• LABARATORIYA TOPSHIRIG’I 2
  • Toshkent 2022 Reja: Linux operatsion tizimi buyruqlari




    Download 371.31 Kb.
    bet1/10
    Sana08.12.2022
    Hajmi371.31 Kb.
    #33803
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    umarov222222222222
    метод, komp profilaktika, lirsenziyalangan va pirat das ta\'minot bexj, 8-bilet, Saytga Mustaqil ish , Saytga Mustaqil , upskill us.qwasar, img20230818 12281447

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





    “Linux serveri”

    fanidan



    LABARATORIYA TOPSHIRIG’I 2





    Guruh: 031-19

    Bajardi: Umarov.Sh

    Tekshirdi: Xasanov.D




    Toshkent 2022
    Reja:

    1. Linux operatsion tizimi buyruqlari.

    2. Linux operastion tizimga fayl tizimlari o'rnatilishi.

    3. Linux operatsion tizimida dasturlarni o’rnatish.

    4. Xulosa.




    Linux operatsion tizimi buyruqlarini o'rganishni davom etamiz. Oldingi «Linuksning asosiy buyruqlari» nomli maqolada, eng asosiy buyruqlar bilan tanishib chiqdik, bu maqolada oldingi maqolani to'ldirib borishga harakat qilaman.
    Red Hat distributivida tekshirib ko'rilgan va qolgan distributivlarda ham katta ehtimollik bilan ishlaydi. Bu maqolada misollar qisqa qilib berilgan, buyruqlar haqida to'liqroq ma'lumotlarni
    man buyruq_nomi
    buyrug'i orqali bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
    Navbatdagi buyruqar bilan tanishing:
    Fayl va papkalarga oid buyruqlar:
    mkdir — papka(katalog) ochish. Kerakli joyda papka ochib beradi.
    mkdir oracle — oracle nomli papkani, «текущий» adresda ochib beradi.
    mkdir /tmp/akmx — «tmp» papka ichida, akmx nomli papka ochish.
    mkdir /tmp/akmx -p — «p» kalit harf bilan papka ochilsa, agar papka ochilayotgan adresda shu nomli papka bo'lsa, ustiga yangisini ochib beradi, hech qanday xatolik haqidagi axborot ekranga chiqmaydi.
    Qolgan kalit harflar haqidagi ma'lumotlarni har doimgidek
    man mkdir
    buyrug'i orqali olishingiz mumkin.
    cd — papkadan papkaga o'tish buyrug'i. Biror adresda, boshqa bir adresga ko'chish vazifasini bajaradi.
    cd /home/user — birdaniga «/home/user» nomli katalogga sakrab o'tish.
    cd .. — holatni, bitta tepa holatiga o'tkazish, misol uchun hozirgi holat /home/user bo'lsa, cd .. buyrug'idan keyin /home holatiga o'tiladi.
    cd / — «корневой»(dastlabki) holatga o'tish.
    cd ~user — «user» nomli foydalanuvchi papkasiga o'tish.
    pwd — qaysi holatdaligini bilish. Misol uchun, siz biror buyruqni ma'lum bir katalog ichidan ishga tushirishingiz kerak, lekin terminal qaysi holatda(qaysi katalog ichida) turganini bilmaysiz, shunda «pwd» buyrug'i orqali holatni aniqlab olasiz.
    ls — biror adresda qanday fayl va papkalar mavjudligini ekranga chiqarib beradi.
    ls -al /home/oracle — «/home/oracle» adresida, qanday fayl va papkalar mavjudligini ro'yhatini chiqarib, u haqida to'liq ma'lumot beradi.
    rm — o'chirish buyrug'i.
    rm akmx.txt — akmx.txt nomli faylni o'chirish.
    rm -r akmx — akmx nomli papka bo'sh bo'lsa, bu papkani o'chiradi.
    rm -rf akmx — akmx nomli papkani ichidagi fayllari bilan birga o'chirish.
    cp — nusxa olish.
    cp file1.txt file2.txt — file1.txt nomli faylni shu katalogga file2.txt nomi bilan nusxasini olish.
    cp file1.txt /home/user/test.txt — file1.txt faylini ko'rsatilgan papka ichiga test.txt nomi bilan nusxasini olish.
    cp -r test /home/test2 — test nomli papkani ko'rsatilgan adresga test2 nomga o'zgartirib nusxasini olish.

    Download 371.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 371.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2022 Reja: Linux operatsion tizimi buyruqlari

    Download 371.31 Kb.