• Tayanch so‘z va iboralar
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet80/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana




    24-Mavzu: “Bahor gullaridan yaralgan ona”




    Tayanch so‘z va iboralar: Ayol, ona, ibo, hayo, nafosat, eng ulug’ zot, jannat, ona rizosi, ayolga hurmat.

    Ayol” deb atalgan mo‘jizaning hali tom ma`nodagi ta`rifi o`lchovi va yarashiqli bahosi topilgani yo`q. Ayollik olamida yurgan ayolning o`zi ham o`zini tugal tanimaydi. Olis sayyoralar o`rganildi, etti qavat yerning siri oshkor bo`ldi, ammo ayol qalbidagi ochilmagan necha-necha qit`alar shundayligicha qolib bormoqda. Ruhiyatida, imkonlarida ko`zi ochilmagan ming bir buloqlarning, qalbida sonsiz xazinalarning, bag`rida dahshatli vulqonlarning mavjudligini bilmagan ayol siniqqina qadam bosadi. Sokingina beshik tebratadi. Nim ta`zim bilan xushbo`y saboday ohista va sharpasiz yoningizdan o`tib ketadi. Shikasta ovoz bilan sizdan hol so`raydi, uning etaklarining nim ovoz, mayin shildirashidan atrofingizda jannatiy havolar yaraladi. Bir so`zi bilan bor bo`lasiz, bir so`zi bilan yo`q…37


    Darhaqiqat ayol ruhiyati va uning olami to‘lasincha o‘rganilgan emas, bu haqiqatni afsus-ki biz erkaklar emas, ayollik dunyosining vakilasi Tursunoy onamiz o‘ziga xos odob, aql-idrok bilan anglatgan. Biz erkaklar o‘z qiziqish, muammolarimiz bilan yonimizda biz bilan hayot deb atalmish kemada birga borayotgan yo‘lovchini to‘la bilmasdan bormoqdamiz. Ayolga hurmatimiz cheksiz deb, uning latofati-yu, go‘zalligini ta’riflab bitilmagan she’rlar, yozilmagan dostonlar, aytilmagan so‘zlar, o‘xshatilmagan gullar qolmadi. Zaifaligini angladik… anglaganda ham shunchalar angladik-ki, uni haqorat, xo‘rlanishlarga matonat ila chidashga mahkum qildik.
    Muborak hadislarda aytilgan “Ayollarga erkaklar o‘z tug‘ishgan opa-singillari kabi munosabatda bo‘lishlari kerak”.
    Yuqoridagi hadisga qarang, ayol sizga yetti yot begona bo‘lsa ham, mavqei tug‘ishgan singlingiz darajasida ko‘rilmoqda. Xo‘sh singil kim? Singil tabiatan erkak jigariga, ayniqsa, akaga o‘ta bog‘langan bo‘ladi. Har “aka” deganda bag‘rida tog‘lar o‘sadi. Shu birgina so‘z uning jami kamini to‘ldirib turganday tuyiladi. Boy akami, kambag‘al akami, baribir unga intilaveradi. Bu aka akalikni qotirib joyiga qo‘ymasa ham, bundan singil o‘ksib yursa ham, bir – bir yig‘lab oladi–da, jigarini yana qidirib kelaveradi.38
    Ayol kim o`zi?
    Ayolsiz uy-tun. Ranglar yo`qoladi. Atrofingiz beshakl.
    Gullarning hidini tuyasizu o`zini ko`rmaysiz. Feruza osmon yo`q. Ko`ksingizni yayratgan qushchalar berkingan ko`zingizni yashnatgan chechaklar yumilgan. Bu kamlikdan, bu yarimlikdan, bu huvillashdan yuragingiz jo`njikadi.
    Hadislarning birida shunday deyiladi: “Ayol kishi erkak kishining chap qovurg‘asidan yaratilgandir. Agar sen egri qovurg‘ani to‘g‘irlamoqchi bo‘lsang sindirib qo‘yasan. Bas, u bilan murosa qil, shunda birga yashay olasan.”
    Donishmand Avgustin: “Agar ayol erkak ustidan hukmronlik qilish uchun yaratilgan bo‘lganida, uni erkakning boshidan yaratgan bulardi. Agar erkakning quli sifatida yaralganida, uni erkakning oyog‘idan yaratgan bo‘lar edi. Xudo ayolni erkakning teng huquqli do‘sti, yori sifatida yaratgani uchun ham uni erkakning qabirg‘asidan, yurakka yaqin joyidan yaratdi” kabi o‘zining dono fikrini bildirgan edi. Ayollarni faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odamlar xorlaydi. Hadis
    Keltirgan hadisimizning “ayollarni faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi” jumlasiga e’tibor qiling. Ahli ayoliga izzat – ikrom ko‘rsatadigan erkaklar juda ko‘p. Ammo yaxshi ayollarninggina hurmatlanishi hali katta savob emas. “Kosaning tagida nim kosa” deganlariday, bu hadisda nozik bir ishora, ya’ni “ko‘nglingdagiday bo‘lmagan ayolingni ham hurmat qila bil” degan ma’no yotadir!39
    Bir hikoyat: Bir odam ayolining fe’lidan obdan to‘yibdi – da, undan ajralish uchun payg‘ambarimiz Janob Rasulullohdan maslahat so‘ragani boribdi. Hovlilariga yaqinlashganda dong qotibdi: ichkarida bir ayol chunon xunuk ovozda va chunon xunuk so‘zlar bilan birovga jahil qilardi. Holatdan ma’lum bo‘ladiki, bu gaplarni payg‘ambarimizga ayoli aytyapti ekan. Zabunligi yanada ortgan haligi odam endi qaytib ketaman deb tursa, eshik ochilib, xomush holda payg‘ambarimiz s.a.v ko‘rinibdilar. Undan nega kelganini so‘rabdilar. U kishi “Ahvolotim mana bunday, ammo sizning kuningiz mening kunimdan ham yomon ekan”, - debdi ming afsus bilan. Shunda Janobi Rasululloh kulimsirab, uni yonlariga o‘tqizib: “Hamisha eslab yurki, ayol aziyat bilan farzand ko‘radi, tarbiyalaydi. Taom tayyorlab, yaxshi joyini bizga ilinadi, usti – boshimizni yuvib, xizmatimizni qiladi, endi biz ham uning shunchalik fe’liga sabir qilamiz-da!” – degan ekanlar. Ammo erini dilini sindiraveradigan ayol kechiriladi degani emas. Uning jazosini Allohning o‘zi beradi. Bu yerda ibrat payg‘ambarimiz s.a.v ning uni xafa qilayotgan ayolidan ham fazilat qidirishi va yaxshilarni eslab turib, ayolini kechirishga o‘zini ko‘ndirishidir. Do‘stlik nazari shu.40

    Download 7.62 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.