• INSIATSIYA
  • Toshken tibbiyot akademiyasi




    Download 2.11 Mb.
    bet2/4
    Sana24.02.2023
    Hajmi2.11 Mb.
    #43435
    1   2   3   4
    Bog'liq
    biologiya (2)
    9.1-semenar, Karimova Nasiba iqtisod nazariyasi (2), Dekanat 11-15 amaliy MB, My future profession is surgeon, 12-dars.Vitaminlar amaliy

    Initsiatsiya.

    • Faollangan aminokislotalarni t-RNK ribosomaga olib keladi. t-RNK o'zining i-RNK (kodon)ga mos keladigan nukleotidlari bo'lgan qismi (antikodon) bilan birlashadi. Shunday qilib, i-RNK, ribosomaning kichik bo'lagi va t-RNKlardan iborat bo'lgan bog'lam hosil bo'ladi. Bu bog'lamning hosil bo'Iishida bakteriyalarda inisiatsi- ya kodonlaridan (AUG, GUG, UUG) bittasi hamda inisiatsiya bosqichining fermentlari F l, F2 va F3 ishtirok etadi. F1 - ribosoma, i-RNK va t-RNKlarning bir-biriga bog'lani- shini, F2 esa bu bog'lamning mustahkamligi va turg'unligini ta'minlaydi. F3 80S ribo- somani 50S va 30S ribosomalarga ajratadi Uchlikdan iborat bo'lgan bog'lamning hosil bo'Iishida t-RNKning formilmetionin aminokislotasini tashuvchi maxsus turi qatnashadi. Bu UAS nukleotidli t-RNK (antikodon), i-RNKdan (kodon) o'ziga mos keladigan nukleotidlarni (AUG) qidiradi va shu nukleotidlarni topib unga bog'langach, ribosomaning katta bo'lagiga mustahkam birlashadi. Shundan keyin oqsil sintezi boshlanadi.

    INSIATSIYA

    Elongatsiya.

    • Ribosomada aminokislotalar bir-biriga ketma-ket birika boshlaydi. Ribosoma i-RNK bo'ylab 5' — *■ 3' tomonga qarab harakat qiladi. t-RNK olib kelgan aminokislotalar o'zaro birlashib, oqsilning polipeptid zanjirini hosil qila boshlaydi. Ribosomaga keltirilgan aminokislotalar dastlab ribosomaning katta 50S bo'lagidagi aminoatsil (A) markaziga kelib turadi. Keyin esa uning peptid (R) markaziga o'tadi va aminokislotalar o'rtasida peptid bog'i hosil bo'la boshlaydi. Bo'shagan A markazga yana boshqa aminokislota keladi. Aminokislotaning ribosomadagi A markazga birlashuvi maxsus T ferment yordamida amalga oshiriladi.

    Aminokislotalarning o'zlariga mos kelgan t-RNKga birlashuvi rekognisiya (mos kelishi) deb ataladi. Bu jarayon murakkab bo'lib, maxsus fermentlar yordamida amalga oshiriladi. Awalo aminokislotaning COOH guruhi faolligi oshiriladi, ya'ni H o'rniga adenil kislotasi birlashadi va aminoatsiladenilat hosil bo'ladi, bunday faollashgan va energiya bilan boyigan aminokislota t-RNKning oxiri ASS adenilin nukleatid qismiga birlashadi. Bu jarayon maxsus ferment aminoatseladenilat t-RNK-sintetaza yoki kodaza fermenti ishtirokida boradi. Kodaza fermenti bir vaqtning o'zida t-RNK, ATF hamda aminokislotaga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Natijada kodaza fermentining "bilish marka- zi" o'zining t-RNK sini topadi, "katolitik markaz"ida esa aminoatsiladenilat va t-RNK bog'lami hosil bo'ladi.


    Download 2.11 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2.11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshken tibbiyot akademiyasi

    Download 2.11 Mb.