|
Toshkent 2023 Ishlab Chiqarish Amaliyoti
|
bet | 5/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #236679 |
Bog'liq tojiboevAlijonishamaliyoti24 – 27.07.2023
Taqdimotlarni tayyorlash.
Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan fotoapparat desa ham bo‘laveradi. Fotoapparat - tasvirni o‘zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor esa aksincha, o‘zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan tasvirning yorqinligi zalda o‘tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko‘rinadigan darajada bo‘lishi lozim. Ekran maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir sifati ham xiralashib boradi. Shuning uchun, ekran o‘lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar oshirilishi umumiy maydonning to‘rt karra kattalashuviga sabab bo‘ladi. Bunday holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun, proyektor ekranidan chiqayotgan yorug‘lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim bo‘ladi. Kinoteatrlar ataylab qorong‘ulashtiriladi. Shundagina ekranga tushirilgan tasvir yorqinligi sifati nisbatan yaxshi bo‘ladi. Bunda, proyektorning plyonkani (umuman, tasvir manbaini) yorituvchi nuri istisnosiz ravishda faqat oq bo‘lishi lozim. Shundagina, proyektorda hosil qilingan rangli tasvirlar o‘zining asl tabiiy rangida proyeksiyalanadi. Bunday ham juda yorqin va oppoq rangdagi kuchli yorug‘lik nuri oqimini hosil qila oladigan yagona manba bu - gaz razryadli lampalardir.
28 – 29 .07.2023
Haftalik Hisobotlar.
Haftalik hisobotlarda Word dasturidan foydalanildi. Excel dasturi orqali matn va hisob ishlari olib borildi. Mavjud hujjatlarni kiritish qurilmalari orqali elektron shaklga keltirildi. Mashxur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun kupgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqarishgan.Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud; Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP.
Office-2003 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi: MS WORD- har xil ko’rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga muljallangan matn muxxarri.
MS EXCEL- har ko’rinishdagi hisob-kitobli ma‘lumotlar bilan ishlashga muljallangan elektron jadvalli dastur.
MS POWERPOINT- ma‘lumotlarni taqdimot, reklama qilishga muljallangan taqdimot dasturi.
MS ACCESS- ma‘lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga muljallangan dastur.
MS PUBLISHER- xar xil tipdagi noshirlik ishlarini bajarishga muljallangan muxarrir dastur.
MS OUTLOOK- elekton pachtadan foydalanishga muljallangan dastur va xakazo. Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri. Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo’lsa u holda uning nomi DOKUMYeNT 1 ko’rinishida bo’ladi.
|
| |