• «Maqsadlar - 2010»
  • To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi




    Download 7.62 Mb.
    bet85/112
    Sana18.10.2022
    Hajmi7.62 Mb.
    #27443
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
    Bog'liq
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023
    STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
    Guruh




    Sana






    28-Mavzu: Axloq, ekologik madaniyat.


    Tayanch so‘z va iboralar: Axloq, ekologiya, zamin, havo, suv, isrof, Avesto, atrof –muhit, BMT, ekologik harakat, bio xilma – xillik.

    Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir.


    Axloq - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) xulq haqida «Mezon tarozusiga qo‘yiladigan amallarning ichida yaxshi xulqdan og‘irroqi yo‘qdir. Mo‘min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro‘za tutib ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar» deb hadis qoldirgan.
    Hech shubha yo‘qki, xalqlarning o‘z xususiyatlarini saqlab qolishlarida axloq asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barcha ulamolar va faylasuflar bir ovozdan yolg‘iz kishilarning va barcha jamiyatlarning foydasi uchun axloq nihoyatda zarur, deganlar. Shuning uchun - insonlar jamiyatni isloh qilishga uringan barcha faylasuf va hukmdorlar yaxshi axloqlarga alohida e’tibor berganlar. Ulardan ba’zilari axloq har bir jamiyatning asosidir, deb juda ham to‘g‘ri aytgan. Shuning uchun ham barcha payg‘ambarlar kishilarni yaxshi axloqlarga chorlaganlar. Qur’oni Karim bu masalaga alohida e’tibor bergan, chunki axloq oxirat ne’matlariga yetkazuvchi asosiy narsalardan biridir. Bu haqiqatni musulmon bo‘lmaganlar ham tan olishgan. Misol tariqasida doktor Gustav Loboning quyidagi so‘zlarini olish mumkin: «Qur’ondagi axloq asoslari boshqa barcha din ta’limotlaridan ustun turadi». Biz yoritmoqchi bo‘lgan mavzumiz aynan axloq emas, balki axloqni ekologik madaniyat darajasidagi ko‘rinishi to‘g‘risida.
    1866 yilda nеmis biologi o‘z ilmiy asarlarida birinchi bo‘lib “ekologiya” atamasini fanga kiritib, uning ma’nosini tirik organizmlarning o‘zaro va ularning yashash muhiti bilan bog‘liqligini o‘rganuvchi ta’limot sifatida ifodalaydi.
    Ekologiya atamasi yunoncha “oikos” – turar joy, yashash muhiti, uy, - “logos” – ta’limot dеgan ma’noni bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.56
    Inson taraqqiyotning boshlarida tabiatning bir qismi bo‘lib, atrofidagi yovvoyi hayvonlar hamda o‘simlik dunyosidan ajralmasdan yashadi. Inson va jamiyat rivojlana borgan sari uning tabiatga ta’siri ko‘chayib bordi. Endi u tabiatning turli kuchlaridan (suv, olov, chaqmoq, shamol va h.k) qo‘rqmasdan qo‘ydi, balki, bu kuchlarni o‘ziga bo‘ysundirish darajasiga yetdi. Hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, samalyot, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h. k. Telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
    Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi.
    XX-asrning o‘rtalariga kelib Markaziy Osiyo mintaqasining geografik talablari qo‘pol ravishda buzildi. «Paxtachilikni ko‘tarish» bahonasida respulika tuprog‘iga fan tavsiyalaridan 10-20 barobar ko‘proq, million tonnalab zaharli o‘g‘itlar kiritilgan. Ming yillar davomida shakllangan suv balansi, quriq va bo‘z yerlarning Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, Janubiy Turkmaniston cho‘llari va boshqalarning o‘zlashtirilishi natijasida O‘zbekiston tabiati kechirib bo‘lmas zarbaga uchragan va shu sababli Orol dengizi suv bilan ta’minlanmay quriy boshlagan.
    Orol dengizi muammosi - eng og‘ir va murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolardan biri, dunyoda o‘z hajmi va kattaligi bo‘yicha 4-o‘rindagi (Kaspiy dengizi, Shimoliy Amirekadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin) ko‘lining halok bo‘lishining oldini olish jaryoni. Orol dengizi muammosi - insonning tabiatga aksiltabiiy, g‘ayriilmiy va manmanlik bilan munosabatining yorqin misoli. O‘ttiz million yil davomida qalqib yotgan buyuk ko‘l, tabiatning insonga, Markaziy Osiyo xalqlariga haqiqiy in’omi, o‘ttiz yil ichida (1957-1987 yillar) Yer kurrasining go‘zal chehrasida ekologiyani mensimaslik natijasida paydo bo‘lgan yaraga aylandi: Orol dengizining atrofi cho‘l-sahroga aylana boshladi, uning qurigan qismidan shamol kuchi bilan ko‘tarilgan qum to‘zoni va tuz chang million-million gektar yerlarni ko‘plab, hatto Erongacha uchib yetib bormoqda57.
