• Oqsil biosintezining boshqarilishi
  • Toshken tibbiyot akademiyasi




    Download 2.11 Mb.
    bet3/4
    Sana24.02.2023
    Hajmi2.11 Mb.
    #43435
    1   2   3   4
    Bog'liq
    biologiya (2)
    9.1-semenar, Karimova Nasiba iqtisod nazariyasi (2), Dekanat 11-15 amaliy MB, My future profession is surgeon, 12-dars.Vitaminlar amaliy, 3-Mustaqil ta'lim (1), 3-MI, komlp tashkilk etish афтш, metodlar, NYU YORK FOND BIRJA (1), Mavzu Shaxsiy kompyuterni profilaktika qilish uchun zarur bo\'lg, Reja 1 Profilaktika zaruriyati, 2-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

    Terminatsiya. Oqsil biosintezining tugallanishi haqidagi xabarni uchta - UAA, UAG, UGA terminatsiya kodonlaridan biri beradi. Chunki hujayrada bu kodonlarga to'g'ri keladigan t-RNK (antikodon) yo'q. Shuning uchun ribosomaning A markaziga - i-RNK ning yuqoridagi kodonlaridan biri to'g'ri kelganda hosil bo'layotgan polipeptid zanjirining uzayishi to'xtaydi. Terminatsiya bosqichi ham fermentli j arayon bo'lib, bir qancha (R, R2S, TR va boshqa) fermentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan, ferment TR ribosomaning A markazidan oxirgi t-RNKni ajratib yuboradi. Hosil bo'lgan yangi oqsil molekulasi ribosomadan ajralgach, i-RNK yana oqsil biosintezida qatna- shishi mumkin. Keyin esa parchalanib ketadi

    Oqsil biosintezining boshqarilishi. Hujayrada oqsil sintezining boshqarilishi- ni 1950-1960-yillarda fransuz mikrobiolog va genetik olimlari Fransua Jakob va Jak Lyusen Manolar birinchi bo'lib ilmiy asosda tushuntirib berdilar. Jakob va Mano bak- teriyalarda uchta genning - laktozaning parchalanishida qatnashuvchi uchta fermentni o'rgandilar. Bu uchta struktura genlari xromosomada bir-biriga yaqin joylashgan bo'lib, laktoza operonini hosil qiladi. Operon bu genlar guruhidan tashkil topgan bo'lib, funksiyasi metobolizm bilan zich bog'langan bo'ladi, Bir butun bo'lgan operon yoki faol, yoki nofaol bo'ladi. Operon faol bo'lgan vaqtida, undan hamma oqsillarni sintezi uchun matritsa bo'lib xizmat qiladigan, polisistronli mRNK transkripsiyalanadi

    Operon chekkasida joylashgan gen operator geni deb ataladi. Operonning ishlashi, boshqaruvchi (regulyator) genga bog'liq. Boshqaruvchi genning tabiati struktura genla- riga o'xshash bo'lib, DNK molekulasidagi mustaqil sistron hisoblanadi. Boshqaruvchi gen o'zi boshqaradigan operondan ajralgan holda, ya'ni alohida joylashgan bo'lishi ham mumkin. Boshqaruvchi gen tabiati operon tabiatiga o'xshash bo'lgan va jarayonni to'x- tatuvchi (repressorj ferment sintezini boshqarib turadi. Boshqaruvchi gen ishlab turgan paytda u bilan operator o'rtasida sitoplazma orqali aloqa bogianadi. Shuning uchun ularning har ikkalasi alohida- alohida j oyl ashishi mumkin.


    Download 2.11 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2.11 Mb.