo shohidlari» sektasi a’zolari jalb etishning 86 xil usulidan foydalanar ekanlar. Ular ko‘pincha birinchi va to‘rtinchi kurs o‘quvchilari, keksalar, ayniqsa, endigina nafaqaga chiqqanlar va yolg‘iz qariyalar, o‘z o‘rnini topishga intilayotgan o‘smirlar, kuchli stress (kasallik, yaqin odamining vafoti, ajralish va h.k.)ni boshidan kechirayotganlar, qochoqlar va ishsizlar bilan o‘z maqsadlariga osongina erishadilar. «Yehovo shohidlari» uyma - uy yurib, ochiqdan - ochiq o‘z dinlariga da’vat qilmoqdalar, o‘z dinlarini haqiqiy, boshqa dinlar esa botil ekanligi haqida oshkora gapirmoqdalar, adabiyotlar tarqatmoqdalar va moddiy yordam bermoqdalar. Cherkovlarda ma’ruzalar nihoyatda ta’sirli qilinadi, yangi kelganlarga nihoyatda katta e’tibor va hurmat ko‘rsatiladi. Bunday munosabat orqasidan cherkovlarga kelganlar o‘zlari uchun qandaydir ruhiy ozuqa olgandek bo‘ladilar, so‘ngra doimo o‘sha joyga intiladilar.

Download 7.62 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Download 7.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

Download 7.62 Mb.