    Bunday ekologik xavf-xatarlarga duchor bo‘lishligimiz ekologik madaniyatdan bexabarligimiz sabab, zero biz qadimda tabiatga, hayvonot olamiga hurmat bilan yondoshgan zaminda yashaymiz. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yeru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Odam olamdan o‘tgandan so‘ng uning jasadini yerni iflos qiladi deb, yerga ko‘mishmagan, olovda kuydirishmagan, suvni bo‘lg‘aydi deb, suvga yaqinlashtirmagan. Jasadni maxsus ajratilgan qoyalarga etib qoldirishgan, qushlar, hayvonlar etini yeb bitirgach suyaklarini maxsus idishlarga solib saqlashgan. Avestoda ozodalik, tozalik gigienik tushunchadan axloqiy va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik – ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi kerak.
    Bularning hammasi «Avesto»da ekologik axloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham mavjudligini ko‘rsatadi.
    Xalqimiz suvni e’zozlashgan, unga tupurish, chiqindilarni tashlashga or qilishgan. Biroq zamonlar o‘tishi davomida «suvtekin», «suvdek serob» kabi qarashlar paydo bo‘lib, suvdek xudoning ne’mati isrof qilinishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
    Islom dinida ham atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga da’vat etilgan. Qur’oni Karimning «Arof» surasi 30-oyatida: «Alloh bergan rizqdan yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar. Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi» deyiladi. Tabiatga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishga doir fikrlar hadislarda ham bildirilgan. Jumladan:
    - «Daryo oldida tahorat qilsang ham suvni tejab ishlat»;
    - «Har qanday isrof qilish - haromdir»;
    - «Tangri jonzodlarga ozor berganni hushlamaydi»;
    - «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajir savobi ato etilur»;
    - «O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
    1. Nafsu havoga berilib yo‘ldan ozishdan.
    2. Nafsoniy va shaxvoniy hissiyotga berilib ketishdan.
    3. Ilmu ma’rifatga ega bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishidan».
    Ota-bobolarimiz ko‘cha va yo‘llarda yurishganda yo‘l ustida yotgan cho‘p, tosh va boshqa buyumlarni yo‘l chetiga olib tashlab o‘tishgan. Afsuski, odamlar orasida ko‘chada yurganda, jamoat joylarda mahsulot qoplamalarini tashlash, tupurish, burun qoqish kabilar odat tusiga kirmoqda. Yo‘l-yo‘lakay nosu sigareta chekib, to‘g‘ri kelgan joyga tuflab yoki sigareta qoldig‘ini tashlab ketaverish o‘ta madaniyatsizlik va zararkunandalikdir. Albatta ekologik madaniyatimiz ish, uy, hovli - joyimizni toza tutishimizda namayon bo‘ladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir ... Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi»58, - deb ko‘rsatgan edi. Ushbu asarda mamlakatimizga xavf solayotgan ekologik muammolar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
    1. Yerning cheklanganligi va sifat tarkibi zaharlanishi;
    2. Suv zahiralarining taqchilligi va ifloslanganligi;
    3. Orol dengizining qurib borish xavfi;
    4. Havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi;
    Keyingi yillarda atmosferada «issiqxona hodisasi» hosil qiluvchi gazlar ko‘payib borayotgani haqida bot-bot gapirilmoqda. Ya’ni Yer yuzida haroratning koinotga yutilishi jarayoni sekinlashib, iqlim yildan-yilga sezilar-sezilmas darajada isib bormoqda. Oqibatda, atrof-muhit tozaligi, tabiat musaffoligi va salomatlik mavzusi jahon afkor ommasining e’tiboridagi eng dolzarb muammoga aylanib borayotir. Birgina oxirgi o‘n yillikni olib qaraydigan bo‘lsak, bu davrda havo harorati yiliga o‘rtacha 0,4-0,6 darajaga oshib borgani qayd etilgan. Bir qarashda, bu juda ham arzimas miqdor bo‘lib ko‘rinadi. Ammo, umumjahon miqyosida ana shu kichik ulushning ta’sirida abadiy muzliklar erib, okeanlar sathi 10-25 santimetrga ko‘tarilgan. Quruqlikdagi hududlarda esa qurg‘oqchilik va sahrolanish jarayoni kuchaygan.
    Statistika ma’lumotlariga qaraganda, hozir dunyo bo‘yicha 800 – 900 million dona atrofida turli rusumdagi avtomobil ro‘yxatga olingan. 2020 yilga borib esa raqamlar 1,8 - 2,5 milliard donaga etishi taxmin qilinmoqda. Yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanadigan mazkur texnika vositalari bizni o‘rab turgan atrof-muhit va aholi sog‘ligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Chunki bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 4 tonna kislorodni zaxarlaydi. Uning tutun murisidan 800 kilogramm uglerod oksidi, 40 kilogramm azot oksidi va yana 200 kilogramm miqdorida boshqa turdagi zararli moddalar atrof-muhitga tarqaladi. Birgina AQShda 150 million donadan ortiq avtomobil ro‘yxatga olingan bo‘lib, mashinalardan havo zaharlanishining dunyo bo‘yicha 40 foizi shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu misollarni bejiz keltirmadik. Gap shundaki, avtomobillar murisidan chiqayotgan bug‘ gazlari atmosferaga issiqlikni saqlagan holda tarqalmoqda va sayyoramizda shusiz ham jadallashayotgan havo haroratining isishiga turtki bermoqda. Sanoatning jadal rivojlanishi va transport vositalarining ko‘payib borayotgani bois atmosferaga chiqayotgan karbonat angidrid gazi miqdori oshmoqda. Masalan, eng ekologik toza mahsulot hisoblangan gazning yonishini olib ko‘raylik. Mutaxassislarning fikricha, bir kilogramm tabiiy gaz yonishidan 2,75 kilogramm karbonat angidrid va 2,25 kilogramm suv bug‘i hosil bo‘ladi. Bir yilda dunyoda o‘rtacha 2,2 trillion kub tabiiy gaz va 3,5 milliard tonna neft yonadi.
    Yoqilg‘i moddalar yonishi uchun g‘oyat katta miqdorda kislorod sarf bo‘lishini hammamiz yaxshi tushunamiz. Chunonchi, bir kilogramm metan yonishi uchun atmosferadan 4 kilogramm miqdorida kislorod sarflanadi. Jahon bo‘yicha bu raqamlar yiliga 11 milliard tonnani tashkil etadi. Bir kilogramm benzinning yonishi uchun atmosferadan 3,5 kilogramm kislorod sarf etiladi. Bir kilogramm ko‘mirning yonishi uchun bundan-da ko‘proq kislorod o‘zlashtiriladi. Ko‘rinib turibdiki, jamiyatning bu kabi ehtiyojlari uchun har yili 35 milliard tonna kislorod sarflanadi.
    Xitoy dunyoda o‘z sanoati uchun eng ko‘p toshko‘mir ishlatadigan mamlakatlardan biri sanaladi.
    Ko‘mirning yonishida eng ko‘p kislorod zarur bo‘lishini hisobga olsak bu yerda atmosferaga zararli gazlar chiqish miqdori boshqa mamlakatlarga nisbatan anchagina ko‘pligi ma’lum bo‘ladi.
    Oxir-oqibat XXI asrga qadam qo‘yishimiz bilan Yer yuzidagi okeanlar hududlari kengayishi va muzliklarning erishi natijasida dengizlar sathi 28-58 santimetrga ko‘tarildi. Bu esa qirg‘oqbo‘yi hududlarining suv ostida qolishi va tuproq qatlamining yuvilishiga olib keldi.
    A gar havo haroratining ko‘tarilishi sababli muz tog‘larining erishi shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, 2100 yilda mazkur ko‘rsatkich bir metrgacha yetishi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda Antarktida va Grenlandiyadagi muzli hududlarning sarhadlari qisqarib borayotgani haqida aniq ma’lumotlar bor. Masalan, bundan 125 ming yil ilgari qutb muzlarining erishi tufayli dengizlar sathi 4 – 6 metrgacha ko‘tarilib ketgan ekan. Masalaning naqadar dolzarbligini so‘nggi yillarda bu mavzuda tashkil etilayotgan katta-katta anjumanlar misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, 2010 yilning may oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasining 18-sessiyasi o‘tkazildi. Unda tog‘ – kon sanoatini, ekologik sof transportni rivojlantirish, kimyoviy moddalardan foydalanish hamda chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi. Komissiya doirasida XXI asrda transport bilan bog‘liq munosabatlarni yaxshilash borasida munozara bo‘lib o‘tdi. Jumladan, turli davlatlardan kelgan mutaxassislar arzon, iqtisodiy jihatdan tejamli, ekologik sof transport tizimlarini yaratish yo‘llarini muhokama qilishdi.59
    Xalq so‘zi gazetasining 2010 – yil 2 – dekabr 232 – sonida Shavkat Ortiqovning “Bioxilma – xillikni asrash ona-tabiat oldidagi muqaddas burchimizdir” nomli maqolasida berilgan quyidagi mulohazalarni keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq topdik.
    1993 – yilda BMTning bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha xalqaro konvensiyasi rasman kuchga kirgandi. Mazkur hujjat 192 davlat tomonidan ratifikasiya qilingan bo‘lib, unga asosan, biologik turlarni muhofaza etish, tabiiy zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitni asrashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bosh maqsad qilib olindi. 2002 – yilda ushbu huquqiy hujjatga tayangan holda «Maqsadlar - 2010» strategik rejasi ishlab chiqildi. Ya’ni shu yo‘l orqali ma’lum bir vaqt mobaynida flora va faunaning yo‘qolib ketish sur’atlarini kamaytirishga erishish nazarda tutilgandi. BMTning “Global Biodiversity Outlook” (“Global bioxilma-xillik istiqbollari”) nomli hisobotida keltirilishicha va’dalar va’daligicha qolib ketdi. 2010 – yilga qadar hal etilishi zarur bo‘lgan qator masalalar amalda ijobiy yechimini topmagan. Boz ustiga, shu sohada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan davlatlarning 20 foizi bildirilgan ishonchni oqlolmaganliklarini tan olgan.
    BMT bosh kotibi Pan Gi Munning fikriga ko‘ra, bugungi kunda sayyoramiz nabotot va hayvonot olamini saqlab qolish jar yoqasiga kelib qolgan. Asosiy muammo o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi, tuproqning kuchsizlanishi, hayvonlarning yashash muhiti o‘zgarishi bilan bog‘liq. Xullas, o‘zimiz o‘tirgan shohga o‘zimiz bolta urayapmiz.
    Biosferani saqlash bugun nafaqat shu sohaga mas’ul kishilarning, balki barcha-barchaning muqaddas burchidir. 2006 – yilning dekabr oyida BMT tomonidan “2010 – yil – Bioxilma-xillikni asrash yili” deb e’lon qilingandi. Hozirgi kunda hayvonlar va qushlarning yo‘qolish xavfi me’yoridan 50-100 martaga tezlashgan bo‘lib, ushbu salbiy holat yaqin kelajakda yanada ortishi mumkin ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda floraning 34000 ta va faunaning 5200 ta turi yo‘qolish xavfi ostida. Bunda tabiiy hududlarni me’yoridan ortiq o‘zlashtirish, o‘rmonlarning qisqarib ketishi, botqoqliklarning qurishi, marjon qoyalar va boshqa ekotizimlarning yo‘qolib borishi asosiy omil bo‘layotir.
    Ilm-fanga taxminan, 60 ming turdagi umurtqali, 1,2 mln. xil umurtqasiz, 300 ming turdagi o‘simlik, 30 ming turdagi qo‘ziqorin hamda lishayniklar (suv o‘tlari bilan yagona hosil qilib yashovchi zamburug‘lar) nomi ma’lum. Demak hammasi bo‘lib 1,5 mln. xil. Mana shular dunyoning bioxilma-xilligini tashkil etadi. Ularning qatoriga bakteriyalarni qo‘shganimiz yo‘q. Bu mitti zarralar ham hayotimizning bir bo‘lagi hisoblanadi. So‘nggi paytlarda olib borilgan genetik tekshirish natijalarida bakteriyalarning turi 10 mln. tagacha yetishi aniqlangan. Umuman olganda, odamzod tafakkuri sayyoramiz hayvonot va nabotot olamining 10 foizinigina kashf etgan. Qolganing nomi esa biz uchun hozircha noma’lum. 2010 – yilning oktabr oyi oxirida Yaponiyaning Nagoya shahrida BMTning bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha konventsiyasiga a’zo mamlakatlar ishtirokida o‘tkazilgan yirik konferentsiyada ham shu jihatga alohida urg‘u berildi. Unda delegatlar “Maqsadlar – 2020 strategik rejasini qabul qildilar.
    O‘rta Osiyo mintaqasidagi, xususan, O‘zbekistondagi ekologik muammolar yechimida ushbu mintaqa mamlakatlarining hamkorligi katta ahamiyatga ega.60
    2010 – yil 5 – aprel kuni Bilashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U mintaqamizga oid dolzarb masalalarga doir yurtboshimizni fikrlarini tinglab, ulardan eng asosiysi Orol fojiasi va Markaziy Osiyo mintaqasida suvdan foydalanish borasida yuzaga kelgan ko‘plab muammolarni tartibga solish masalalari eng muhim ekanligiga jahon ommasini e’tiborini qaratish lozimligini ta’kidladi. BMT bilan O‘zbekiston hukumati ushbu muammolarni bartaraf etish borasida ko‘plab kelishuvlarni imzolashdi.




    Download 7.62 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




    Download 7.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’raqo’rg’on qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji Axborot -resurs Markazida 2- filial bilan birgalikda Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi

    Download 7.62 Mb.